Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə19/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Freym texnologiyasi. Talabalar tafakkurini rivojlantirishda, ularning idrok etish, fikrlash, muloqotga kirishish, ma’lumot tо‘plash va saqlash kabi faoliyatlarini inobatga olish kerak. Bu jarayonlar barchasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lsa, inson tafakkuri “tezkor” bо‘lishi mumkin.
"Freym" atamasi ingliz tilidan (frame) olingan va K. Myuller lug‘atiga kо‘ra: asos, karkas, skelet, chegara, ramka, kadr, tizim, tuzilma ma’nolarini bildiradi.
1974 yil Kembrijda taniqli amerikalik olim, sun’iy intellekt mutaxassisi Marvin Lee Minskyning “A Framework for Representing Knowledge” (Bilimlarni taqdim etish uchun freymlar) nomli kitobi nashr etildi. Kitobda sun’iy intellekt tizimlarida bilimlarni taqdim etish muammosini hal qilishda yangi yondashuv statik va dinamik freymlar tavsiflangan.
Didaktikada freym deganda о‘quv fanining о‘quv axborotini (konsept sifatida freym) va о‘quv mashg‘uloti vaqtini (freym ssenariy sifatida) tashkil etishning davriy takrorlanadigan shakli tushuniladi.
Har bir freym har xil ma’lumot bilan bog‘langan. Uning bir qismi ushbu freymdan qanday foydalanishni, boshqasi - uning bajarilishi nimaga olib kelishini, uchinchisi - agar taxminlar tasdiqlanmasa nima qilish kerakligini aks ettiradi. Bir-biri bilan semantik yaqin bog‘lanishdagi freymlar asosida freymlar tizimini shakllantiradi.
Freym pedagogik texnologiyasi - bu о‘quv materialini ma’lum bir tarzda tartiblangan, maxsus tashkil etilgan davriy vaqt ketma-ketligi (ssenariy) bо‘yicha о‘rganish texnologiyasi. Ushbu texnologiyaning asosiy xususiyati - bu о‘qish vaqtini kо‘paytirmasdan о‘rganiladigan bilim hajmining ortishi.
R.V.Gurina va YE.YE.Sokolovalar ta’limda freym g‘oyasini shakllantirishda unga quyidagicha ta’rif beradilar: "freym - aqliy qobiliyatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi nuqtai nazaridan, harakatlarni amalga oshirish uchun kо‘rsatma" [Gurina, R. V. p. 80]. Shu bilan birga, ular freymning quyidagi belgilarini ajratib kо‘rsatganlar:
- stereotiplik;
- takroriylik;
- chegaraning mavjudligi;
- kо‘rimlilik (chizma, grafik, jadval v.b.);
- kalit sо‘zlar;
- mentallik (aqliy shakl, anglash);
- universallik;
- skelet shakli (bо‘sh katakli tuzilma);
- assotsiativ bog‘lanishlar;
- analogiya, umumiylik, qoida va tamoyillarni qayd etish.
R.V.Gurina va YE.YE.Sokolovalarning ta’limda freymli yondashuvining konseptual asosini aqliy harakatlarning bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasi (P.Y.Galperin) tashkil etib, unga kо‘ra aqliy harakatlarning shakllanishi besh bosqichda amalga oshiriladi:

  • dastlabki mо‘ljal-bо‘lajak harakat tarkibi, talablari bilan tanishish;

  • moddiylashgan harakat-harakatni bor predmetlar yoki ularni о‘rnini qoplovchi narsalar bilan amalga oshirish;

  • baland nutq-moddiy harakatni kamaytirish, tashqi baland nutq orqali ularni bayon etish;

  • ichki nutq-predmetli harakatni yakunlash, tashqi nutqni ichki nutqqa kо‘chirish;

  • aqliy harakat-ichki harakatlar rejasini shakllantirish, umumlashtirish, belgilarga kо‘chirish, qisqartirish.

Pedagogika nazariyasida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini о‘qitish jarayonini texnologiyalashtirishning quyidagi maxsus (xususiy) pedagogik texnologiyalari ma’lum:

  1. Didaktik birliklarni yiriklashtirish texnologiyasi (P.Erdniyev).

  2. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi (P.Galperin) asosida hisoblash qoidalari, ta’riflar va teoremalarni о‘zlashtirish jarayonini talabalar о‘quv harakatlari qadamlarini algoritmlash orqali tashkillashtirishga yо‘naltirilgan texnologiya (M.Volovich).

  3. Masalani yechishga о‘rgatish orqali Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini о‘qitish texnologiyasi (R.Xazankin).

  4. Samarali mashg‘ulotlar tizimiga asoslangan texnologiya (A.Okunev).


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə