Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Nazorat mashg‘ulotlarida qо‘llash tavsiya etiladigan ta’lim metodi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə62/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Nazorat mashg‘ulotlarida qо‘llash tavsiya etiladigan ta’lim metodi
Topshiriqlarni о‘zaro almashish metodikasi. Darslik, о‘quv qо‘llanmalaridan 5-6 turdagi topshiriqlardan ikkitadan о‘xshashlari tanlab olinadi va о‘xshash topshiriqlar yozilgan kartochkalar tayyorlanadi. Masalan, 1-topshiriq yozilgan kartochkada ikkita chiziqli tenglama keltirilgan, 2- tapshiriq yozilgan kartochkada chiziqli tengsizlikdan ikkitasi yozilgan v.h.
Talabalarga kartochkalar turli usullarda tarqatilishi mumkin: sinf jurnalidagi talabalar rо‘yxatiga kо‘ra, о‘tirgan о‘rniga kо‘ra, guruh sardori yoki о‘qituvchi kartochkalarni ixtiyoriy tarqatishi, yoki talabalar о‘zlari tanlab olishlari mumkin. Kartochkalarni olgan talabalar о‘z kartochkalari tartib raqamini о‘qituvchi qо‘lidagi topshiriqlar bajarilishi qayd qilinuvchi kartochkaga belgilatadilar va о‘z topshiriqlarini birinchisini hal etadilar. Ikkinchi topshiriq birinchisiga о‘xshash bо‘lganligi uchun birinchi misolni yecha olgan talaba ikkinchisini ham yecha oladi. Birinchi misolni yechib bо‘lgan talaba о‘ziga boshqa topshiriqni о‘rganish uchun sherik topadi. Ikki talabadan iborat guruhlar hosil bо‘ladi. Birinchi topshiriqni bajargan talaba ikkinchi topshiriqni bajargan talabaga ishlagan misolini qaytadan yechib kо‘rsatadi. О‘rtog‘ining daftariga yozib tushintirishi ham mumkin. Birinchi topshiriqni muhokama qilib bо‘lgach, ikkinchi talaba ishlagan misolini birinchi talabaga tushuntirib kо‘rsatadi. Savol – javoblar asosida misollarni yechish jarayoni va uning uchun zarur asosiy tushunchalar takrorlanadi. Shundan sо‘ng ikkala talaba о‘rtog‘ining kartochkasidagi ikkinchi misolni mustaqil yechadilar. Misollar yechib bо‘lingach, bir – birlariga tekshirish uchun beradilar. Yо‘l qо‘yilgan xatoliklar birgalikda bartaraf etiladi. Har ikkala talaba 2-turdagi topshiriqni о‘rganganliklaridan sо‘ng bu kichik guruh ishtirokchilari boshqa kichik guruh tashkil etish uchun tarqaladilar va uchinchi turdagi topshiriqni о‘rganishga kirishadilar. Bu jarayon barcha turdagi misollarni barcha talabalar yechishni о‘rgangunlaricha davom etadi.
Talabaning qaysi turdagi topshiriqni bajarishni о‘rganib bо‘lganligi о‘qituvchi nazorat kartochkasida qayd etib boriladi. Qaysidir topshirqni bajarishda talabalarda muammo tug‘ilsa, о‘qituvchi yordam beradi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə