Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə17/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#184218
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Savol va topshiriqlar
Ma'lumotlar ombori nima?
Ma'lumotlar omborida qanday ma'lumotlar saqlanadi?
Matnli fayl va ma'lumotlar omborining farqi nimada?
Ma'lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud?
dbf fayllari qanday fayllar?
dbf fayllariga misollar keltiring.
Obyekt va kattalik
Har qanday ma'lumotlar omborining vazifasi haqiqiy dunyo-nmg obyektlari haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlashidir. Umuman oiganda, «obyekt» va «kattalik» degan iborafarni rasman ajratish mushkul. Lekin muayyan vaziyatda bu iboralarni ishlatish uchun ularni ta’riflashimiz mumkin.
Obyekt - mavjud bo'lgan va o'ziga o'xshash narsalardan ajralib turaaigan alohida olingan predmet.
Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji obyekt hisobla-nadi. Shuningdek, kimyoviy modda, biror qotishma, firma, zavod, inson ham obyekt bo'la oladi.
Obyekt sifatida nafaqat moddiy predmetlar, balki haqiqiy dunyoni aks ettiruvchi abstrakt tushunchalar ham qaralishi mumkin. Masalan, san'at asarlari, kitoblar, teatrlardagi sahna ko'rinishlari, kinofilmlar, huquqiy normalar, falsafiy nazariyaiar va boshqalar.
Bunga o'xshash obyektlar guruhi obyektlar to'plaminibosi\ qiladi. Masalan, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi guruhlar, firmalar, ombordagi mahsulotlar, korxonada ishlovchi odamlar obyektlar to'plamini hosil qiladi. Sunday guruhdagi muayyan obyektni obyekt nusxasi deb atash mumkin.
Kattalik — biror-bir obyektni ifodalovchi va uning muayyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko'rsatkich.
Masalan, obyektlar to'plami sifatida biror akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi guruhlarni olaylik. Berilgan guruhdagi o'quvchilar soni va hokazolar kattaliklar hisoblanadi.
Yuqorida ko'rsatilganlarni hisobga olgan holda shuni aytish mumkinki, axborot tizimini loyihalovchining eng muhim vazifasiga obyektlar va ularni tavsiflovchi ma'lumotlarni tanlash, ma'lurnotlar orasidagi bog'lanishni o'rnatish kiradi. Axborot tizimi o'lchami va vazifasiga ko'ra obyektlar u yoki bu darajadagi o'zgaradigan ma'lumotlar bilan xarakterlanishi mumkin.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə