Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Nogiron bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning munosabati



Yüklə 329,17 Kb.
səhifə37/78
tarix10.10.2023
ölçüsü329,17 Kb.
#126620
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-fayllar.org

87. Nogiron bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning munosabati
Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan. Tashkilotning asosiyfaoliyati quyidagilardan iborat: - nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish; - nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish; - nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish; - bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish; - pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish; - uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash rejasini yaratish; - yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash; - nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; - nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida yoritib borish; - xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq etish. Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi.
88. Inklyuziv ta’lim jarayonida faoliyat ko’rsatuvchi resurs o’qtuvchining vazifalari va maqsadlari
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak. «Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi: - inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish; -inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish; -inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish; -inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish; -inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish; ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.

Yüklə 329,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə