“Informatika va axborot texnologiyalari” fanining predmeti, ob’ekti, metodi va boshqa fanlar bilan o’zaro a’loqadorligi



Yüklə 312,56 Kb.
səhifə5/7
tarix11.12.2023
ölçüsü312,56 Kb.
#148521
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu (3) (3)

3D texnologiyalar- uch oʻlchamli hajmdor narsa buyumlar yaratadigan texnologiyadir. Ushbu texnologiya qurilmalariga 3D printer, 3D skaner 3D displeylar kiradi.
Buyumlar interneti (Internet of Things, IoT)- bu Internetga ulangan son- sanoqsiz "narsalar"ning IoT dasturlari yordamida boshqa narsa buyumlar bilan aloqa qilishi haqidagi texnologiyadir. Internetga ulangan qurilmalar ma'lumotlarni yig'ish uchun o'rnatilgan sensorlardan foydalanadi va ba'zi hollarda ularga ta'sir qiladi. IoT- ga ulangan qurilmalar va mashinalar bizning ishimiz va hayotimizni yaxshilashi mumkin.
Robot. Ma`lumki, "robot" so`zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bo`lib, "qul" degan ma`noni bildiradi. Birinchi bor bu so`zni oltmish yil oldin taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma`lum edi. O`rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo`lgan musiqachi qo`g`irchoq yoki rassom-qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi ma`lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og`ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo`lmasa-da, ko`plab funksiyalarni bajara oladilar.
Marketing sohasi. Marketing inglizcha "market" (bozor) so`zidan olingan bo`lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa viloyat (tuman, shahar) dagi bozor narxlarini o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimmatli qog`oz bozorini.
Ta`lim - tarbiya sohasi. Ta`lim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik ta`minotlardir. Didaktik ta`minotga o`quv materialining o`zgargan shakllari - slayd, diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday ta`minotlarni yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va kelgusida bu ta`minotni o`zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari masofadan ta`lim olish, mustaqil o`rganish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi.

Yüklə 312,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə