Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə68/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

5. Xulosa. Bu qismida ishning muallif tomonidan ishlab chiqilgan asosiy natija va xulosalari keltiriladi: ularning amaliy ahamiyati, ish natijalarining joriy qilinish imkoniyatlari va mavzuni kelgusida tadqiq qilish istiqbollari kо‘rsatiladi.
Xulosaga qо‘yiladigan asosiy talab – uning qisqa va mulohazaliligidir: unda ishning mazmunini butunligicha qaytarish shart emas. Xulosa quyidagi savollarga javob bera olishi kerak:
a) talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi?
b) qanday ishlar amalga oshirildi?
v) muallif qanday xulosalarga keldi?
6. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati asarlar mualliflarining familiyasi kо‘rsatilib, alvafit tartibida tuziladi.
Rо‘yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha adabiyotlar kiritiladi ( bunda ular qayerda nashr qilinganidan qat’iy nazar alohida nashr, tо‘plam, jurnal, gazeta bо‘lsa ham albatta kо‘rsatilishi shart).
Rо‘yxatda manbalar umumiy rakamlashtirilgan xolda keltiriladi. Manbaning ma’lumotlari kо‘rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, asarning nomi, nashr qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi.
Masalan:

  1. A.Alixonov Matematika о‘qitish metodikasi. .-Toshkent: О‘qituvchi, 2010.-206 b.

  2. T. R. Tolaganov, A. Normatov. Matematikadan praktikum. Toshkent О‘qituvchi, 1989 yil. 289 b.

7. Ilovalar. Ular, odatda, alohida sahifalarda kо‘rsatiladi. Ularning har biri о‘z mavzusiga ega bо‘ladi va о‘ng tomonning yuqorisida “Ilova” degan yozuv qayd qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bо‘lsa, ular “1-ilova”, 2-ilova” tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig‘ilgan empirik material, darslar va tarbiyaviy tadbirlarning konspektlari, kuzatishlar bayonnomalari, bayram ssenariylari, bolalarning rasmlari va fotosuratlari joylashtiriladi.
Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bо‘lgan yoki ilmiy-tadqiqotlar olib borayotgan kafedra о‘qituvchilari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan raxbariga hisobot berib boradi.
Kurs ishining rahbari:
a) talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam beradi;
b) talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestatsiyani о‘tkazadi (semestrda ikki marta) va bu haqda kafedra rahbariyatiga xabar beradi;
v) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi.
Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda о‘tkaziladi. Kafedrada ximoya komissiyasi tashkil etiladi. Talaba shu komissiyaga kurs ishini himoya qiladi. Kurs ishi 100 ballik tizimda baholanadi. Ish muallifi 10 minut davomida ish yuzasidan ma’ruza qiladi va о‘qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. Ma’ruzada muammoning о‘rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar о‘tkazilgan bо‘lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bо‘lishi lozim.
Kurs ishining himoya qilish natijalariga kо‘ra talabaning reyting daftarchasiga tegishli ball qо‘yiladi.
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bо‘lishi uchun qaytarib beriladi. Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bо‘lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna sifatida metodik xonada saqlanadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə