Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə65/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

YORDAMCHI MATERIALLAR
Kurs ishlariga qо‘yiladigan talablar
Kurs ishlarini bajarish OTM larida talabalarni ilmiy tadqiqot ishiga jalb qilishning muassasalaridagi eng muhim va istiqbolli turi hisoblanadi. Talaba va о‘qituvchining hamkorligida bо‘lg‘usi matematik о‘qituvchisining shaxsi shakllanadi, dolzarb pedagogik va metodik muommolarni anglab olish, ilmiy pedagogik va psixologik adabiyotlarni mustaqil tushunish, nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash kо‘nikmalari shakllanadi va rivojlanadi.
Kurs ishini bajarish о‘quv rejasida kо‘zda tutilgan va har bir talaba uchun majburiydir. Talaba kurs ishini bajarish natijasida о‘zining malakaviy ishlarni va tadqiqot xarakteridagi topshiriqlarini bajara olish imkoniyatini kо‘rsata bilishi kerak. Bо‘lg‘usi matematika о‘qituvchilari qо‘yidagi kо‘nikma va malakalarga ega bо‘lishi zarur:
a) falsafa, pedagogika, psixologiya, matematika (algebra va sonlar nazariyasi, geometriya), matematika о‘qitish metodikasi fanlari bо‘yicha bibliografik kо‘rsatkichlardan foydalanish hamda bibliografik malumotlarni rasmiylashtirish;
b) mavzu bо‘yicha minimal darajadagi muayyan adabiyotlarni о‘rganish, tahlil qilish, taqqoslash, hulosalar chiqarish va zaruriy ma’lumotlarni qayd qila olish;
v) mavjud adabiyotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida о‘rganilayotgan masalaning holatini izchil bayon qilish;
g) agar zarur bо‘lsa, turli tipdagi ta’lim muassasalaridagi pedagogik tajriba namunalarni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish va hulosalar chiqarish;
d) kuzatish, tajriba-sinov ishini о‘tkazish, qо‘lga kiritilgan empirik materialni qayta ishlash, uni tahlil qilish, tizimga solish, izohlash va zaruriy xulosalarni chiqarishni egallagan bо‘lishi zarur.
Kurs ishi mavzulari 1 yil oldin tegishli kafedra majlisida muhokama qilinadi, tasdiqlanadi va talabalarga ma’lum qilinadi. Kurs ishi asosan 3-4 blok fanlari bо‘yicha yoziladi.
Kurs ishi mavzularining tо‘plami quyidagi talablarga javob berishi zarur:
a) bо‘lajak matematika о‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish va о‘qituvchilarni tayyorlash vazifalariga mos kelishi;
b) zamonaviy ilmiy-pedagogik tadqiqotlar yо‘nalishlari va muammolarini hisobga olishi;
v) matematika va uni о‘qitish metodikasi kafedrasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot muammolarga talabalarni jalb qilishi;
g) psixologik-pedagogik nazariya va amaliyot sohasiga nisbatan extiyojni va talabalarning qiziqishlarini hisobga olishi;
d) umumiy о‘rta ta’lim maktablari, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida matematika о‘qitishning dolzarb muammolariga qaratilgan bо‘lishi zarur.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə