Informatikani oʻqitish texnologiyalari va loyihalashtirish


Bitiruv malakaviy ishning tarkibi va mazmuni



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə71/81
tarix19.12.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#151290
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
J Gulomov o\'quv qo\'llanma

Bitiruv malakaviy ishning tarkibi va mazmuni
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda kо‘rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi. Bitiruv malakaviy ishda iloji boricha oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi mazmunini rasmiylashtirish namunasi:
Mundarija
Kirish.
I bob. Nazariy ma’lumotlar.
1.1.
1.2.
1.3.
II bob. Metodika.
2.1.
2.2.
2.3.
Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.
Bitiruv malakaviy ishlar hajmi quyidagi jadvalda keltirilgan.



Bulimlarni nomlari

Hajmi

1

Mundarija

1 bet

2

Kirish

7 – 10 bet

3

Asosiy qism (bob va bо‘limlar)

60 – 65 bet

4

Xulosa va tavsiyalar

1 – 2 bet

5

Foydalanilgan adabiyotlar

1 – 2 bet



foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qо‘yilgan muammoni о‘rganish uchun ular nimani berishligini aniqlash, shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy
tahlili sifatida oddiy keltirilgan meyoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning mualiflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzuiy yoki kо‘rgazmali tamoyil bо‘yicha tuzilishi, talabaning (ya’ni, uning о‘qigan materiallariga shaxsiy munosabati) bahosini о‘z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini kо‘rsatishi, tо‘liq о‘rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. Kirish bitiruv malakaviy ish umumiy hajmining 10-12 foizini tashkil etishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishning Asosiy qismi muammoli tadqiqot hisoblanadi. Muammoli tadqiqot ishlarda talabalar chuqur ilmiy izlanishlar olib borib muayyan bir muammoni ilmiy tarzda yechilishini hal etib beradilar.
Asosiy qism boblarining soni va mazmuni ish turiga qarab belgilanadi. Kasb ta’limi yо‘nalishlari bо‘yicha tayyorlanadigan bitiruv malakaviy ish ikki bobdan iborat bо‘lishi maqsadga muvofiqdir. Odatda, birinchi bobda tadqiqot olib borilgan obyekt bо‘yicha qisqacha ma’lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari bо‘yicha mazkur tadqiqot natijalarining amaliyotda tadbiq etilishi mumkin bо‘lgan muassasaning qisqacha tavsifnomasi berilishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismida tadqiqot uchun tanlangan mavzuning nazariy jihatlarini yorituvchi bob va bо‘limlardan tashkil topishi, tadqiqot metodi va texnikalarini kirituvchi mazmun, kutiladigan natijalarning bayon etilishi, xulosalarning shakllantirilishi va amaliy tavsiyalar berilishi lozim.
Asosiy qismni tashkil etuvchi bob va bо‘limlarning mazmuni bitiruv malakaviy ish mavzuiga tо‘liq mos kelishi va uni tо‘la ochib berishi darkor. bob va bо‘limlar talabaning qisqa, mantiqan tо‘g‘ri va dalillar keltirib tо‘plagan, tizimlashtirgan hamda tahlil qilgan materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim. Mazkur kо‘rsatmada bob va paragraflar о‘zaro mantiqiy izchillikda beriladi.
Demak, ishning birinchi bobida masalaning nazariy asoslari yoritilishi, ikkinchi bobida esa uning metodikasi ishlab chiqilishi lozim. YA’ni, talaba bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida nazariy ma’lumotlar tо‘plashga harakat qilishi, uning ikkinchi bobida bitiruv oldi amaliyoti davomida tanishib chiqqan materiallari asosida о‘quv-meyoriy hujjatlarni tahlil etib о‘rganishi talab etiladi. Talaba bunda о‘quv reja va fan dasturlarining о‘zaro mutanosibligi tо‘g‘risida tо‘xtalib, mazkur о‘quv-meyoriy hujjatlarni о‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni batafsil bayon etadi.
Bitiruv malakaviy ish kasb-hunar kollejlarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar о‘qitilishini о‘rganish tо‘plangan materiallarni qayta ishlashni mо‘ljallaydi. Shu sababli bitiruv malakaviy ishning ikkinchi bobida talaba maxsus fanlarni о‘qitish bо‘yicha о‘quv materiallari mazmunini
ishlab chiqishda о‘zi uchun vazifa qilib berilgan fan yoki biror-bir mavzu doirasida о‘quv materiali mazmuniga yangi takliflar bilan о‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlash iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik tahlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan amalga oshirishni taqozo qiladi. Obyektiv yо‘nalish va qonuniyatlarni aniqlash uchun barcha ma’lumotlar ishonchli bо‘lishi lozim.
Bitiruv malakaviy ish yakunida bugungi kunda davlat va jamiyat talablari asosida zamonaviy kasb-hunar ta’limi uchun ularning takomillashtirilgan variantlarini tavsiya etishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishda tahlil va asoslash uchun baza sifatida qо‘llaniluvchi materiallar yetarli darajada tо‘liq va ishonchli bо‘lishi lozim.
Chunki bularga tayangan holda ish xolatini tahlil qilish, zahiralarini ochish va ulardan foydalanish yо‘llarini belgilash, shuningdek, ishdagi yashirin kamchiliklarni bartaraf etish mumkin bо‘lsin. Tо‘plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining о‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq.
bitiruv malakaviy ishning bajarilishida texnik vositalarning ta’minlanishi u yoki bu kо‘rsatkichlarni hisoblash, vaziyatlarni modellashtirish, loyihani rasmiylashtirish, taqdimot materiallarini DAK oldida himoya qilishga tayyorlash uchun maxsus kompyuter va mos keluvchi dasturiy ta’minotdan foydalanishni talab etadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə