Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


§2.2. Oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə24/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

§2.2. Oliy ta’limda Informatika va axborot texnologiyalari fanlari о‘qitishning innovatsion ta’lim muhitini loyihalashtirish


Loyiha ta’limining ilmiy asoslari bundan 300 yil avval asoslana boshlangan. Nemis pedagogi M.Knollning tadqiqotlarida kо‘rsatilishicha, “loyiha” tushunchasi XVI asrda italiyalik me’morlar tomonidan arxitektura sohasining ilmiy asoslarini tizimlashtirgan holda uni fan sifatida e’tirof etilgan vaqtda shakllangan. XVIII asrning oxirida muhandislik sohasining tezkor rivojlanishi dastlab Fransiya, sо‘ngra Germaniya, Avstriya, Shveysariyadagi, XIX asr о‘rtalarida esa AQShdagi о‘quv loyihalarining texnika va sanoat oliy maktablarida keng qо‘llanilishi uchun imkoniyat yaratdi.
1911 yilda AQSH ta’lim tizimida “loyiha” tushunchasi ta’limiy kategoriya deya e’tirof etilgan bо‘lsa, loyiha metodi didaktik usul sifatida XIX asr boshlarida shakllangan. Ushbu usul amerikalik pedagoglar – V.Kilpatrik, YE.Kollings va YE.Parxerstning tadqiqotlarida yanada rivojlantirildi.

Loyiha (lot. “projectus” – “ilgari surilgan”) – aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli.



Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonida ham loyihalar bilan ishlashga asoslangan loyiha ta’limi faol qо‘llanilmoqda.

Loyiha ta’limi – ta’limiy xarakterdagi aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga yо‘naltirilgan ta’lim.

Ta’lim jarayonida loyihani ishlab chiqish turli manbalar: maxsus adabiyotlar, monografiya, jurnal maqolalari, gazeta nashrlari, Internetdan ma’lumotlarni izlash, maxsus va ijtimoiy sо‘rovnomalarni tashkil etish orqali axborotlarga ega bо‘lish bilan bog‘liq.
Loyiha natijasi (mahsuloti) – buklet, nashr ishi, elektron о‘quv-ta’lim resursi shaklida taqdim etilgan, tanlab olingan, tahlil qilingan, umumlashtirilgan hamda tizimlashtirilgan axborotlar sanaladi.
“Pedagogik loyihalash – pedagogning pedagogik masalalarni yechishga qaratilgan ketma-ket о‘zaro bog‘liq harakatlari tizimi yoki oldindan rejalashtirilgan pedagogik jarayonning amaliyotga ketma-ket mujassamlanishi sanaladi”.
Loyihalash muammosi о‘zining rivojlanish tarixiga ega. “Pedagogik loyiha” atamasi kо‘proq quyidagi ma’noga ega bо‘lgan pedagogik ishlarda uchraydi: loyiha – ta’lim tizimini loyihalashtirishga qaratilgan holda rasmiylashtirilgan pedagogik g‘oyalar, pedagogik jarayonlar va texnologiyalar majmuasi, shuningdek, ularning amaliy joriy etilish dasturlaridir. Bu holda loyihalash, pedagog-olim YE.S.Zair-Bekning fikricha, mavjud narsani nimagadir aylantirish zarurligi yuzasidan g‘oyalar va harakat dasturini ishlab chiqarishdan iborat. Ishlab chiqilgan g‘oyalar va harakat dasturi loyihalash mahsuli sifatida rо‘y beradi.
Loyihalash dastlab kasbiy faoliyat sohasi sifatida texnika, qurilish, ishlab chiqarishda paydo bо‘ldi, sо‘ng iqtisodiyot, boshqarish, ijtimoiy sohadagi faoliyatga, xususan, pedagogik faoliyatga tatbiq etilgan. Pedagog-olim V.YE.Radionovaning fikricha, loyihalashning kо‘p qirrali madaniy-tarixiy fenomeni о‘z faoliyatining barcha sohalarida hozir bо‘lgan istalgan kishining hayotiy faoliyatning tub mohiyatidan kelib chiqadi.
Ilmiy yoki amaliy jihatdan kasbiy pedagogik faoliyat bu qatorda mustasno emas. Kishining maqsadga muvofiq harakati shu faoliyatdan olinishi mumkin bо‘lgan natijalarni rejalashtirilishiga bog‘liqligi oldindan aniqlangan. Asrlar davomida pedagog о‘zining kundalik ta’lim berish va tarbiyalash amaliyotida turli-tuman qarorlarni qabul qilishga tо‘g‘ri kelgan va bu aynan uning shu kabi qarorlarning oqibatlarini yakka tartibda rejalashtirishiga, uning oldingi amaliy tajribasi ostida ishlab chiqilgan kasbiy his-tuyg‘usiga asoslangan.
Ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino, ulug‘ qomusiy olim, inson mohiyati va mohiyaviy kuchi muammosini tadqiq qilar ekan, abstrakt narsalarning g‘oyaviy yetilish ma’nosini “hayotiy narsalarni fikran qarash” sifatida aniqladi.
Ulug‘ matematik, astronom Mirzo Ulug‘bek о‘z shogirdlariga tez-tez shunday deb turgan: “Agar Yerdagi voqelikni yaxshi tushunishni istasang, kelajakni yaxshi rejalashtira ol”.
Abdulla Avloniyning fikricha, “tarbiya san’atlarning oliysidir, san’at esa hali mavjud bо‘lmagan tomon intiladi, uning oldida ijodiyotining kelajakdagi maqsadi va g‘oyaviy siymosi gavdalanadi”.
Shunga kо‘ra har bir uchun bilim borliqda mо‘ljalni tо‘g‘ri olish uchun, hodisalarni tushuntirish va oldindan kо‘rish uchun, faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish va boshqa bilimlarni ishlab chiqish uchun zarur bо‘ladi. Bilim – voqelikni о‘zgartirishning juda muhim quroli. U tez rivojlanayotgan о‘zgaruvchan tizimdan iborat, uning о‘sishi hozirgi sharoitda о‘zining sur’ati bо‘yicha boshqa har qanday tizimning о‘sishiga qaraganda jadalroqdir. Kishilarning qayta о‘zgartuvchi amaliy faoliyatida bilimlardan foydalanish qoidalarning maxsus guruhi bо‘lishini taqozo qiladiki, bu qoidalar qanday holatda, qaysi vosita yordamida va qanday maqsadlarga erishish uchun u yoki bu bilim zarur bо‘lishini kо‘rsatadi.
Loyihalash – muhitni fikran о‘zgartirishdir. Loyiha axborot muhiti doirasidagi faoliyat natijasi, buyum esa – moddiy obyektlar muhitidagi faoliyat natijasidir. Shu yondashuvdan kelib chiqib, pedagog-olim Y.Ditrix tomonidan loyiha buyumni mavhum tasavvur etishni beruvchi tushunchalar tizimi, deb tushuntiriladi; yig‘ma tahlil natijasida olingan moddiy jamlanma xususiyatlari majmuasi, u yig‘ma tahlil natijasida olinadi va ijodiy yoki ijro etish niyatini ifodalaydi. U holda loyihalashga harakatning ayrim usulini tanlash sifatida qaraladi, xususiy holda – tizimli harakatning mantiqiy asosi sifatida tushuniladi.

Loyiha (design - dizayn) – ba’zi murakkab ishlanmalarni yaratish bо‘yicha hujjatlar yig‘indisi. Loyiha (projekt) tushunchasi kengroq ma’noda ma’lum natija (loyihaning beqiyos mahsuli)ga ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun biror-bir tashkiliy shaklni belgilash uchun foydalaniladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə