Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə69/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ishni bajarish – oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’limining yakuniy bosqichidir.
Zamonaviy ta’lim sharoitida о‘quvchilarning qobiliyati, ong va kо‘nikmalarini о‘stirish, ilmiy–amaliy bilimlarini chuqurlashtirish va faollashtirish muammosi muhim ahamiyatga ega. Bu xususiyatlar kelajakda о‘quvchilar qobiliyatini va qiziqishiga ongli ravishda о‘z kasblariga qiziqish va mas’uliyatni oshishiga yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad kasb–hunar kollejlarida maxsus fanlarni о‘qitish va ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish va о‘tkazish, baholash metodikasini ishlab chiqish, о‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish bо‘yicha bakalavriat talabalarida bilim, kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bо‘lajak о‘qituvchilarda mustaqil izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Bitiruv malakaviy ishni bajarishdan maqsad: ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni ta’lim jarayonida ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qо‘llash; ijodiy ishlash, muammo yoki masalaning (muammoning) о‘qitilish jarayonidan boshlab, uni tо‘la nihoyasiga yetkazish bо‘yicha qaror qabul qilishda bо‘lgan mas’uliyatni his etishga о‘rgatish; zamonaviy ta’lim, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning rivojlanish sharoitida talabalarni mustaqil ishlash va qaror qabul qilish hamda ijodiy yondashuvga tayyorgarligini ta’minlash.
Bitiruv malakaviy ishidan quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalar amalga oshirilishi kerak.
Ta’limiy: talabalarda о‘rta maxsus va kasb–hunar ta’limi muassasalarida о‘qitish jarayonini va ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish, о‘tkazish va baholash bо‘yicha bilim, kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: talabalarning yakka tartibda, mustaqil, kichik guruhlarda va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:

  • olingan mutaxassislik va biror ixtisos bо‘yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;

  • mustaqil ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni о‘rganishga bо‘lgan bilimlarni egallash;

bitiruv malakaviy ishda qо‘yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini о‘zlashtirganlik darajasini namoyish etish;

  • real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bо‘lishi;

  • tanlangan mavzu bо‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, hodisalar va muammolar mohiyatini ochish;

  • mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;

  • kasb-hunar ta’limini samaradorligini oshirishga yо‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.

Bitiruv malakaviy ishini bajargandan keyin talaba quyidagi bilim, kо‘nikma va malakalarini egallashi kerak:

  • о‘rta maxsus va kasb–hunar ta’lim muassasalarida fanlarni о‘qitish jarayonini tashkil etish va о‘tkazish;

  • о‘quv amaliyotini ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish va о‘tkazish;

  • о‘quvchilar bilim va kо‘nikmalarini baholash metodlarini samarali qо‘llash;

  • о‘qitish jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qо‘llash;

  • о‘qitish jarayonida faol ta’lim metodlarini о‘rinli qо‘llash;

  • о‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish, о‘tkazish va baholash;

  • о‘rta maxsus va kasb–hunar ta’limi uchun о‘quv uslubiy mashg‘ulotlarini ishlab chiqish;

  • ta’lim beradigan fani bо‘yicha elektron ta’lim resurslari va uslubiy adabiyotlarini yaratish.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə