“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi



Yüklə 312,56 Kb.
səhifə3/7
tarix11.12.2023
ölçüsü312,56 Kb.
#148521
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu (3) (3)

4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5.Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir.
3. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va vazifasi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan.
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi.
Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagi asosiy elementlarni o'z ichiga oladi: elektron tijorat, elektron banklar, elektron to'lovlar, Internetdagi reklama, elektron valyuta. Bugungi kunda elektron tijorat ya'ni, internet orqali turli xil tovarlarni sotib olish sotish keng rivojlanmoqda.

Yüklə 312,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə