«informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi


AutoCAD dasturining interfeysi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/31
tarix19.12.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Mavzu AutoCAD dasturida grafik ishlarni bajarish

1.2. AutoCAD dasturining interfeysi 
AutoCAD tizimini ishga tushirishning standart usulida quyidagi amallar 
ketma – ket bajariladi: 
1.
Start (Pusk) tugmasi bosiladi (1-rasm). 
2. All Programs (Программы) bo’limiga kiriladi. 
3. Autodesk bo’limiga kiriladi. 
4. AutoCAD dasturi tanlanadi. 
1-rasm. AutoCAD dasturini ishga tushirish.
AutoCAD tizimini yorlig`i 
AutoCAD tizimini yorliq yordamida ham ishga tushirish mumkin. Buning 
uchun Rabochiy stol menyusidagi AutoCAD tizimi yorlig’i ustida “Sichqon”cha
chap tugmasi ikki marotaba tez-tez bosib yuklanadi. Natijada AutoCAD 
dasturning grafik interfeysi (2-rasm) namoyon bo’ladi. 



2-rasm. Dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash 
muhiti.
 
Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: 
1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha; 



2. Asosiy menyu; 
3. Asboblarning standart paneli; 
4. “Ob’yektning xususiyati” paneli; 
 
5. “Chizish” paneli;
 
6. “O’zgartirish” paneli; 
7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri); 
8. Holatlar satri; 
9. Asosiy ishchi maydon; 
10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati. 
AutoCAD tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 2-
rasmdagidan farq qilishi mumkin.
 
Foydalanish interfeysi stoli 
AutoCAD ning asosiy menyusiga quyidagilar kiradi: 
AutoCAD tizimi interfeysining birinchi satrida 
[

sarlavha chiqariladi, bu yerda ‘Drawing1’ muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi, 
‘dwg’ esa fayl kengaytmasidir. 
AutoCAD tizimi interfeysining ikkinchi satrida iyerarxik menyu satri 
joylashgan ( 3-rasm) u quyidagi bo’limlardan tashkil topgan: 









10 
11 
3-rasm. 
1.
“Файл” – fayllar bilan ishlash menyusi
2.
“Правка” – Windows stolidagi grafik maydon qismlarini taxrir qilish 
menyusi; 
3.
“Вид” – Ekran ko’rsatgichlarini boshqarishda kerakli asboblar paneli va 
boshqa buyruqlarni o’rnatadi; 
4.
“Вставка” – ilovadagi va tashqi obektlarni bloklarga qo’yishni ta’minlash; 
5.
“Формат” – rang va chiziq turlari, matn holatini va o’lchamini boshaqarish, 
o’lchamlar birligini o’rnatish, chizma chegaralarini aniqlash kabi buyruqlar 
menyusi; 



6.
“Инструменты” – ekranda foydalanishda tizimlarni boshqarish buyruqlari 
menyusi. Ular yordamida muloqot darchasidan foydalanib, chizma 
ko’rsatgichini o’rnatish kabi buyruqlar bajariladi; 
7.
“Чертёж” – turli shakllar chizish va hajmini o’zgartirish kabi buyruqlarni 
bajaradi; 
8.
“Размер” – o’lcham ko’rsatgichlarini boshqarish va ularni qo’yish 
buyruqlari ochiladi; 
9.
“Модификация” – chizma elementlarini o’zgartirish – chizmani va undagi 
yozuvlarni tarir qilish buyruqlari ochiladi
10.
“Окно” - bir vaqtda foydalanishda bo’lgan axborotlarni fayldan faylga o’tib 
ularni ochadi; 
11.
“Справка” – AutoCAD dasturi haqida yangi foydalanuvchilar uchun to’liq 
ma’lumot berilgan. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə