Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Didaktik birliklarni yiriklashtirish texnologiyasi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə20/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Didaktik birliklarni yiriklashtirish texnologiyasi Informatika va axborot texnologiyalari fanlari ta’limida quyidagi yondashuvlarning integratsiyasini ifodalaydi:

  • ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish;

  • ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chikish;

  • ta’lim jarayoni uchun xos bulgan umumiy konuniyatlarni aniklash, omillarini taxlil kilish va ta’riflash.

  • ta’lim - ukuvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy kunikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish kobiliyatlarini ustirish va dunyokarashlarini tarbiyalashga yunaltirilgan jarayon;

  • dars – bevosita ukituvchi raxbarligida muayyan ukuvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli;

  • bilim olish – idrok etish, urganish, mashk kilish va muayyan tajriba asosida xulk-atvor xamda faoliyat kunikma, malakalarining mustaxkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

Hisoblash qoidalari, ta’riflar va teoremalarni о‘zlashtirish jarayonini talabalar о‘quv harakatlari qadamlarini algoritmlash orqali tashkillashtirishga yо‘naltirilgan texnologiya aqliy harakatlarni P.Galperin bо‘yicha bosqichma-bosqich shakllanish nazariyasini amaliyotga joriy etadi.
Oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlarini о‘qitish jarayonini tashkil etish shakllaridan kelib chiqib, mazkur texnologiyada nazarda tutilgan davrni quyidagi aniqlashtirilgan maqsadlarga yо‘naltirilgan о‘quv mashg‘ulotlar tizimi orqali ifodalash mumkin:

  1. Yangi matematik о‘quv axborotni turli metod va vositalar asosida uzatish orqali talabalarda dastlabki tasavvurni shakllantirish (ma’ruza mashg‘uloti).

  2. Yangi tushuncha, ta’rif va boshqa tasdiqlarni о‘zlashtirish bilan bog‘liq aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi asosida amalga oshirish va rivojlantirish (amaliy mashg‘ulot).

  3. О‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni masala yechish algoritmi asosida amaliy kо‘nikmalar sifatida shakllantirish va malakalarni rivojlantirish (amaliy mashg‘ulot).

  4. О‘qituvchining bevosita yoki bilvosita rahbarligidagi talabalar

mustaqil (auditoriyadan tashqari) ishi.

  1. О‘zlashtirilgan bilimlar, shakllantirilgan kо‘nikma va malakalardagi bо‘shliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish, matematik kompetensiyalarni rivojlantirish (takrorlash-umumlashtirish amaliy mashg‘uloti).

Fikrlash usullarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik kо‘rishda о‘qituvchi quyidagi masalalarni qamrab olgan va jiddiy о‘ylangan ssenariysini ishlab chiqadi:

  • talabalarning muammoni yechishda qatnashishi uchun yetarli bо‘lgan bilimlarini yuzaga chiqarish qobiliyatini hamda bilimlarni yuzaga chiqarish uchun zarur bо‘lgan vazifalarni tavsiflash;

  • talabalardagi bilimlarni yuzaga chiqarish asosida muammoga va muammoni ifodalashga kirishish;

  • muammoni tо‘g‘ri hal qilishning sо‘nggi xulosasi (qarori) – natijasini shakllantirish;

  • masalani tо‘laligicha yechishni ta’minlaydigan muammoni shakllantirish;

  • muammo tarkibidagi muammolarga javoblardan iborat oraliq xulosalarni shakllantirish;

  • muammo tarkibidagi muammolarning yechilishida tо‘g‘ri javoblarni ta’minlovchi muammo savollarini shakllantirish.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə