Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə70/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Bitiruv malakaviy ishlar mavzularini tanlash va tasdiqlash tartibi
Umumiy talablar
Bitiruv malakaviy ish talabaning oliy ta’lim muassasasidagi barcha ta’lim olish davrlarida egallagan nazariy bilimlarini tizimlashtirish, tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini amaliyotda qо‘llay olish kо‘nikmasini nazorat qilish, shuningdek, bitiruvchi talabaning zamonaviy kasb-hunar ta’limi sohasida kasbiy majburiyatlarni mutaxassis
sifatida bajarishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ish:

  • ilmiy tadqiqotning dastlabki ma’lumotlarini tizimlashtirilgan holda saqlashi;

  • tanlangan mavzu bо‘yicha tadqiqotning bajarilish yо‘llari va natijalarini ifodalashi;

  • olingan mutaxassislik va biror ixtisos bо‘yicha tayyorlash sohasida

mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni о‘z ichiga olishi;

  • yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan avvaldan ma’lum bо‘lgan shartlar umumlashtirilgan ma’lumotlarni о‘z ichiga olishi;

  • munozarali va bahsga sabab bо‘lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab olishi lozim.

Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta’lim standartlari, texnologik kо‘rsatma va meyoriy hujjatlardan foydalanishni о‘rganishi, mustaqil ravishda hisob-kitob va loyihalash ishlarini bajara olishi va andozalar ishlab chiqa olishi, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini nazarda tutib kiyim tayyorlashning eng samarador usullari, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik jarayonni loyihalay olishi lozim. Shu bilan birga о‘rta maxsus ta’limi tizimi, soha bо‘yicha kasb-hunar kollejlari о‘quv dasturlari va о‘quv rejalari bilan tanish bо‘lishi, mutaxassislik fanlarini о‘qitish uslubiyati, pedagogika va psixologiya fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda bu bilimlarini amalda qо‘llay oladigan bо‘lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish talabaning:

  • turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda kasbiy-pedagogik masalalarning kо‘proq maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;

  • mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;

  • qо‘yilgan vazifalarni yechishda tanlangan metodlarni asoslashi;

  • manbalar, adabiyotlar va boshqa lug‘aviy-axborot materiallari bilan mustaqil ishlashi;

  • ularni nazariy tahlil qilishi;

  • zarur dalillar, raqamli ma’lumotlarni tanlashi, ularni tahlil qilishi va sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish etishi;

  • asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va amaliy tavsiyalar berishi;

  • о‘z fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni tо‘g‘ri rasmiylashtirishi;

  • olingan natijalar taqdimotini zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qо‘llagan holda о‘tkazishi kabi mahorati tо‘g‘risida dalolat berishi lozim.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə