Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə15/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Kompetensiya nomi

Mazmuni

maxsus kompetensiya

yetarli yuqori darajada о‘z kasbiy faoliyatini egallash, keyingi kasbiy rivojlanishini loyihalashtira olish

ijtimoiy kompetensiya

birgalikdagi kasbiy faoliyat, hamkorlikni egallash, о‘z mehnati natijalariga ijtimoiy javobgarlik

shaxsiy kompetensiya

shaxsiy mustaqil aks etish va mustaqil rivojlanish usullari, shaxsning kasbiy deformatsiyalariga qarshi turish vositalarini egallash

individual kompetensiya

kasb doirasida individuallikni mustaqil qо‘llash va rivojlantirish usullarini egallash, kasbiy-shaxsiy о‘sish, mustaqil tashkil qilish va mustaqil reabilitatsiya qilishga tayyorlik

asosiy kompetensiyalar

moslashish va mahsuldor faoliyat uchun zarur bо‘lgan shaxsning madaniyatlararo va sohalararo bilim, qobiliyat va kо‘nikmalari.

YE.S.Zair-Bekning «Vzaimosvyaz proyektirovaniya i samoproyektirovaniya metodicheskix kompetensiy v sisteme obshetexnicheskoy i metodicheskoy podgotovki» mavzusidagi doktorlik ishida maxsus kasbiy kompetentlikning shakllanishiga qaratilgan quyidagi kompetensiyalar aniqlangan:
- о‘qitish va о‘qitish metodikasi bilimini integratsiyalovchi kasb ta’limi pedagogining maxsus kompetensiyalari;
- maqsadli kompetensiya – pedagogning umumkasbiy va maxsus kasbiy fanlarni о‘qitish maqsadlarini aniqlay olishi;
- mazmuniy kompetensiya - umumkasbiy va maxsus kasbiy fanlarni о‘qitish mazmunini aniqlay olish;
- monitoringli kompetensiya – о‘qitish natijalarini kuzata olishlik.
YE.S.Zair-Bek ta’kidlaydiki, maxsus kompetensiyalarning shakllanishi mashina haydash asoslari, tikuv ishlab chiqarish texnologiyalari, grafika, zamonaviy ishlab chiqarishni bilishga tayanadi. Shunga kо‘ra maxsus kompetensiyalarning har birida batafsilroq tо‘xtalamiz.
1. Pedagogning maqsadli kompetensiyasi eng turli xil maqsadlarni qо‘yish qobiliyatini kо‘zda tutadi. Kasbiy о‘qitish maqsadi yoshlarda texnologik madaniyatni shakllantirishga yо‘naltirilgan, ta’lim jarayoni mazmunini aniqlaydi, shakllangan bilim va qobiliyatlarni baholash mezoni bо‘lib xizmat qiladi. Maqsadning anglanishi – kasbiy vazifalarni qо‘llashga bir qadamdir. Maqsadning hosil bо‘lishi va maqsadning qо‘yilishi muammosi butun pedagogik faoliyatning tizimni hosil qiluvchi tarkibiy qism bо‘lib hisoblanadi, maqsadlarni tо‘g‘ri qо‘yish qobiliyatiga pedagog mehnati natijalari bog‘liq. Maqsad og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan xulosalar jami sifatida yuzaga keladi. Maqsadli kompetentlikning shakllanishi shu bilan murakkablashtirilganki, unda oxirgi natija qay yо‘l bilan olingani emas, balki о‘zi kо‘rinadi. Afsuski, talabalar kо‘p holda qisqa yо‘l bilan borishni afzal kо‘radi – maqsadni tahlilsiz va oldindan aytib bera olmay, intuitiv ravishda aniqlaydi.
2. Mazmuniy kompetensiya kasbiy о‘qitish bosqichlaridan har birida ta’lim, tarbiya va rivojlanish mazmuni maqsadlariga kо‘ra aniqlash qobilyatidan iborat. Ta’lim mazmuni muhimi Davlat ta’lim standarti hisoblangan meyoriy hujjatlar bilan aniqlanadi. О‘quv jarayonini samarali qо‘llash uchun bо‘lajak texnologiya о‘qituvchisiga quyidagilarni bilish zarur:

  • umumta’lim tayyorgarlikning har bir bosqichida kо‘zda tutilgan hajmda texnologik ta’limning mazmuni;

  • kо‘rsatilgan mazmun hajmi doirasida о‘quvchilarning minimal zaruriy tayyorgarligiga bо‘lgan talablar;

  • о‘qitish yillari bо‘yicha о‘quv yuklamaning yо‘l qо‘yish mumkin bо‘lgan maksimal hajmi.

3. Kasbiy о‘qitish bо‘yicha namunaviy dasturlar faqatgina umumta’lim bilim, kо‘nikma va qobiliyatlarning yanada umumlashgan tayanch doirasini qamrab oladi va ishchi maktab va mualliflik о‘quv dasturlarini tuzish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Ular asosida milliy tarkibiy qismni aks etgan ishchi dasturlar tuziladi. Umumta’lim Davlat standartida milliy-mintaqaviy va mahalliy tarkibiy qismlarning mavjudligini hisobga olgan holda texnologiyaga о‘qitish ishchi dasturlari tuziladi. О‘z halqi xususiyatini (xalq hunarlari, dekorativ-amaliy ijod, unda yashovchi xalqning о‘ziga xosligi) aks etuvchi ta’lim muassasasi ishchi dasturini ishlab chiqishda pedagog qobiliyati hamda о‘z axborot, texnik ta’minot metodik salohiyati imkoniyatlarining hisobga olinishi va, tabiiyki, о‘quvchilar tayyorgarligi darajasi pedagogning metodik yetukligini isbotlaydi.
4. Pedagogning monitoringli kompetensiyasi qayta bog‘liqlik (nazorat muammosi) va real olingan natijalarni rejalashtirilganlar bilan qiyoslash, ya’ni ta’lim sifatini ta’minlashni qо‘llab quvvatlashda pedagog qobiliyatini tavsiflaydi. Ta’lim sifatini baholash ta’lim jarayoni natijalarining aniqlanishini kо‘zda tutadi. Shu bilan bir vaqtda sifat – bu nafaqat ta’lim mahsuli tо‘g‘ri kelishi kerak bо‘lgan meyoriy daraja, balki natijani ta’minlovchi ham mazmun, ham shartlar, ham jarayondir.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə