Informatika va at fanini o’qitishda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish



Yüklə 488,17 Kb.
səhifə18/19
tarix22.03.2024
ölçüsü488,17 Kb.
#180614
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Informatika va at faninih

Profilni yuklash
YAratilgan profil quyidagi ko‘rinishda yuklanadi:
1. Uskunalar panelidan [StarBoard] > [Nastroyki] > [Profil polzov.] > [Zagruzit] amali bajariladi. Bu holatda [Zagruzka profilya] muloqot oynasi namoyon bo‘ladi.
2. Moi Dokumentы va tashqi ma’lumot tashuvchilar [Raspolojenie Profilya] da ko‘rsatilgan.
Administrator sozlamasi
Telekom

[Telekom] muloqot oynasini ishga tushirish uchun Windows' [Pusk]->[Programmы]->[StarBoard Software]->[Nastroyka StarBoard Software] ni ishga tushirgan holatda [Telekom] bo‘limi tanlanadi.
CHaqiruv porta nomeri standardt holatda - [28413]. CHaqiruvni qabul qilish uchun [Razreshit] tanlanadi, aks holda [Zapretit].
Telekon

Telekon moduli
Moduldan foydalanmaslik uchun [Ne ispolzovat] tanlanadi.
Nastroyki
Telekon moduli sozlamalarini o‘zgartiradi.
Drugoe

Foydalanuvchi profili – foydalanuvchi profili sozlamalari
YUklanish sozlamalari - StarBoard Software dasturi yuklanishining ko‘rinishlari.


II. Bob Ta’limda zamonaviy texnik vositalardan foydalanish
2.1 Interfaol elektron doskalardan o’qitishda foydalanish
Hozirgi kunda Respublikamiz ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida asosiy talablardan biri zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, ularni mustaqil ta’limga o‘rgatish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini ta’minlash yo‘llarini yaxshilashdan iborat. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnik vositalaridan biri - interfaol elektron doskalari hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko‘rinish, chizma, jadval kabilar daqiqalarda tez doska displeyida paydo bo‘ladi. Elektron doskalarning ta’limda asosiy afzalliklari quyidagilar:
Auditoriya talabalarni diqqat-e’tiborlarini bir obyektga yo‘naltirish;
Dars mavzusiga oid natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali jo‘natish, saqlash imkoniyatlarining mavjudligi;
Dars jarayonida matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyatining kengligi;
Mavzuni tushuntirish jarayonida ma’lumotlarni tahrirlash uchun elektron qalamdan foydalanishning mavjudligi;
Hozirgi kunda Respublikamizdagi ta’lim muassasalari o‘quv auditoriyalarida Prometneon LTD firmasi ishlab chiqargan Activboard interfaol elektron doskalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Activboard interfaol elektron doskalari konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan qulay texnika vositasi hisoblanadi. Interfaol elektron doska ACTIVboard dasturiy ta’minotlarda ishlash imkoniyatini beradi va bu orqali sizni tinglab turuvchi auditoriya a’zolariga ma’lumotlarni yetkazish sifatini oshiradi.
Activboard interfaol elektron doskalaridan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali kompyuterni sichqoncha kabi boshqarish mumkin.
ACTIVboard - interfaol elektron doska 1,25 m, 1,62 m, 1,99 m yoki 2,45 m diagonalli bo‘lib, kompyuter va proyektor bilan birgalikda ishlaydi. elektron qalam faol ekran orqali kompyuterni boshqarib, qalam kontekst menyu va bajaruvchi ikkita tugmachadan iborat. ACTIVboard - interfaol elektron doskaning Windows tizimining istalgan ilovasida ishlay oladi . Infraqizil portli panel yordamida faol ekranni auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin.
Bu kabi yangi texnika vositalari va texnologiyalari yordamida ta’limda dars samaradorligini oshirish hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan maqsad bo‘lishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanidan “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars jarayonini ko‘rib chiqamiz.
2.2 “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars ishlanmasi.

Yüklə 488,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə