Informatika fanida modullashtirish tushunchasini keltiring


Informatik modullar yaratish



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə2/7
tarix18.03.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#102783
1   2   3   4   5   6   7
INFORMATIKA FANIDA MODULLASHTIRISH TUSHUNCHASINI KELTIRING

Informatik modullar yaratish.
Ko'p foydalaniladigan dastur kodlarini qayta-qayta yozmasdan ularni bitta faylga modul ko'rinishda saqlab, kerak bo'lganda foydalanish ancha qulay. Modullar oddiy python fayli ".py" bo'lib, unda funksiyalar, sinflar, ro'yxatlar saqlanadi. Bu fayllardan kerak bo'lganda Python dasturlarimizga bog'lab foydalanishimiz mumkin. Maks modulini yaratishni ko'rib chiqamiz:
def katta(a,b): #katta nomli funksiya yaratamiz
if a>b:return a
else:return b
Ushbu kodlarni maks.py fayliga saqlaymiz va yangi oyna ochib dasturimiz kodlarini yozamiz.
import maks #maks moduliga bog'lash
n=int(input("1-sonni kiriting="))
m=int(input("2-sonni kiriting="))
print("Kattasi:", maks.katta(n,m)) #maks modulining katta nomli funksiyasidan foydalanish
Dastur kodini yaratgan modullarimiz bilan bitta papkaga saqlab olishimiz kerak bo'ladi. Dasturimiz to'g'ri ishlayapdi. Bir nechta funksiyalardan iborat bo'lgan modul yaratib ko'ramiz. Modullarning ichida boshqa modullardan foydalanish mumkin:
from math import * #math modulini bog'lash
def ildiz(a):
return sqrt(a) #ildizni hisoblash
def kvdaraja(b):
return b**2 #kvadratini hisoblash
def faktorial(d):
return factorial(d) #faktorialni hisoblash
def smodul(c):
return abs(c) #modulni hisoblash
Bu kodlarni matem nomi bilan saqlab qo'yamiz.
Yaratgan matem modulimizdan foydalanib dastur tuzamiz:
from matem import * #matem moduliga bog'lash
n=int(input("Son kiriting="))
print("Sonning ildizi:", ildiz(n)) #matem modulidagi funksiyalardan foydalanish
print("Sonning kvadrati:", kvdaraja(n))
print("Sonning faktoriali:", faktorial(n))
print("Sonning moduli:", smodul(n))
Dasturimizni saqlab bajarib ko'ramiz. Dastur ishlayapdi.
Satrlar bilan ishlovchi modul yaratamiz:
def uzunligi(s): #modul uchun funksiyalar yaratamiz
return len(s)
def kattaharf(s):
return s.upper()
def kichikharf(s):
return s.lower()
def teskari(s):
s2=""
for i in range(len(s)-1,-1,-1):
s2=s2+s[i]
return s2
Modulni satr.py deb saqlaymiz:
from satr import * #satr moduliga bog'lash
matn=input("Matn kiriting: ")
print("Matnni uzunligi:", uzunligi(matn))
print("Matnni katta harflarga o'tkazish:", kattaharf(matn))
print("Matnni kichik harflarga o'tkazish:", kichikharf(matn))
print("Matnni teskari chiqarish:", teskari(matn))
Natija:

Dastur natijasi.


Xulosa.
Modullar dasturlash uchun juda muhimdir, ular dastur tuzish jarayonini osonlashtiradi. Boshqa dasturlash tillari kabi Informatik ham modullar yaratib foydalanish mumkin. Informatik saqlangan dasturlarni modul deb atasa ham bo'ladi. Modullarni nomlashda Informatik ishlatiladigan maxsus so'zlar, operator nomlari, standart modullar nomlari bilan bir xil bo'lib qolmasligi kerak. Bu xatoliklar keltirib chiqarishi mumkin. Python dasturlash tilining ya'na bir qulay tomoni c, c++ dasturlash tilida yozilgan modullar bilan ham bog'lab dastur tuzish mumkin.

Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə