Inklyuziv ta’lim” fanidan 1-kurs (maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) maxsus sirtqi bo‘limi talabalari uchun 3-mustaqil ta’lim topshirig‘i



Yüklə 23,41 Kb.
tarix30.05.2023
ölçüsü23,41 Kb.
#114109
МS 7-22 8-22. 9-22 3-топшириқ


Inklyuziv ta’lim” fanidan 1-kurs (maktabgacha ta’lim yo‘nalishi) maxsus sirtqi bo‘limi talabalari uchun 3-mustaqil ta’lim topshirig‘i

Siz bajarishingiz kerak bo‘lgan topshiriqlar quyidagilar:


1. “Assesment” texnikasi yordamida berilgan topshiriq, vazifalarni mavjud bilim va amaliy tajribangizga asoslanib bajaring.



Test
1. Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun nima asos bo‘ladi?
A. yo‘llanma
B. komissiya bayonnomasi
V. komissiya xulosasi
G. tekshiruv natijalari


2. Tibbiy-psixologik-pedagogik kengash faoliyati nimaga qaratilgan?
A. individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish
B. pedagoglar faoliyatini tahlil etish
V.pedagoglarning pedagogik yuklamasini belgilash
G. tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash
“1” ball

Muammoli vaziyat

  1. Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda she’rni o‘qish navbati Botirga kelganida, u qanchalik to‘g‘ri va ifodali aytib berishga harakat qilmasin, she’rni tutilib yod olib berdi. Tadbir yakunlangach tarbiyachi Botirga “She’rni yod olmabsan! Tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganing qachon edi. Hozir oying bilan gaplashaman! Sening ta’ziringni berishim kerakka o‘xshaydi”, - dedi. Buni eshitib turgan Botirning o‘rtoqlari kulib yuborishdi.



Tarbiyachi Botirni o‘rinli koyidimi?
Siz tarbiyachining harakatini qanday baholaysiz?
“4” ball

Belgi
“Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” tushunchasiga ta’rif bering

“Individual ta’lim xaritasi” tushunchasiga ta’rif bering


“2” ball

Amaliy kо‘nikma
Meyorda rivojlanayotgan va alohida ehtiyojli bolalar о‘rtasida dо‘stona va о‘zaro yordamga asoslangan munosabatlarni shakllantirish maqsadida tarbiyachi sifatida ota-onalar bilan amalga oshiriladigan suhbatlarning taxminiy mavzularini ishlab chiqing.
“3” ball

“Assesment” texnikasi yordamida amalga oshirilgan topshiriq jami 10 ball bilan baholanadi.



  1. Inklyuziv ta’limni muvaffaqiyatli joriy etish” mavzusida esse yozing (1000 ta so‘zdan kam bo‘lmagan).

Esse mazmunida quyidagi masalalarni yoritishingiz lozim bо‘ladi:

  • maktabgacha ta’lim tashkiloti maydoni, binosi va guruhdagi sharoitlarni moslashtirishga doir;

  • ta’lim-tarbiya berish jarayonida bolalarning rivojlanish holati va imkoniyatlarini e’tiborga olishga doir;

  • me’yorda rivojlanayotgan bolalar jamoasi bilan ishlashga doir;

  • ota-onalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga doir amalga oshirilishi talab etiladigan ishlar.

Mavzu yuzasidan esse yozish topshirigi jami 15 ball bilan baholanadi.



Hurmatli talabalar!

  1. Mustaqil topshiriqni “Times New Roman” shriftda, 14 kegel kattaligida, qatorlar oraliqlari masofa 1,5 interval ko’rinishida, imloviy xatolarsiz rasmiylashtiring.

  2. Topshiriqni HEMIS platformasiga belgilangan muddatga qadar yuklang.

  3. Mustaqil ta’lim topshirig‘i 25 ball asosida baholanadi.

  • Agar talaba mustaqil ta’lim topshirig‘ini talab darajasida to’liq yoritib bersa, 20-25 ball bilan;

  • Agar talaba mustaqil ta’lim topshirig‘ini talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, 18-20 ball bilan;

  • Agar talaba mustaqil ta’lim topshirig‘ini bajarishda 5-8 ta kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, 10-15 ball bilan;

  • Agar talaba mustaqil ta’lim topshirig‘ini talab darajasida, to’liq bajarmagan bo’lsa, 5 - 7 ball bilan baholanadi.

  1. Muddat: 2023-yil 09 iyun soat 23-55. Shu vaqtdan keyingi ishlar qabul qilinmaydi va baholanmaydi.

  2. Omad!

Fan o‘qituvchisi: X.S.Raximova
Yüklə 23,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə