Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Ta’lim jarayoniga faoliyatli yondashuv



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə12/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Ta’lim jarayoniga faoliyatli yondashuv. Ta’limda talaba shaxsiga faliyatli yondashuv bu ta’lim tizimi kotsepsiyasini tashkil etib, bunda shaxs “ subyekti” kategoriyasi erkinlikka intilish, о‘z-о‘zini rivojlantirish, yaxlitlik, mustaqil о‘qish, о‘zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosidaanglaniladi, о‘quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari-maqsad, mazmun, metod,shakl, usul, vositalar uquvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bо‘lgach, uning shaxsiy tajribasi mahsuli sifatada tadbiq etiladi.Agar talaba о‘quv faoliyatini mohiyatini anglay olmasa, о‘quv maqsadini tan olmaydi, о‘qituvchi qо‘ygan vazifani tushunmaydi va qabul qilmaydi, u tomonidan sodir etilgan barcha hatti-harakatlar majburiyat ostida bо‘lib, uning bilimlari rasmiy harakterga, pedagogning faoliyati esa rasmiyatchilik mazmuniga ega bо‘ladi. Bilim ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi.
Talabaning ruhiy hususiyatlari о‘rganish, о‘zlashtirilayotgan bilimlarning talabaga shaxsan qiziqarli va kerakli bо‘lishi zarurligi, aks holda ular shubxasiz rad etilishini kо‘rsatadi. Bu holat obrazli ifodalansa, individual tafakkurda bilimlar subyektivlashadi, о‘ziga xos individual tasavvur va shaxsiy fikrlar obyeyetiv ahamiya kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtai nazarlarning tо‘qnashuvi, bahs-munozara, о‘zaro hamkorlikdagi faoliyat natijasida о‘zlashtiriladi, bu esa о‘quv jarayonininoan’anaviy usulda tashkil etishning muhim shakllari (bahs-munozara, о‘zaro hamkorlik)ni talab etadi. О‘qituvchi о‘z darsida shunday shart-sharoitlar yaratish lozimki, natijada talaba uchun dastlab neytral bо‘lgan obyekt kutilmaganda subyektiv xususiyat kasb etsin. Buning natijasida talaba о‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi, izlanadi va о‘qituvchi о‘quv maqsadlariga erisha boradi.
Talaba shaxsini rivojlantirishga yо‘naltirilgan о‘quv vaziyatlari talaba bilish faoliyatini tashkil etishi metodlari bilan uzviy bog‘liq. Bu usullar: muammoli izlanish, tadqiqot, dialog, munosabat metodlari (dialog, evrestik suhbat, munozara, guruhli ish turlari va boshqalar).
Bilish jarayonida aniq qо‘yilgan savol yoki savollar kompleksi odatda muammo, bilish esa bir savolga topilgan javob yordamida ikkinchi bir savol javobga о‘tish ketma-ketligi deb tushuniladi. Har qanday izlanish esa odatda «muammo»  «izlanish»  «yechim» kо‘rinishidagi ketma-ketlik orqali ifodalanadi. Bundan kо‘rinadiki, aniq, ravshan qо‘yilgan muammo uni hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yо‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”(rus tilida “interaktiv”) tarzida ifodalanib, lug‘aviy nuqtai nazardan “inter” – о‘zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, kо‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni о‘zlashtirish yо‘lidagi о‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, kо‘nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni о‘zlashtirish yо‘lida birgalikda, о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), о‘zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.
Interfaol ta’lim ta’lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – о‘qituvchi, talaba va talabalar guruhi о‘rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, qizg‘in bahs-munozalar, о‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, о‘quv materiallarini о‘zlashtirishda talabalarning о‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, “о‘qituvchi – talaba – talabalar guruhi”ning о‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qо‘llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bо‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi. Interfaol ta’limni qо‘llashda suhbat quyidagi shaxslar о‘rtasida tashkil etiladi.
Interfaol ta’lim mohiyatiga kо‘ra suhbatning “talaba – axborot-kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda yoki о‘qituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, kо‘nikma, malakalarning о‘zlashtirilishini anglatadi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə