“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi


Bulutli hisoblash (Сloud computing)



Yüklə 312,56 Kb.
səhifə4/7
tarix11.12.2023
ölçüsü312,56 Kb.
#148521
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu (3) (3)

Bulutli hisoblash (Сloud computing) shunday resurski, foydalanuvchi undan internet tarmogʻi vositasida masofadan turib ishlay oladi. Bu shuni anglatadiki, hisob- kitoblarni amalga oshirish va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun siz kompyuteringiz kuchidan emas, balki uchinchi shaxslar xizmatidan foydalanasiz.
Demak, bulutli hisoblash (Cloud computing) deganda odatda foydalanuvchiga kompyuter resurslarini va quvvatlarini internet-servis koʻrinishida taqdim etilishi tushuniladi.
Katta maʻlumotlar (Big data) - katta hajmdagi ma´lumotlarga nisbatan qo´llanadigan termin hisoblanadi (odatda terabayt, ekzabayt va petabaytlar darajasida). Ushbu ma´lumotlarni amaldagi va yangi yaratilayotgan texnologiyalar yordamida to´plash, taqsimlash, o´zgartirishlar kiritish, tahlil qilish, saqlash va vizual shaklda tasvirlash imkoni bo´lishi kerak. Ma´lumotlar miqdorining tez o´sishiga so´nggi yillarda kuzatilayotgan texnologik taraqqiyot va buning natijasi hisoblanmish mashina tomonidan yaratilayotgan ma´lumotlarning ko´payib borishi sababchidir.
Virtual reallik (VR) - texnik vositalar bilan yaratilgan, insonga ko‘rish, eshitish va boshqa sezgi organlari orqali ta'sir ko‘rsatadigan dunyo. Reallik sezgilarining ishonarli majmuasini yaratish uchun real vaqtda virtual reallik xususiyatlari va reaksiyalarining komp'yuter sintezi amalga oshiriladi.
Toʻldirilgan haqiqat (Augmented Reality, AR)-bu atrof-muhit haqida ma'lumotni to'ldirish va atrof-muhit haqidagi tasavvurlarni o'zgartirish maqsadida har qanday hissiy ma'lumotlarni vizual maydonga kiritish natijasidir.
Sunʻiy intellekt (Artificial Intelligence) - bu aqlli kompyuter tizimlarini, ya'ni biz an'anaviy ravishda inson ongi bilan bog'laydigan qobiliyatlarga ega tizimlarni rivojlantiradigan informatika sohasidir.
Robot (chex tilidan “robota” – majburiy mehnat) - bu insonning jismoniy va aqliy faoliyati bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarishi mumkin boʻlgan kibernetik tizim. Robot tarkibiga mexanik tuzilmani boshqaruvchi, shuningdek robotni tashqi muhit
(uskunalar va foydalanuvchi) bilan bogʻlaydigan dasturlashtiriladigan boshqaruv tizimi kiradi.5
Robototexnika - bu avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni yaratish bilan shug'ullanadigan amaliy fan bo'lib, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng muhim texnik asos hisoblanadi.

Yüklə 312,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə