Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Kurs ishi mavzusini tanlash



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə66/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Kurs ishi mavzusini tanlash

  1. OTM professor-о‘qituvchisi kurs ishi mavzularini shakllantiradi.

  2. Talaba о‘z qiziqishlariga mos keluvchi mavzularni tanlab oladi va biriktirilgan professor-о‘qituvchi rahbarligida kurs ishini bajaradi.

3. Ishni bajarishda oldingi tadqiqotlarda о‘rganilgan muammolar va olingan natijalar qisqacha bayon qilinadi ya’ni mavzuni о‘rganilganlik darajasi tanlash, bunda yangi, yana ham mukammalroq metodlardan foydalanish;
v) oldin tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo о‘rganilmagan gipotezalarni tekshirish;
g) maxsus adabiyotlar va davriy psixologik-pedagogik nashrlar bilan muntazam tanishib borish:
d) dolzarb ahamiyatga ega, kam о‘rganilgan muammo va masalalarni aniqlash maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish.
Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy rahbar bilan maslahatlashilganidan sо‘ng kurs ishini bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan kalendar-reja ishlab chiqiladi. Mazkur reja tadqiqot ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs ishini mustaqil hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beraldi.
Kurs ishi quyidagicha tuzilishga ega bо‘lishi mumkin:
1.Titul varog‘i. U quyidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida – oliy ta’lim muassasa va kafedra nomi, varoqning о‘rtasida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, kursi va fakulteti yoziladi. Quyiroqda kurs ishining mavzusi, yana ham pastroqda о‘ngdan ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, chapda uning ilmiy daraja va unvoni kо‘rsatiladi. Pastda – kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi (1-ilova).
2. Mundarija, bunda kurs ishining rejasi va uning bob, bо‘limlari kо‘rsatiladi. Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bо‘lishi, qisqa, lо‘nda, ketma-ketlikda va aniq tarzda uning ichki mantiqini ochib berishi zarur. Shuningdek, unda ishning har bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq kо‘rsatiladi.
3. Kirish. Ishning bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, obyekti, predmeti, maqsad-vazifalari, gipotezasi) kо‘rsatiladi.
Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g‘oyasi haqida ham ma’lumot beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, kо‘plab sitatalarni keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatli, 2-3 varog‘dan iborat bо‘lishi zarur.
Tadqiqotning asosiy xarakteristikalari tо‘g‘ri shakllantirilganligini bilish uchun quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak:
- tadqiqot muammosini aniqlashda – Oldin о‘rganilmagan muammolardan qaysi birini о‘rganish zarur?
- tadqiqot mavzusini tanlashda – Tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida о‘z aksini topganmi?
- dolzarblikni asoslashda - Nima uchun aynan shu muammoni bugun о‘rganish shart?
- tadqiqot obyektini belgilashda - Nima tekshiriladi?
- tadqiqot predmetini aniqlashda – Obyektning qaysi yangi jihatlari, munosabatlari, aspektlari, tomonlari, funksiyalari tatqiq qilinishi zarur?
- tadqiqot maqsadini shakllantirishda – Maqsadga erishish uchun nima qilish kerak? Amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi?
-tadqiqot gipotezasini ilgari surishda – Tadqiqot maqsadiga erishish uchun qaysi yо‘ldan borish zarur?
-ochiq himoyaga olib chiqilayotgan holatlarni aniqlashda - Tadqiqotning obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va h.k.
Kurs ishi talabalarni pedagogik tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi bо‘lganligi tufayli unda barcha xarakteristikalarni kо‘rsatib berish shart emas. Ularning ayrimlarigina, xohishga kо‘ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza). Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi, mahorati, talabaning tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning spetsifikasi va boshqa vaziyatlarga bog‘liq bо‘ladi.
Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada о‘rganib, uni bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bо‘lgan talabalar tadqiqot ilmiy tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy о‘ylab kо‘rishi zarur.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə