Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


-rasm. Interfaol ta’limni qo‘llashda tashkil etiladigan suhbat (dialog)



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə13/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

1.3-rasm. Interfaol ta’limni qo‘llashda tashkil etiladigan suhbat (dialog)
О‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, о‘z-о‘zini nazorat, о‘z-о‘zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, о‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bо‘ladi.
Eng ommaviy interfaol ta’lim metod, vositalari:

  1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “О‘quv keyslari”), “Blits-sо‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va b.

  2. Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va h.k.

  3. Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va b.

Interfaol ta’lim tamoyillari:
1. Mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
2. Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan kо‘p.
3. Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga kо‘ra о‘zaro teng.
4. Har bir talaba о‘rganilayotgan muammo yuzasidan о‘z fikrini aytish huquqiga ega.
5. Mashg‘ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
6. Bildirilgan g‘oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bо‘lib xizmat qiladi
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun pedagoglar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular:



Ta’lim jarayoniga blokli-modulli yondashuv. Modulli ta’lim pedagogik texnologiyalarning bir turi sifatida ta’lim jarayoniga tobora kengroq yoyilmoqda. Modul lotincha «modulus» sо‘zining о‘lchov, tugun, о‘zak ma’nolarida ishlatiladi.
Modulli ta’lim-о‘qitishning tashkiliy jarayoni bо‘lib, bunda о‘quvchilar modullar asosida tuzilgan о‘quv dasturlari bilan ishlashadi. Modulli ta’lim texnologiyasi individual о‘qitishga yо‘naltirilgan bо‘lib, mustaqil о‘qishni amalga oshirish, о‘quv jarayoni mazmunini va ish jadalligini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Modulli ta’limning har bir alohida qismi quyidagi komponentlardan tuzilgan bо‘ladi:
- aniq belgilangan о‘quv maqsadi (maqsadli dastur);
- axborotlar banki, ya’ni dasturli о‘qitish shaklidagi xususiy о‘quv materiallari;
- maqsadga erishish uchun metodik tavsiyalar;
- kerakli kо‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur bо‘lgan amaliy mashg‘ulotlar;
- berilgan modul maqsadiga muvofiq keladigan nazorat ishi;
- Modulli ta’limning markazida: о‘zida tugallangan axborot bloki bо‘lgan о‘quv moduli; belgilangan maqsadli dastur bо‘yicha о‘quvchilar faoliyati; о‘qituvchining ta’lim berishdagi samarali boshqaruvi yotadi. M.Choshanov fikriga kо‘ra modulli о‘qitish-о‘zida harakatlarning maqsadli dasturi, axborotlar banki va qо‘yilgan didaktik maqsadga erishish bо‘yicha metodik kо‘rsatmani qamrab olgan individual о‘quv dasturi bilan о‘quvchining qisman yoki tо‘liq mustaqil ishini tashkil etishdir.
Modulli ta’limning asosida о‘tgan XX asrning yarmida ta’lim tizimida qо‘llanilgan dasturli о‘qitish jarayonlari yotadi. N.Sayidahmedov P.A.Yusyavichenening shunday fikrini keltiradi: «Modulli о‘qitishning mohiyati shundan iboratki, о‘rganuvchi qisman yoki tо‘liqmustaqil ravishda unga taklif etilayotgan о‘zida tо‘liq harakatlarning maqsadli dasturini, axborotlar bankini va qо‘yilgan didaktik maqsadga erishish bо‘yicha metodik kо‘rsatmani qamrab olgan individual о‘quv dasturi bilan ishlashi mumkin. Bunda pedagog vazifasi axborotni nazorat qilishdan tortib maslahatchi –koordinatsiyalovchilikka qadar turlanishdan iborat bо‘ladi».
Hozirda blokli, modulli va muammoli–modulli ta’lim texnologiyalari dasturli о‘qitishning turlicha differensiallashgan shakllarini birlashtiradi. Blokli tuzilma – bu о‘quv materialining bir qismi bо‘lib, biror belgisi (о‘xshashligi, joylashishi, hajmi, vazifasi va hakozo) bilan ajraladi. Blokning о‘zlashtirish meyori turlicha bо‘lishi mumkin: о‘quv materialining bitta obzatsidan to bо‘limigacha yoki biror predmetdan boshlab, bir nechta yо‘nalishgacha tuzilgan.
Blokli ta’limda – о‘quv materiali mazmuni qayta qurish asosida bloklarga ajratiladi, о‘quvchilarga turli xil intellektual vazifalarni ongli bajarishga imkoniyat yaratish, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalardan о‘quv masalalarini yechishda foydalanish mumkin.
Bunday о‘qitish dasturlarida о‘quv materiali quyidagicha ketma - ket bloklarga ajratiladi:
- axborot bloki;
- test–axborot bloki (о‘zlashtirilgan axborotni tekshirish);
- axborotlarni korreksiyalash bloki (notо‘g‘ri javoblarda qо‘shimcha tushuntirish, yordam berish, mashq ishlash);
- qо‘llash bloki–masala yechish, о‘zlashtirilgan bilim asosida topshiriqlarni bajarish;
- tekshirish va tuzatish bloki.
Modulli ta’limda (blokli tuzilmaga о‘xshash) – о‘quv jarayonida о‘quvchilar modullardan tuzilgan о‘quv dasturlari bilan mustaqil ishlashadi. Modul – bu о‘quv axborotining mantiqiy ajratilgan bir qismi bо‘lib, u bir butun va tugallangan mazmun hamda о‘zlashtirish nazoratidan iborat. Har bir modul о‘zaro bog‘liq topshiriqlar yig‘indisidan iborat bо‘lib, maqsadga mos ravishda muntazam olib boriladi. Modul о‘quvchilarga umumiy faoliyatga kirishish, umumiy maqsad doirasida muntazam ongli ishlashga imkoniyat yaratadi. Modul yordamida о‘quvchi bilim mazmunini meyorini aniqlaydi, qanday axborot va qanday maqsad muhokama qilinayotganini, «nimani», «qabul» qilayotganini va u nima uchun unga kerakligini tushunadi.
Modulli ta’lim-о‘qitishning tashkiliy jarayoni bо‘lib, bunda о‘quvchilar modullar (bloklar) asosida tuzilgan о‘quv dasturlari bilan ishlashadi. Modulli ta’lim texnologiyasi individual о‘qitishga yо‘naltirilgan bо‘lib, mustaqil о‘qishni amalga oshirish, о‘quv jarayoni mazmunini va ish jadalligini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Modul ta’limi mazmuniga kо‘ra: tо‘liq, qisqartirilgan yoki chuqurlashtirilgan mazmunda loyihalashtiriladi. Loyihalashtirilgan dastur bir vaqtning о‘zida vazifalar kо‘rinishida: rasmli, sonli, simvolik va og‘zaki kо‘rinishda beriladi. О‘quv materialining alohida qismlari о‘qitish moduli ya’ni о‘quv elementlari (О‘E) deb ataladi. Modulli ta’limning har bir alohida qismi quyidagi komponentlardan tuzilgan bо‘ladi:
- aniq belgilangan о‘quv maqsadi (maqsadli dastur);
- axborotlar banki, ya’ni dasturli о‘qitish shaklidagi xususiy о‘quv materiallari;
- maqsadga erishish uchun metodik tavsiyalar;
- kerakli kо‘nikmalarni shakllantirish uchun zarur bо‘lgan amaliy mashg‘ulotlar;
- berilgan modul maqsadiga muvofiq keladigan nazorat ishi.
Modul texnologiyasi individual ta’lim olishni ta’minlaydi: unda о‘qitishning mazmuni, о‘zlashtirish sur’ati, mustaqillik darajasi, о‘qitishning metodi va usullari, nazorat va о‘z – о‘zini nazorat usullari belgilab qо‘yiladi.
Modul texnologiyasining konseptual holatlari quyidagilarni tashkil etadi:
1. О‘quv jarayonini algoritmlash.
2. Modullilik prinsipi ya’ni ta’lim mazmunini tugallangan qismlarga ajratib strukturalash.
3.Tushunishning barcha bosqichlarida tugallanganlik va muvofiqlashganlik.
4. Nazariy materiallarni bloklarda mustahkamlash.
5. Asosiy qoida–individuallashtirish va tabaqalashtirish.
6. Faoliyatli yondashuv: faoliyatning barcha tuzilmalarini qо‘llash
(maqsadli, rejali, tashkiliy, ishchanlik, natijani nazorat qilish va
baholash).
7. Kо‘p yoqlamali yondashuv: о‘quvchilarning о‘z – о‘zini boshqarishi va о‘z – о‘zini rivojlantirishi.
8. О‘qituvchi va о‘quvchining hamkorlik prinsipi.
9. Modulda о‘quv materalini deduktiv mantiq asosida berish: umumiylikdan xususiylikkka о‘tish.
10. Nazariy materialni uzluksiz о‘rganish.
11. О‘quv axborotini zichlashtirish (umumlashtirish, mustahkamlash, sistemalashtirish, boshqaruvchanlik).
12. О‘z bilim kо‘rsatkichlarini nazorat qilish va dastur asosida individual sur’atda harakatlanishni tanlash.
Demak, modul texnologiyasini qо‘llash uchun quyidagilardan tashkil
topgan о‘quv-metodik majmuani tayyorlash talab etiladi:
-talabalar bilimini nazorat qiluvchi testlar;
-yakka tartibda ishlash uchun topshiriqlar;
-mustaqil ish topshiriqlari;
-о‘quv-metodik tarqatma materiallar;
-adabiyotlar rо‘yhati;
-ishchi о‘quv dastur.
Modulli metod о‘zining strukturaviy tuzilishiga kо‘ra asosiy didaktik tamoyillar – ilmiylik, sistemalilik, soddadan murakkabga borish, individuallashtirish va boshqalarni qamrab olgan bо‘lib, asosiy metodlardan esa mavzuning strukturaviy tuzilishiga kо‘ra - о‘tilgan mavzudagi yangi mavzuga kerak bо‘ladigan asosiy qonuniyatlar, faktlar, qoidalar, ta’riflar, mustaxkamlovchi, tasdiqlovchi fikrlar majmuasini, yangi mavzuga о‘tish uchun yaroqli bо‘lgan va yangi mavzuga uzluksiz о‘tishni ta’minlovchi qoida-qonuniyatlarning darajasini kо‘tarish, yangi mavzuni bayon qiluvchi asosiy richaglarni ajratish va ularni hammutanosiblikda ishlashini ta’minlovchi hususiyat va sifatlarni yaratish, yangi mavzuni ham sifat ham mazmun jihatdan tо‘ldirilgan turkumini misol va masalalar bilan tо‘ldirmasini joriy qilish va yaratish, yangi mavzuni rivojlantirib, kelgusida о‘tiladigan mavzu darajasiga yetkazish, shu mavzu darajasida tekshirilishi lozim bо‘lgan nazariy va amaliy bilimlar tekisligini aniqlash, foydalanish imkoniyatlarini aniqlash, hulosalash kabi bosqichiy bо‘laklarning strukturaviy ham mazmuniy tuzilishi va uning amaliy ahamiyatini aniqlab beruvchi modulni yaratilishi va ketma-ketlikni о‘zida aks ettirgan talab va savollarni yaratilishi va ularni о‘quvchilar yoshiga, bilim darajasiga, sinfi yoki kursiga qarab tayyorlangan bо‘lishligi о‘quvchilarga beriladigan bilimlar sistemasini yaratilishiga va undan unumli foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
Modulda keltirilgan savollar ketma-ketligi quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kо‘zda tutiladi:

  • о‘rganilayotgan mavzu asosiy tushunchalarini kiritishga yordam beruvchi avval о‘rganilgan tushunchalarni takrorlash;

  • yangi mavzu tushunchalari, tasdiqlarini soddadan murakkabga tomon

xarakatlanishini ta’minlash;

  • tushunchalar orasidagi о‘zaro bir tomonlama va ikki tomonlama bog‘lanishlarni yoritish;

  • nazariy bilimlarning amaliy mohiyatini ochib berish;

  • mazkur mavzuning о‘quvchi tanlagan kasbini egallashidagi о‘rni va kasbiy faoliyatidagi ahamiyatini ochib berish;

  • mavzuni imkon qadar tо‘liq qamrab olish-ilmiy, amaliy, о‘z-о‘zini nazorat;

  • о‘quvchilarni na faqat о‘quv qо‘llanmalari balki ilmiy adabiyotlarga ham murojaat etishga chorlash;

  • о‘quvchilarni mustaqillikka, izlanuvchanlikka, ijodkorlikka da’vat

etish;

  • о‘quvchilarda tartibli, sistemalashgan, izchil, muntazam, tabaqalashtirilgan bilimlar olish kо‘nikmalarini shakllantirish;

  • о‘quvchilarning mantiqiy og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə