Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə72/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Xulosa va takliflar qismida ish mazmuni bо‘yicha ishlab chiqilgan xulosalar va aniq takliflar, erishilgan natijalar mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi xulosalar va takliflar bilan ham tugallanishi mumkin, ammo undan eng muhimlari ishning oxirida, ya’ni xulosa bо‘limida aks ettirilishi kerak.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar talaba tomonidan bitiruv malakaviy ishni tayyorlash va yozish jarayonida qо‘llanilgan manba va adabiyotlarni о‘z ichiga oladi va u tadqiqot mavzuiga bog‘liq tarzda 25-30 (va undan kо‘p) nomdan tashkil topadi. Manbalar xaqidagi ma’lumotlar О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlari talablariga mos tarzda keltiriladi.
Bunda bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida qо‘llanilgan barcha qonun chiqaruvchi va meyoriy-xuquqiy materiallar, ilmiy, о‘quv va davriy nashrlar tо‘liq bibliografik tavsifi (nashr joyi, nashriyot nomi, chop etilish yili yoki nashri)ni о‘z ichiga olishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar rо‘yxatini tuzish jarayonida nashr qilingan va chop etilmagan ishlar ajratilgan bо‘lishi kerak.
Ishning ilova qismida bitiruv malakaviy ishasosiy mazmunini qо‘shimcha tо‘ldiruvchi va kо‘rgazmali tasvirlovchi barcha materiallar keltiriladi. Bunda, asosan chizma, jadval, diagramma, gistogramma, rasm, surat va fotohujjatlar, shuningdek, har xil turdagi matnlar, tashkiliy-huquqiy hujjatlar, ma’lumotnomalar, e’lonlar joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ishning rasmiylashtirilishi
Bitiruv malakaviy ish bitta nusxada tayyorlangan va kolenkor (qalin surpli) muqovada tikilgan bо‘lishi lozim. Bitiruv malakaviy ish matni о‘qib chiqilgan va tahrir etilgan bо‘lishi darkor.
Bitiruv malakaviy ish qо‘lyozma shaklida, faqat ilmiy bajarilgan ish qо‘lyozma shaklda yoki kompyuterda bajarilishi mumkin.
qо‘lyozma shaklida tayyorlangan ishning umumiy hajmi 70-80 bet, kompyuterda tayyorlangan ishning umumiy hajmi 60-70 betdan iborat bо‘lishi kerak.
kompyuterda tayyorlangan bitiruv malakaviy ishning qо‘lyozma nusxasi tugatilgach, ilmiy rahbar ruxsati bilan kompyuterda teriladi. Ilovalar uning umumiy hajmiga kirmaydi. Qо‘lyozma matnini kompyuterga tushirish jarayonida ketma-ketlik buzilmasligiga jiddiy e’tibor berish kerak.
Bitiruv malakaviy ish A4 formatdagi qog‘ozning bir tomoniga rasmiylashtirilishi shart. Jadval va kо‘rgazmali materiallar A3 - A1 formatlardagi qog‘ozda taqdim etishga ijozat etiladi. Matn 1,5 intervalda Times New Roman Cyr № 14 shriftda bajarish maqsadga muvofikdir. Malakaviy ish A4 shaklidagi qog‘ozning chap tomonidan 2,5 sm, о‘ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bо‘lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi. Texnik chizmalar katta va kichik burchak shtamplari bilan rasmiylashtiriladi.
Dastlabki himoyada talaba bitiruv malakaviy ishni tо‘liq (biroq muqovalanishi shart emas) varianti hamda о‘zining ilmiy-izlanish va amaliy faoliyatining kо‘rgazmali natijalari va ma’ruzalari ilova qilingan qо‘shimcha materiallarni taqdim etadi.
bitiruv malakaviy ishning dastlabki himoyasi о‘tkazilgandan sо‘ng hamda DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
1) malakaviy ish kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi;
2) malakaviy ish hamda uning takdimot materiallari agar kompyuterda yozilgan bо‘lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa;
3) bitiruv malakaviy ishga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi;
4) ikkita opponentning taqrizi;
5) malakaviy ishga taalluqli bо‘lgan boshqa hujjatlar.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə