Inflyatsiya va uning turlari


Kreditning turlari va shakllari



Yüklə 424,05 Kb.
səhifə17/20
tarix17.09.2023
ölçüsü424,05 Kb.
#122160
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Inflyatsiya va uning turlari

Kreditning turlari va shakllari.
Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga bo’linadi. Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda.

  1. Qisqa muddatli kreditlash;

  2. O’rta muddatli kreditlash;

  3. Uzoq muddatli kreditlash.

Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat tiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:

  1. *tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;

*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar; *hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkrediv ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va boshqa hollarda).
2.To’lash muddatiga qarab:
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o’tib ketgan kreditlar.
3Kreditni to’lash manbalariga qarab:
*qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobidan;
*garant mablag’lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.

  1. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:

*to’g’ridan-to’g’ri ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar;
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar; *ta’minlanmagan kreditlar.

  1. To’lanadigan foiz darajasiga qarab:

*o’rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo’linadi.
O’rta muddatli kreditlar asosan bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlashda kreditla r besh yildan ortiq muddatga beriladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan bog’liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo’yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo’jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
• qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
• harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlar uchun;
• yangi qurilish va qo’shimcha yuqori samarali tadbirlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirish uchun;
• yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda qo’llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha bo’laklarga bo’linishi mumkin. Bank krediti. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining shakllaridan biridir. Uning o b’ekti pul mablag’larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya (ruxsatnoma) olgan bo’lishlari zarur. Qarz oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat mijozlari ishtirok qilishlari mumkin. Kredit munosabatlarining vositasi bo’lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi hisoblanadi. Bu kredit turi bo’yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi ko’rinishida bo’ladi. Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil xususiyatlari hisobga olinadi. Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo’jalik faoliyatida aylanma mablag’lar yetishmovchiligini to’ldirish uchun qo’llaniladi. Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo’lishi ssuda kapitali bozorida mustaqil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi. Qisqa muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar ko’rsatishda, banklararo kreditlash rejimida ko’proq qo’llaniladi. Yoozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:
• kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha muddatga) berilishi;
• kreditning muddati va foiz stavkasining bir-biriga teskari proportsional (kreditning muddati juda qisqa bo’lsada, foiz stavkasi juda yuqori) bo’lishi;
• ishlab chiqarish sohasidan ko’proq muomala sohasiga xizmat ko’rsatish;
Hozirgi vaqtda bir yil muddatga beriladigan kreditlardan tijorat xarakteridagi faoliyatini amalga oshirish, agrar sektorda va investitsiyalarni talab qiluvchi innovatsion jarayonlarni kreditlashda keng foydalanilmoqda. Uzoq muddatli kreditlar o’rta muddatli kreditlar kabi asosiy fondlar harakatini ta’minlaydi va ular kredit resurslarning katta hajmi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli kreditlar 3 yil-dan 5 yil muddatgacha, davlat tomonidan tegishli moliyaviy kafolatlarni olgan holda, kreditning muddati 10 yil va undan ortiq muddatga uzaytirilish i mumkin. Qarzni to’lash usuli. Qarzdor tomonidan bir martada to’liq summada to’lanadigan kreditlar. Bu usul qisqa muddatli kreditlarni qaytarishning ananaviy usuli hisoblanib, huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishi juda sodda mexanizmga ega bo’ladi, chunki bu usulda differentsiallashgan foiz stavkasini hisoblash mexanizmini qo’llash talab qilinmaydi. Kreditni to’lashda kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddat davomida bo’lib bo’lib to’lanadigan kreditlar bo’lishi mumkin. Qarzni to’lashning bu usulida kreditni qaytarishning aniq shartlari kredit shartnomada keltirilgan bo’ladi. Kreditni bo’lib bo’lib to’lash usuli ko’pincha uzoq va o’rta muddatli kreditlarni to’lashda ishlatiladi. Kredit bo’yicha foizni undirib olish usuli Amaliyotda olingan kreditlar bo’yicha foiz stavkalarini to’lashning bir necha xil usullari mavjud:
*Kreditni to’lash muddati kelganda foiz stavkasini ham qo’shib to’lash usuli. Bu usul bozor iqtisodi yaxshi taraqqiy qilgan mamlakatlarning xo’jalik tashkilotlari faoliyatida keng qo’llaniladigan ananaviy usul bo’lib, u hisob-kitob xarakteri jixatidan oddiy bo’ladi. Bu usul ko’proq qisqa muddatli ssudalarni to’lashda qo’llaniladi.
*Kredit shartnomasida ko’rsatilgan muddat davomida bir tekisda qarz oluvchi tomonidan to’lanadigan kredit bo’yicha foizni undirib olish usuli Amaliyotda bu usul uzoq va o’rta muddatli kreditlarni to’lashda qo’llaniladigan ananaviy usuldir va tomonlar kelishgan holda kredit bo’yicha foizlarni to’lashga har xil yondashishlari mumkin. Masalan, kredit uzoq muddatga berilgan bo’lsa, kredit bo’yicha foiz stavkasini to’lashni kreditdan foydalanib boshlaganidan bir yoki ikki yil o’tgandan keyin belgilab berish mumkin.
*Qarz oluvchiga kredit berilayotgan vaqtda kredit uchun to’lanadigan foiz bevosita bank tomonidan ushlab qolinadigan kreditlar. Kredit uchun foiz stavkasini bu usulda to’lash rivojlangan bozor qtisodi sharoitlariga mos kelmaydi va u uchun xarakterli emas. Bu usul faqat sudxo’rlik kapitalida ishlatiladi. Mamlakatda iqtisodiy holat nobarqaror bo’lganida banklar qisqa muddatli kreditlashni va kreditlar bo’yicha foizlar to’lashni shu usulda olib borganlari ular uchun qulay hisoblanadi va amaliyotda shu usuldan keng foydalanadilar.
Kreditning roli uning mohiyati va funkiyalari orqali aniqlanadi. Kreditning rolini kreditni intensifikatsiyalash dastagi va rag’batlantiruvchisi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda bajaradigan funktsiyalarining natijasi sifatida aniqlashtirish mumkin. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonini tezlashtiradi va ijtimoiy ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi. Korxonalarga beriladigan kredit ularni vaqtinchalik moliyavi y resurslarga bo’lgan ehtiyojini qondiradi va takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlaydi. Pul mablag’lariga ehtiyoj ishlab chiqarishnining nafaqat mavsumiy, shuningdek, sabablariga ham bog’liq . Barcha hollarda kreditni jalb etish asosiy va aylanma fondlarining uzluksiz doiraviy aylanishini , ishlab chiqarish jarayoni va tovarlar muomalasini tezlashtirishni ta’minlaydi. Boshqa iqtisodiy kategoriyalar singari kredit mahsulot ishlab chiqarish va muomala sohasini rag’batlantiradi. Shuningdek, kredit ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirishga, iqtisodiy vazifalarni bajarishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Yoozirgi sharoitda ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni muammolari echilayotgan bir davrda kreditning ilmiy-texnik yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etishdagi roli ortib bormoqda. Ilmiy-texnika taraqqiyotga ijobiy ta’sir etish jahon talablariga mos mahsulot ishlab chiqarish, mehnat xarajatlarini kamaytirish, mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi yangi texnika va texnologiyalarni kiritish jarayonlarini imtiyozli kreditlashda ko’rinmoqda. Hozirgi kunda ko’pgina korxonalarda chuqur tarkibiy o’zgarishlar tufayli ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yangi texnik asosdagi asosiy fondlar bilan ta’minlash ehtiyojini qondira olmaydi. Bunday sharoitda korxonalar texnik qayta qurollanish uchun kreditga ehtiyoj sezadi. Bundan ko’rinib turibdiki, kreditni paydo bo’lish shart-sharoitlariga nafaqat unga bo’lgan ehtiyoj, shuningdek, bo’sh pul mablag’larini mavjudligi, ularni vaqtinchalik foydalanishga berish imkoniyatiga bog’liq. Kredit texnologik jarayonlarni takomillashtirish, asbob-uskunlarni modernizatsiya qilish, asosiy fondlar parkini yangi mashinalar bilan ta’minlash asosida, minimal kapital xarajatlar hisobig a xalq xo’jaligiga kerak mahsulotni hajmini oshirishda korxonalarni samarali yo’llarni tanlashida ularga iqtisodiy turtki beruvchi vositadir. Samarali tadbirlarni amalga oshirish uchun beriladigan kredit fond qaytimi va kapital xarajatlar samaradorligini oshirishga, asosiy fondlar strukturasini yaxshilashga va ishlab chiqarish quvvatlarini o’z vaqtida ishga tushirishga yordam beradi .
Kreditning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini o shirishga ta’siri fondlar va mehnat unumdorligini qiymat shakllari o’sish su’ratlarini bir-biriga munosabatini ifodalaydi va o’z navbatida, ishlab chiqarish fondlari samaradorligi darajasini xarakterlaydi. Kredit shunday ishlab chiqarish vositalari sotib olish va kiritishga ishlatilishi kerakki, bunda bu vositalar asosida mehnat unumdorligini va mehnatni fond bilan qurollanish darajalari oshsin. Kreditning muhim roli sof daromadni ishlatish sharoitlarini to’lashligini ta’minlashdan iborat. Sof daromadni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun avval uni ishlab chiqarishni kengaytirish talab qiladigan darajada pul ko’rinishida jamg’arish kerak. Kreditni rolini to’g’ri aniqlash uchun uni ishlatish maqsadlarini, shu jumladan, umumiy va xususiy maqsadlarini yoritish kerak. Kreditning umumiy maqsadi bu ijtimoiy ishlab chiqarishni dinamik va proportsional rivojlanish asosida aholining moddiy va madaniy turmush darajasini oshishini ta’minlaydi. Kreditning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni rivojlantirishning intensiv omillarini qo’llash asosida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. 181 Kredit davlatning iqtisodiy dastaglaridan biri sifatida butun iqtisodiyotning rivojlanishiga va alohida korxona faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit ishlab chiqarishga ijtimoiy xarajatlarni iqtisod qilish yo’li bilan ta’sir etadi. Ammo, kredit tovar-moddiy boyliklardagi jonli yoki buyumlashgan mehnatni bevosita iqtisod qila olmaydi, chunki uning o’zi ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmaydi. Kreditning roli uni xalq xo’jaligiga ta’sir etish mexanizmi va yo’nalishida ifodalangan nazariy tushunchadir. Kreditning iqtisodiyotni va ilmiy texnika taraqqiyotini rivojlanishiga ta’siri uni xo’jalik hisobini mustahkamlanishdagi rolini oshiradi. Xo’jalik hisobida qarz oluvchi yuridik mustaqil shaxs sifatida kreditor bilan kredit shartnomasi tuza oladi. Kreditning xo’jalik hisobiga ta’siri quyidagicha amalga oshiriladi: • qarz maqsadli yo’nalishiga ega bo’ladi; • qarzni qaytarib berish va muayyan to’lov to’lash majburiyati qarz oluvchini olingan qarzni samarali ishlatishga undaydi. Kreditning hozirgi sharoitda rolini oshirish uchun banklar kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini ta’minlashlari, likvidlik qobiliyatiga ega bo’lmagan zahiralar va xarajatlarga kreditlar bermasliklari, kreditni muomala xarajatlarini iqtisod qilishda keng qo’plashni hisobga olishlari zarur. Xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida kreditning roli ortib bormoqda. Yoozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tishdek qiyin sharoitda respublikamiz xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasiga kirib bormoqda va bunda kredit ham muhim rol o’ynamoqda. Kredit mamlakatlararo o’zaro hamkorliklarni amalga oshirishda, xususan, qo’shma korxonalar qurishida va ularning faoliyatini taminlashda muhim rol o’ynaydi. Respublikamizning ichki kredit tizimida kreditning roli yanada muhimroq bo’lib ko’rinadi. Buni respublikamizning kredit tizimiga taalluqli qonunlar, qarorlar, me’yoriy hujjatlar orqali ko’rish mumkin. Respublikamizning «Korxonalar to’g’risidagi qonun»ida, «Fermer xo’jaliklariga kredit berish va ular bilan hisob-kitob qilish qoidalari», «Banklar va bank faoliyati to’g’risida» gi, «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonuni va boshqa shunga oid qonunlar davlatimiz olib borayotgan pulkredit siyosatini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda
Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u 
asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini 
qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra, 
kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga 
kelgan va rivojlangan.
Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy 
kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim 
fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham 
iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan 
hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar 
mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi.
E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari 
“ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga 
urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit 
oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni 
kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan 
bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur 
bo’ladi. 
Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash 
turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan, 
tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi 
bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha 
ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida 
kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor
V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikd
a kreditning 
tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish, 
ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi.
Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning 
turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul 
munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan, 
keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan. 
.



Yüklə 424,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə