“Informatika va axborot texnologiyalari”



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/103
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#162175
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103
PedPsix lar uchun TAYYOR-laboratoriya ishlari (1)

2.
 
Yacheykaka absolyut murojaat. 

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o'zlashtirish ko'rsatkichini aniqlash uchun H4 
katagida (=) ni kiritib, fandan o'zlashtirgan talabalar soni C4 ni guruhdagi talabalar umumiy soni B4 ga 
bo'lib, natijani 100 ga ko'paytirib yaxlitlab oling. O'zlashtirish ko'rsatkichi guruhdagi talabalar soniga 
bo'linganligi sababli B4 ni qo'zg'lmas qilish uchun, ushbu manzilga $B$4 ko'rinisida, ya'ni 
absolyut 
murojaat 
qiling; 

Qolgan guruhlar va boshqa fanlar bo'yicha o'zlastirish ko'rsatkichlarini oson aniqlash uchun 
sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda В ustun va 7 satr bo'yicha siljiting. 

Nisbiy va absolut murojaat usullarini qo'llab, masalani juda oson yechish mumkin. Natijada 
elektron jadval hosil qiling. 
Absolut va nisbiy murojaatlar birgalikda kelsa 
aralash murojaat 
deyiladi. 
MS Excel 2010 qulayliklaridan yana biri, boshqa varaq yoki kitoblarga murojaat qilinib, ulardagi 
ma'lumotlar bilan bog'lanish hosil qilishdir. 
MS Excel dasturida diagramma va grafiklar yaratish. 
MS Excel 2010 yordamida tenglama va tenglamalar sistemasini grafik usulda yechish imkoniyati 
mavjud. Buning uchun tenglamalar yoki tenglamalar sistemasini funksiyalar ko'rinishiga keltiriladi. Grafikni 
tahlil qilish orqali tenglamalaming taqribiy yechimlari aniqlanadi. 
Diagrammalarning turlari va ko`rinishlari. 
Excelning oldingi variantlarida diagramma yaratish 4 qadamdan iborat edi.Excel 2010 da bu qadamlar 
ixchamlashtirilgan. 
Ma’lumotlarni diagramma ko`rinishda tasvirlash uchun avval talab qilingan sohadagi ma’lumotlarni 
ajratib oling, so`ngra 
[Вставка] 
menyusi lentasining 
[Диаграмма] 
bandiga murojaat qilinadi. 
Diagramma yaratilgandan so`ng, uni tahrirlash uchun tanlansa, lentalar qatorida [Работа с 
диаграммами] lentalar guruhi hosil bo`ladi. Bunda 3 ta [Конструктур], [Макет], [Формат] lentalar bor. 


45 
[Конструктор] lentasi asosan diagrammaning turini o`zgartirish, ma`lumotlar bilan ishlash, stil va 
ko`rinishlarini tanlash va o`zgartirish, joylashtirishga mo`ljallangan. 
[Конструктор] lentasining [тип] bo`limida 2 ta buyruqlar [Изменить тип диаграммы] va [Сохранить 
как шаблон] mavjud. [Изменить тип диаграммы] tanlangan diagrammaning turi va ko`rinishini o`zgartirish 
imkoniyatini beradi va [Сохранить как шаблон] tayyorlangan diagrammani qolib sifatida saqlash 
imkoniyatini beradi. 
[Данные] bo`limida ham 2 ta buyruq bo`lib, [Строка/столбец] – diagrammaning ma`lumotlarini 
o`zgartirish imkoniyatini beradi. Ya`ni qator ma`lumotlarni ustun o`rniga va aksincha ustun ma`lumotlarini 
qatorga almashtiradi.[Выбратьданные] diagrammadagi 
ma`lumotlarni o`zgartirish, qo`shish, o`chirish amallarini bajarish uchun muloqot oynasi chiqadi va o`zgartirish 
imkoniyatini beradi. 
[Макетыдиаграмм] bo`limi duagrammaning ko`rinish maketlarini tanlash imkoniyatini beradi. 
Bular yordamida yaratgan diagrammangizga o`zgartirish va sozlashlar kiriting. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə