Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


II-BOB. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə18/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

II-BOB. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING ILMIY METODIK ASOSLARI

§2.1. Informatika va axaborot texnologiyalari fanlarini o‘qitishning mualliflik texnologiyalari


Bilimlarni tо‘liq о‘zlashtirish texnologiyasi. Bu texnologiyaning mualliflari amerikalik psixologlar Dj.Kerroll, B.Blum va ularning davomchilari ishchi faraz sifatida - ta’lim oluvchining qobiliyatlari bilimlarni egallashning о‘rtalashtirilgan darajasi bilan emas, balki har bir ta’lim oluvchiga dasturdagi materialni tо‘liq о‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi, uning uchun maqbul tanlangan sharoitlarda aniqlanadi, degan g‘oyani ilgari suradilar.
Dj.Kerroll an’anaviy ta’lim jarayonida о‘quv sharoitlari (barcha uchun bir xil о‘quv soati, о‘quv axboroti mazmuni, axborotni yetkazish usul va vositalari va h.k.) doimiy hisobga olingan bо‘lib, yagona inobatga olinmagan narsa, bu ta’limning natijasi ekanligiga va buning oqibatida uning tarqoqligiga e’tibor qaratadi. U ta’lim natijasini о‘zgarmas qilib tanlab olishni taklif etadi. Bu holda ta’limning shart-sharoitlari har bir ta’lim oluvchi erishishi lozim bо‘lgan belgilangan natijalarga mos ravishda о‘zgaruvchan bо‘lishini nazarda tutadi.
Kо‘p sonli xorijiy tadqiqotlar ma’lumotlariga kо‘ra, «talabalarning tо‘la о‘zlashtirishi» tushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan о‘quv materialining kamida 80% ga о‘zlashtirishini anglatadi. Tо‘la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkin-ki, bunga faqat о‘ta mahoratli professor va dotsentlar erishishi mumkin. Oddiy professor-о‘qituvchilar tarkibida, о‘quv materialining bu darajadagi о‘zlashtirilishiga, faqat iqtidorli talabalargina erishishi mumkin. Ommaviy ta’lim sharoitida talabalarning tо‘la uzlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yо‘lni kо‘rsatish mumkin: birinchi yо‘l – bu о‘zlashtirish mezonini pasaytirish, kо‘pchilik hollarda shu yо‘l tanlanadi. Shu sababdan hozirgi paytda о‘quv materialini, о‘quv fanini 55% ga о‘zlashtirgan talaba ijobiy baholanadi. Tabiyki, bu yо‘lning istiqboli yо‘qdir.
Ikkinchi yо‘l – professor-о‘qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali, ajoyib professor va dotsentlardan tuzish. Ularning har biri о‘ziga xos о‘qitish usullari va yо‘llari tufayli, tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bо‘lgan talabalarning tо‘la о‘zlashtirishini ta’minlaydilar.
Hakqiqatda, bir guruhda kirish sinovlari fanlari bо‘yicha о‘zlashtirish darajasi 30% dan 90% va undan ortiq bо‘lgan talabalar о‘qishi mumkin. Bu yо‘l haqiqatdan uzoq va ideallashtirilgan yо‘ldir. Barcha talabalar iqtidorli bо‘lmaganidek, о‘n minglab professor-о‘qituvchilar tarkibi ham xuddi shunday, iqtidorli, oliy darajali bо‘la olmaydi.
Uchinchi yо‘l – о‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyani joriy etish bо‘lib, ular о‘qish va о‘rgatishning asosiy elementlarini о‘rnatib, о‘zida, oliy darajadagi pedagog olimlarning о‘qitishdagi uslub va yо‘llarini mujassamlashtiradi.
Pedagogik texnologiya, о‘quv materialining tо‘la о‘zlashtirish kafolatini beradi, ya’ni har bir talaba о‘quv fani dasturini kamida 80% ni о‘zlashtiradi.
B.Blum ta’lim oluvchilar qobiliyatini о‘quv materialini о‘rganishga ketadigan vaqt cheklanmagan sharoitda turli fanlarni о‘qitish jarayonida о‘rgangan. U ta’lim oluvchilarni quyidagi toifalarga ajratgan:
1. Kam qobiliyatlilar juda kо‘p vaqt sarflanganda ham belgilangan bilim va kо‘nikmalar darajasini egallay olmaydiganlar (5% atrofida).
2. Iqtidorlilar - yuqori sur’atda о‘qiydiganlar (5% atrofida).
3. Kо‘pchilikni tashkil etuvchi odatdagi ta’lim oluvchilar (90% atrofida), ularning bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirish qobiliyatlari ketgan vaqt bilan aniqlanadi.
Qayd etilgan foizlarga e’tibor qaratsak, о‘qitish tо‘g‘ri tashkil etilganda, ayniqsa, vaqt cheklovlarini olib tashlanganda ta’lim oluvchilarning kо‘pchiligi (95%) zaruriy о‘quv materialini tо‘liq о‘zlashtira oladilar.
Buning uchun о‘qituvchi tomonidan о‘quv fanini (bо‘limini, mavzusini) barcha ta’lim oluvchilar tо‘liq о‘zlashtirishi natijalari etaloni aniq ishlab chiqilgan bо‘lishi muhim. Tо‘la о‘zlashtirish texnologiyasiga kо‘ra, о‘quv natijalaridagi farqlar о‘qitishning majburiy natijalariga bо‘lgan talablardan tashqarida aks etishi mumkin. YA’ni, bu texnologiya doirasida о‘quv jarayonini tashkil etish barcha talabalarni bilim va kо‘nikmalarni egallashning yagona, aniq belgilangan darajasiga yо‘naltirilgan.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə