Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Fanni о‘qitish uslubiyotidan farqli texnologiya



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə11/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Fanni о‘qitish uslubiyotidan farqli texnologiya:
- “qanday о‘qitish kerak?” degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qо‘shimcha bо‘lgan “natijaviy qanday о‘qitish va о‘quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak? degan savolga javob beradi;
- aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma’lum natijaga yо‘nalgan, aniq pedagogik g‘oyaga loyihalanadi;
-о‘z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi;
- ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchiga yо‘naltirlgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli о‘laroq, ta’lim olishda ularning о‘z faoliyatlari hisobiga yutuq ta’minlanishiga yо‘naltiriladi.
Uslubiyotchidan farqli о‘laroq pedagog-texnolog:
• tajriba о‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natija bilan ish olib boradi;
• ajratilgan vaqt va mavjud sharoitlarda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda gumon hosil qilmaydigan asoslangan о‘qitish modeliga tayanadi;
u harakat qiladi, ta’limiy maqsadlar qо‘yilganda, aniq pedagogik vazifalar belgilanganda va kо‘zlanayotgan natijalar shakllantirilganda, ta’lim berish jarayonining borish sharoitlari aniqlangandan sо‘ng, harakat qilishni boshlaydi.
Texnologik yondashuv nuqtai nazaridan, Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini о‘qitishning maqsadi talabalarni muayyan Informatika va axborot texnologiyalariga oid tushinchalarni va ularning amaliy harakatlarni bajarishga о‘rgatishdan iborat bо‘lib, bu ularni Informatika va axborot texnologiyalarini mustaqil о‘zlashtirishga tayyorlaydi. Talabani rivojlantirish nuqtai nazaridan qaralganda, talaba har bir harakatni nushalashi emas, balki chuqur anglab bajarishi kerak.
Biz oliy ta’lim muassasalarida texnologik yondashuv asosida Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan о‘quv mashg‘ulotlari jarayoni, talabalarning innovatsion ta’lim muhitidagi о‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etish uchun aniq ta’limiy maqsadlarni nazarda tutuvchi bir qator umumpedagogik va xususiy metodik texnolgiyalar imkoniyatlaridan foydalaniladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə