Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Kurs ishining asosiy qismi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə67/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

4. Kurs ishining asosiy qismi rejadagi asosiy punktlarni о‘z ichiga oladi. Unda tekshirilayotgan masalaning tarixi va nazariyasi kо‘rsatiladi, mavjud adabiyotlarning tanqidiy tahlili beriladi, muallifning о‘z nuqtai nazari bayon qilinadi. Sо‘ngra mustaqil ravishda о‘tkazilgan tadqiqotning metodlari, tashkil etilishi va natijalari bayon qilinadi.
Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik ma’lumotlarning 3 xil manbasi ajratiladi:
a) birinchi (maqolalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va b.);
b) ikkinchi (bibliografiya, referativ jurnallar, ilmiy axborot va b.);
v) uchinchi (boshqa kitoblardan terib olib yozilgan asarlar, lugatlar).
Bibliografik (qayerda, qanday manbalarda zaruriy ma’lumotlar bor) va sof ilmiy – ma’lum bо‘lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi ma’lumotlarni farqlash kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida soxaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik jurnallarni kо‘rib chikish zarur. Bunda jurnallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalarning mavzular bо‘yicha kо‘rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bо‘yicha adabiyotlar tavsilotlari bilan tanishish ham foydadan xoli bо‘lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ma’lumotlar yig‘ish natijasida quyidagilarga ega bо‘lish lozim:
a) kim va qayerda ( qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi yuzasidan ishlagan va ishlamoqda?
b) ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan?
v) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd qilinadi. Ularning uch turi mavjud.
Birinchi materiallarga bibliografik kartochkalardagi yozuvlar, sitatalar, mikrofilmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi.
Ikkinchi materiallar ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik-sintetik qayta ishlash natijasi bо‘lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik-sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet-kо‘rsatkichlar, annotatsiya, tezis, konspekt va boshqalardan iborat bо‘ladi.
Uchinchi materiallarda birinchi va ikkinchi materiallar umumlashtiriladi. Uning mazmuni qisqa tavsilot kо‘rinishida bо‘lib, unda mavzuga doir oldindan ma’lum bо‘lgan ilmiy dalillar, qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar umumlashtiriladi.
avsilotni tuzishdan avval mavzuga doir asosiy tushunchalarni aniqlashtirish lozim. Chunki pedagogikada turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinayotgan atama va tushunchalar kurs ishiniing boshidan ohirigacha bir ma’noda tushunilishi zarur. Tushuncha va atamalar belgilanganidan sо‘ng ularning izohi quyidagi manbalardan aniqlashtiriladi:
a) ensiklopediyalar (masalan, pedagogik, psixologik, filosofik va b.);
b) izohli lug‘atlar: umumiy (“О‘zbek tilining izohli lug‘ati” 3 tom) va maxsus (masalan, pedagogik, psixologik, sotsiologik);
v) tatqiqot mavzusiga doir asosiy darsliklar va monografiyalarning mundarijasi hamda fani.
Tushunchalarning izohi topilganidan sо‘ng alohida varaqalarda qayd qilinadi va tahlil, qiyoslash, tasniflash, umumlashtirish usullari yordamida mazmunan qayta ishlanadi.
Tadqiqot mavzu bо‘yicha tavsilot yozishda kamida 20 ta manbadan foydalanish zarurdir.
Keyingi bosqichda tajriba-sinov ishining tavsifi beriladi. Bunda tajribada qatnashganlar kо‘rsatiladi. Tajriba ishida foydalanilgan material ham izohlanadi. Agar ushbu material predmetlar tasviridan iborat bо‘lsa, u matnga yoki ilovalarga kiritiladi. Shuningdek, bu yerda qanday asbob, apparat, uskunalardan foydalanilganligi kо‘rsatiladi: ishning barcha bosqichlari tavsiflanadi, tajriba-sinov ishida qatnashchilarga berilgan kо‘rsatmalar ham keltiriladi. Sinov natijalarida aniqlangan ma’lumotlar qaysi usulda qayta ishlanganligini alohida kо‘rsatish yaxshi natija beradi.
Tajriba-sinov ishining natijalari jadval, grafik, diagramma kо‘rinishlarida taqdim qilinadi. Jadval, rasmlar ostiga qisqa tarzda izohlar keltirilishi lozim. Barcha kо‘rgazmalar tartib bilan beriladi. Shu joyda, shuningdek, og‘zaki hisobotlardan ham namunalar berish mumkin.
Ishdagi eng muhim nuqtalardan yana biri xulosalarni muhokama qilish jarayoni hisoblanadi. Bunda quyidagi savollarga javob topish zarur: Nima uchun shunday bо‘ldi? Buning sabablari nimada? U yoki bu dalilni nima bilan izohlash mumkin? Ishning bu bosqichida boshqa mualliflar tomonidan olingan nazariy va amaliy xulosalarni jalb qilish, ya’ni ular bilan о‘z shaxsiy xulosalarini qiyoslab, taqqoslab kо‘rish, olingan ma’lumotlarni tushuntirish, izohlash zarur bо‘ladi. Natijalar asosiy matnda qanday tartibda berilgan bо‘lsa, ularni shu tartibda xulosalab kо‘rsatish lozim.
Kurs ishinig hajmi A4 formatdagi, 15-20 varog‘dan iborat bо‘ladi. Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda 60 ta belgi (sо‘zlar orasidagi о‘tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bо‘lishi kerak. О‘ngdan – 3 sm, chapdan – 1 sm, yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm joy qoldiriladi. Sarlavha va sarlavhachalar asosiy materialdan 3 interval hajmda ajratiladi va bosma harflar bilan yoziladi.
Ish mantiqiy izchillikda, adabiy til nomalarida yoziladi. Unda murakkab qо‘shma gaplardan, shuningdek, о‘ta jо‘n tuzilgan sodda gaplarni ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Mening kuzatishimcha, men hisoblaymanki, mening fikrimcha tarzida 1-shaxs birlik nomidan gapirish о‘rniga Bizning kuzatishimizcha, biz hisoblaymizki, bizning fikrimizcha kabi iboralardan foydalanish ilmiy etiketga tо‘g‘ri keladi.
Kurs ishini yozishda yagona uslub saqlanishi, hozirgi о‘zbek (rus) adabiy tilining orfografik, sintaktik va stilistik meyorlariga amal qilinishi lozim.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə