Ingenerlik geodeziyasi



Yüklə 4,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/88
tarix24.12.2022
ölçüsü4,35 Mb.
#97808
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88
Ingenerlik geodeziyasi

 
Astoronomik kenglik – 
bu nuqtaning joylashgan o`rni tekisligi va yerning tortish 
kuchi markazidan kesishtirib o`tkazilgan ekvator tekisligi orasidagi burchakdir. Bu 
kenglik ekvatordan qutblarga tomon bo`lgan tartibda 0° dan 90° gacha bo`lgan 
kattalikda o`lchanadi. Ekvatordan shimolga tomon bo`lgan kengliklar shimoliy kenglik, 
janubga tomon esa janubiy kenglik deb yuritiladi.
Astoronomik uzoqlik – 
bu nuqta joylashgan o`rnining meridiani va
Grinvich meridianining tekisliklari orasidagi burchakdir. Bu ko`rsatkich
Grinvich meridianidan sharq va g`arb tomonlarga bo`lgan tartibda 0° dan 180° gacha 
bo`lgan kattalikda o`lchanadi. Grinvich meridianidan sharqga tomon bo`lgan 
uzoqliklar sharqiy uzoqlik, g`arbga tomon esa g`arbiy uzoqlik, deb yuritiladi.
Geodezik koordinatalar – 
bu joylashuv o`rni geodezik o`lchashlar
yo`li bilan aniqlangan koordinatalardir. Ularning aniqligi yuqori bo`ladi. Geodezik 
koordinatalar
 geodezik kenglik 
(B) va 
geodezik uzoqlik
(L) dan tarkib topgan.
Geodezik kenglik – 
bu nuqtaning joylashgan o`rni tekisligi va yerekavatori 
tekisligi orasidagi burchakdir. Bu kenglik ekvatordan qutblarga tomon bo`lgan tartibda 
0° dan 90° gacha kattalikda o`lchanadi. Ekvatordan shimolga tomon bo`lgan kengliklar 
shimoliy kenglik, janubga tomon esa janubiy kenglik, deb yuritiladi.
Geodezik uzoqlik – 
bu nuqta joylashgan o`rnining meridiani va bosh meridian 
tekisliklari orasidagi burchakdir. Bu ko`rsatkich bosh meridianidan sharq va g`arb 
tomonlarga bo`lgan tartibda 0° dan 180° gacha bo`lgan kattalikda o`lchanadi. Bosh 
meridiandan sharqga tomon bo`lgan uzoqliklar sharqiy uzoqlik, g`arbga tomon esa 
g`arbiy uzoqlik deb yuritiladi.


1
3

Yüklə 4,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə