Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə16/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

NAZORAT SAVOLLARI

  1. Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini OTMlarida о‘qitishning muammolari qanday?

  2. Pedagogika OTMlari Informatika ta’limi qanday talablarga javob berishi lozim?

  3. Ta’lim jarayoniga integrativ yondashuvni tavsiflang.

  4. Ta’limga tizimli yondashuvga izoh bering.

  5. Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuvni tavsiflang.

  6. Ta’lim jarayoniga faoliyatli yondashuvni tavsiflang.

  7. Qanday interfaol ta’lim metodlari ommalashgan?

  8. Ta’lim jarayoniga blokli-modulli yondashuvni tavsiflang.

MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL-JAVOBLAR



Savollar

Javoblar

1

Pedagogik integratsiya nima?

Pedagogik integratsiya – bu bо‘lajak kadrlarni tayyorlashning butun tizimini intensifikatsiya qilishga qaratilgan va ta’lim sikllarida amalga oshiriladigan maqsadlar, tamoyillar, о‘quv va tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari birligining eng oliy darajadagi namoyon bо‘lish shaklidir.

2

V. P. Bespalko pedagogik tizimni qanday ta’riflaydi

«Kerakli fazilatlarga ega shaxsni shakllantirishga tashkillashtirilgan, maqsadli va mо‘ljallangan pedagogik ta’sirni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan о‘zaro aloqadagi vosita, metod va jarayonlarning ma’lum bir majmuasi».

3

Pedagogik tizimining strukturaviy qismlari nimalardan iborat?

Maqsad, о‘quv axboroti, pedagogik muloqot vositalari, о‘quvchilar, pedagoglar, natija.

4

Pedagogik tizim qanday funksional komponentlardan tashkil topgan?

Gnostik, loyihalash, konstruktiv, kommunikativ, tashkiliy, korreksiya

5

Pedagogik texnologiya va pedagogik tizim tushunchasining farqi nimada?

Tizim tushunchasi texnologiya tushunchasiga qaraganda kengroq bо‘lib, umumiy xususiyatga ega. Har qanday texnologiya tizim bо‘la olgani holda, har qanday pedagogik tizim texnologiya bо‘la olmaydi.

6

“Metodika” va “texnologiya” terminlari farqi nimada?

Fanni о‘qitish metodikasi mazmun, sifat, har xillikka urg‘u bersa, fanni о‘qitish texnologiyasida maqsad, jarayon, son-miqdor, mо‘ljalga urg‘u beriladi

7.

Blokli ta’limdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?

Blokli ta’limda – о‘quv materiali mazmuni qayta qurish asosida bloklarga ajratiladi, о‘quvchilarga turli xil intellektual vazifalarni ongli bajarishga imkoniyat yaratish, о‘zlashtirilgan bilim va kо‘nikmalardan о‘quv masalalarini yechishda foydalanish mumkin.




Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə