Informatika fanida modullashtirish tushunchasini keltiring


FUNKSIYALARGA QISQA NOM BERISH



Yüklə 332,5 Kb.
səhifə5/7
tarix18.03.2023
ölçüsü332,5 Kb.
#102783
1   2   3   4   5   6   7
INFORMATIKA FANIDA MODULLASHTIRISH TUSHUNCHASINI KELTIRING

FUNKSIYALARGA QISQA NOM BERISH
Huddi avvalgidek, ko'chrib olgan funksiyamizga ham qisqa nom berishimiz mumkin.
from avto_info_mod import avto_info as ainfo, info_print as iprint
avto1 = ainfo("GM", "Malibu", "Qora", "avtomat", 2020,40000)
iprint(avto1)
MODUL ICHIDAGI BARCHA FUNKSIYALARNI KO'CHIRIB OLISH
Modul ichidagi barcha funksiyalarni asosiy dasturga ko'chirib olish uchun from modul_nomi import * komandasidan foydalanamiz.
from avto_info_mod import *
avto1 = avto_info("GM", "Malibu", "Qora", "avtomat", 2020,40000)
info_print(avto1)
Diqqat! Bir necha sabablarga ko'ra bu usuldan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Katta modullarda yuzlab funksiyalar bo'lishi mumkin, va funksiya nomi sizning dasturingizdagi boshqa funksiya yoki o'zgaruvchi bilan bir hil nomga ega bo'lsa, dastur xato ishlashiga olib keladi.
MODULDA O'ZGARUVCHI SAQLASH
Modullarning ichida nafaqat funksiyalar, balki turli o'zgaruvchilarni ham saqlash mumkin. Modul ichidagi o'zgaruvchilarga ham huddi yuqoridagi usullar bilan murojat qilish mumkin.
PYTHON MODULLARI
Python dasturlash tili tayyor modullar bilan keladi, modullarning to'liq ro'yxatini quyidagi bo'glama orqali kirib ko'rishingiz mumkin:

Python Module Index — Python 3.10.2 documentation
Keling ulardan ba'zilari bilan tanishamiz.
math MODULI
Bu modulda matematik hisob kitoblarni bajaruvchi funksiyalar va o'zgaruvchilar joylashgan. Keling ularga ba'zi misollarni ko'ramiz.
sqrt() - qavs ichida berilgan qiymatning kvadrat ildizini qaytaradi
import math
x=400
print(math.sqrt(x))
Natija: 20.0
pow(x,y) - x ning y-darajasini qaytaradi
print(pow(5,5))
Natija: 3125
pi -
π\piπ
ning qiymatini saqlovchi o'zgaruvchi
from math import pi
print(pi)
Natija: 3.141592653589793
log2(x) va log10(x) - x ning 2 va 10-lik logorifmini qaytaruvchi funksiyalar
print(math.log2(8))
print(math.log10(100))

Yüklə 332,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə