Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə25/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Loyihalashtirish real natijaga olib keluvchi, qat’iy tartibga solingan harakatlar izchilligini о‘z ichiga oluvchi muammoni о‘zgartiruvchi faoliyatni anglatadi.

Loyiha – loyihachi tomonidan bunyod etilgan yangi bino, u holda loyihalash jarayonining о‘zini ijodiyot tarzida qarash mumkin, ya’ni biror yangi narsani hosil qilish jarayoni, deb. Ijodiyotning mohiyati falsafada о‘rganiladi. Dialektik materializm nuqtai nazaridan, “ijodiyot – kishining haqiqatning obyektiv qonunlari asosida shaxs va insoniyat maqsadi va ehtiyojiga muvofiq tabiiy va sotsial dunyoni о‘zgartiruvchi faoliyatidir”. Ijodiyot о‘zining takrorlanmaslik, asillik va ijtimoiy-tarixiy noyobligi tavsiflanadi. Ijodga qо‘yilgan vazifani amalga oshirish maqsadi bо‘lgan ixtirochilikday pragmatik qarash ham tuzish-qurishdek tuyuladi.
Loyihalash ijodiy jarayon sifatida quyidagi bosqichlarni bosib о‘tadi:
1) ilhomlanish;
2) hissiy mutlaq berilish;
3) tafakkur;
4) tasavvurning birgalikda ishlashi;
5) ongning eng kо‘p о‘tkirlashuvi;
6) qо‘yilgan maqsadga erishish yо‘llari;
7) maqsad natijasining oydinligi;
8) maqsad natijasining aniqligi.
Loyihalash muammolari tadqiqotchilari bu faoliyatning ijodiy turdaligi haqidagi fikrni quvvatlaydi. Amerikalik pedagog P.Xill ijodiyotni “fikrning ma’lumlar chegarasidan tashqari tomonga muvaffaqiyatli uchishidir”, “loyihalay olish – bu bir vaqtda ham fan va ham san’atdir” deb umumlashtiradi, ya’ni ham ilmiy va ham amaliy ijodiyotning belgilariga egadir.
Pedagogik obyektni loyihalash bо‘yicha amallar tartibi:
Tayyorlov ishlari:
1. Loyihalash obyektini tahlili.
2. Loyihalash mazmunini aniqlash.
3. Loyihalashning nazariy ta’minoti.
4. Loyihalashning uslubiy ta’minoti.
5. Loyihalashning fazoviy vaqtli (makon-zamon) ta’minoti.
6. Loyihalashning moddiy-texnik ta’minoti.
7. Loyihalashning huquqiy ta’minoti.
Loyihani ishlab chiqish:
8. Tizimni shakllantiruvchi omilni tanlash.
9. Qismlarning о‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini aniqlash.
10. Hujjatlarni tayyorlash.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə