Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə15/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#184218
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar


1. Kompyuter virusi nima?

  1. Kompyuter virusining insonga qanday ta'siri bor?

  2. Viruslardan qanday saqlanish mumkin?

  3. Virus dasturining vazifalariga nimalar kiradi?

  4. Kompyuter viruslarining qanday guruhlarini bilasiz?

  5. Virusga qarshi DSAV 2.0 kompleksi haqida gapirib bering.

Kompyuter viruslaridan saqlanishning ehtiyotkorlik tadbiriari
Virusdan ko'riladigan zararlarga quyidagilarni misol qilib ko'rsatish mumkin:

  • kompyuter qattiq diski yoki tezkor xotirasining ifloslanishi/irusli dastur ko'payishi jarayonida butun qattiq diskni o'zining .auqtalari yoki boshqa belgilari bilan to'ldirishi mumkin. Bularni u
    tezkor xotiraga ham yozishi va shu bilan uning hajmini kamaytirishi
    niumkin;

  • fayllar joylashish jadvalining buzilishi. U buzilsa, diskdan kerakli fayl va katalogni o'qish mumkin bo'lmaydi;

  • yuklanish sektoridagi ma'lumotlarning buzilishi. Yuklanish sektori iiskdagi maxsus dastur bo'lib, uning buzilishi disk ishini to'xtatib lo'yadi;

  • diskni qayta formatlash — diskdagi barcha axborot butunlay /o'qoladi;

  • kompyuterning o'z-o'zidan qayta yuklanishi;

  • tugmachalar majmui ishini to'xtatib qo'yishi;

  • dasturli va ma'lumotli fayllar mazmunining o'zgarishi. Virus
    ma'lumotlarni ixtiyoriy ravishda aralashtirib qo'yadi va hokazo.

Oddiy virusdan zararlanishni virusga qarshi dasturlar yordamida oson aniqlash mumkin. Polimorf (murakkab tuzilishga ega) viruslarni bu usul bilan aniqlash qiyin, chunki ular o'z-o'zini nusxalashda ko'rinishini o'zgartiradi.
Makroslar bilan ishlaydigan ilovalar makroviruslar bilan zararlanishi mumkin. Makroviruslar — fayllarga ma'lumotlar bilan birga o'rnatiladigan buyruqlardir. Bunday ilovalarga misol qilib Word, Excel va Postscripter interpretatorlarini ko'rsatish mumkin. Ular ma'lumotlar faylini ochayotganda makrovirus bilan zararlanadi.
Ilgari faqat disklar virus bilan zararlanar edi. Chunki viruslar disklar orqali kompyuterdan kompyuterga o'tar edi. Yangi BBS viruslari esa modem orqali tarqaladigan bo'ldi. Internetning paydo bo'lishi viruslarga qarshi kurashning an'anaviy usullari foyda bermaydigan yana bitta kanalning hosil bo'lishiga olib keldi.
Viruslar bilan zararlanish ehtimoli kompyuterda yangi fayllar va ilovalarning paydo bo'lish chastotasiga mos ravishda ortadi, Kompyuterdagi ma'lumotlarning ahamiyati qanchalik zarur bo'lsa. virusga qarshi xavfsizlik choralari shunchalik yuqori bo'lishi kerak. Bu narsalarga befarq bo'lish nafaqat katta moddiy zarar ko'rish, balki tashkilot yoki firmaning bundan keyingi faoliyati masalasini ham o'rtaga qo'yishi mumkin.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, viruslar, odatda, foydalanuv-chining biror amali (masalan, ilovalarni o'rnatish, tarmoqdan fayllarni o'qish, elektron aloqani o'qish va h.k.) natijasida paydo bo'ladi. Shuning uchun ma'lumotlar kirish joyiga maxsus filtrlar. zararlangan fayl va dasturlarni yuklashni cheklovchi maxsus dasturlar o'rnatilishi zarur. Bunday qurilmalardan bin Symantic korporatsiyasi mahsulidir (Toshkentda Nuron DC kompaniyasi uning partnyori hisoblanadi). Symantic bitta mashina o'rniga butun korporativ taimoqni kompleks himoyalash g'oyasini ilgari suradi. Virusning korporativ tarmoqqa kirish nuqtasi istalgan nuqtada — brauzerdan to ishchi stansiyagacha bo'lishi mumkin. Shuning uchun nazorat barcha bosqichlarda amalga oshiriladi. Virusga qarshi Symantic dasturiy ta'minoti Dynamic Document Revien korporatsiyasi texnologiyasida bajarilgan va E-mail viruslariga ham qarshi kurash olib boradi.
Virusga qarshi dasturli ta'minot ishining alohida xususiyati shundaki/ virusga qarshi dasturlar omborini o'z vaqtida yangilab turish kerak.
Savol va topshiriqlar

  1. Virusdan ko'riladigan zararlarga nimalar kiradi?

  2. Dastlabki viruslarning zamonaviy viruslardan farqini ayting.

3 Virusdan saqlanish uchun qanday choralarni ko'rish kerak?
Bobga doir takrorlash mashqlari
1. Kompyuter viruslari haqidagi quyidagi fikrlardan qaysi­lari to'g'ri:
a) kompyuter virusining inson sog'lig'iga ta'siri kuchli; b) kompyuter virusi — harakatlanadigan tirik organizm;

  1. kompyuter virusining turlari ko'p;

  2. kompyuter virusi — kompyuter qurilmasi hisoblanadi.

2. Kompyuter viruslari zarar yetkazishi mumkin bo'lgan javob
variantlarini ko'chirib yozing:

  1. dastur fayllari;

  2. matnli fayllar;

  1. kompyuter qurilmalari;

  2. kompyuterdan foydalanuvchi shaxs;
    0 tizimli fayllar;

g) kompyuterning ishlash tezligi.
3. Quyidagi hollardan qaysilari kompyuterning virus., bilan
zararlanishiga olib keladi:

  1. turli disklardan foydalanish;

  2. litsenziyasiz dasturlardan foydalanish;

  1. kompyuterni ifios holatda saqlash;

  2. manbadagi elektr tokining ko'payib-kamayishi;
    0 kompyuterdan uzoq muddat foydalanmaslik;

g) diskdagi ma'lumotlarni tekshirmasdan foydalanish.
4. Kompyuter viruslaridan saqlanish chora-tadbirlariga quyi-
dagilardan qaysilari kiradi:
a) kompyuter fayllarida virus borligi aniqlanganda, uni
davolamaguncha kompyuterni o'chirib qo'yish;
b) litsenziyasiz dasturlardan foydalanmaslik;

  1. kompyuterni belgilangan vaqtdan ko'p ishlatmaslik;

  1. kompyuterda filtr dasturlar yoki rezident dasturlardan
    foydalanish.

5. DrWeb viruslarni davolash dasturi menyusida quyidagilardan
qaysilari mavjud:
а) Начать; b) Настройка; d) Отчет; e) DrWeb; 0 Тест.
6. DrWeb dasturi yordamida С diskdagi viruslarni tekshiring.
7.DrWeb dasturi diskni tekshirish natijasida ekranga chiqargan msobotini tahlil qilib bering.




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə