Innovative trends in science, practice and education


INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND



Yüklə 338,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix22.02.2023
ölçüsü338,58 Kb.
#101165
1   2   3   4
127-130

INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE " INNOVATIVE TRENDS IN SCIENCE, PRACTICE AND 
EDUCATION" 

 
 
 

2022 Munchen, (Germany)
 
129 
sifatida qabul qilinishi bilan bog‘liq. Arablar bosqinidan so‘ng barcha xujjatlar
yozishmalar, davlat idoralari faoliyati arab tilida olib borilgan va shu sababli arab 
tilini o‘rganish zarur bo‘lgan. Bugungi kunda nutqimizda 
qaror, millat, davlat, 
jinoyat, viloyat, hokimiyat, majlis 
kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarni uchratish 
mumkin. Hozirga o‘zbek tili tarkibida kelib chiqishi arabcha bo‘lgan so‘zlarning 
ko‘pligi, albatta, islom dini bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Arablar bosqinidan 
so‘ng islom dini keng targ‘ib qilindi va mahalliy aholi uchun asosiy dinga aylandi,
shu tariqa ―Qur’on‖ tili bo‘lmish arab tilini o‘rganishga bo‘lgan intilish yana 
ham ortti. ―Islom aqidalarini targ‘ib va tashviq etish, oilada diniy rasm-rusmlarni 
bajarish, masjid va madrasalarda diniy marosimlarni ado etish – barchasi arab tilida 
olib borilgani arab tilining xalq orasiga singishini tezlashtirgan. Mana shu holatlar 
o‘zbek tiliga bir qator diniy tushuncha va tasavvurlarni ifodalovchi so‘zlarning 
kirishiga sabab bo‘lgan. Bunday so‘zlar hozirgi kunda ham o‘zbek tili leksikasida 
faol qo‘llaniladi: 
avliyo, azon, azroil, oxirat, tavba, farz, din, qiyomat, machit// 
masjid, shariat, halol, haj, duo, qibla, kalima
...... .‖ Yuqorida arab tilidan kirib 
kelgan so‘zlarga keltirilgan misollarga duch kelganimizda biz ularni o‘zbekcha so‘z 
ekanligiga shubha ham qilmaymiz. Buning sababi, bu so‘zlar bizning tilimizga 
fonetik-orfoepik,orfografik va grammatik jihatdan to‘liq moslashgan bo‘lib, bu 
ko‘rsatkichlar o‘zlashmalarning boshqa tilga butkul singib ketishining asosiy 
shartlaridandir. 
Adabiyot rivojining tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, ko‘pgina mashhur 
adabiyot namoyondalari ikki tilda, turkiy va fors-tojik tilida ijod qilishgan. Bu 
holat ham forscha-tojikcha so‘zlarning o‘zbek tili lug‘atiga chuqur singib ketishiga 
xizmat qilgan. Masalan, Navoiy hazratlarining asrlarini oladigan bo‘lsak, asarlarda 
tojikcha so‘z va iboralarning haddan ziyod mo‘lligini Xuroson elining ikki tillilik 
bo‘lgani bilan ham izohlash mumkin (Ikkitillilik so‘z o‘zlashtirish jarayonining 
asosiy mezonlaridan biridir). Navoiyning yozishicha: "... turkning kattadan 
kichigigacha, xizmatkoridan begigacha sart (tojik-fors) tilidan bahramanddirlar. 



Yüklə 338,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə