Innovatsiyalar vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti



Yüklə 226,5 Kb.
səhifə20/27
tarix22.03.2024
ölçüsü226,5 Kb.
#183272
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Baxriyev Abdulhakim

1.4. Masalaning qo‘yilishi 
Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizimining asosiy vazifalari kasalxonadagi
kadrlar ish samaradorligi darajasini yaxshilashni amalga oshirish, sarf-xarajatlarni
kamaytirish, dori-darmon ta’minotini osonlashtirish, hisob-kitoblarni kamaytirish
hamda bemorlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat. Buning uchun
sifatli va yaxshi loyixalashtirilgan ma’lumotlar bazasi talab qilinadi. Yaratiladigan
baza foydalanuvchilarga har tomonlama qulaylik tug‘dirishi zarur. Ushbu
kasalxona ma’lumotlar bazasi tizimi xodimlar ishini bir necha barobar
osonlashtiradi.
Kasalxona ma’lumotlar bazasi va dasturiy ta’minoti hodimlar ishlarida
aniqlikni oshirish va oshiqcha vaqt talab etadigan qog‘ozbozlikni oldini olish,
hodimlar ish samaradorligini oshirish va baholash, bemorlarning qay darajada
muolaja olayotganliklari va ularning doimiy ahvolini nazorat qilish, ombordagi
dori-darmonlar miqdorini oson va tez aniqlash, dori-darmon yetkazib beruvchi
kompaniya va firmalar bilan qulay va aniq hisob-kitoblarga asoslangan
shartnomalar tuzish va dori-darmon, kerakli jihozlar yetishmovchiligini oldini olish
masalalari bo‘yicha kasalxona ma’muriyati tashabbusi bilan yaratiladi.
Ish samaradorligini oshirish va oshiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish
maqsadida shu kabi online ma’lumotlar bazasi tizimlari nafaqat barcha
kasalxonalarda, balki yurtimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlar, ishlab
chiqarish sektori va hukumat organlarida joriy etilishi maqsadga muvofiqdir.
Agar tizim to‘g‘ri tashkil etilmasa tizimda xatoliklar va tushunmovchiliklar
bo‘lishi tabiiy xol. Kamchiliklar va xatoliklar kelib chiqmasidan ularning oldini
olishimiz va tizimni har bir bosqichini qadamma qadam o‘rganib chiqishimiz
kerak.


44
Oddiy holda loyixa yagona diagrammadan tashkil topishi mumkin, lеkin bu


amaliyotda qo‘llanilishi qiyin, chunki qoidaga ko‘ra aloqa - jarayonlari juda
murakkab va juda ko‘p vaqt talab qiladi. Jarayonlarning bunday modеli o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
− Ob’еktlar va jarayonlar. Ob’еktlar jarayonlarda foydalaniladigan
rеsurslarni ifodalaydi.
− Axborot tizimini modеllashtirish maqsadlari quyidagicha shakllantiriladi:
− Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizim tarkibini tushunish va unda
bo‘layotgan jarayonlar dinamikasini ta’minlash;
− Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizimning joriy muammolarini tushunish
va ularni yеchish imkoniyatlarini ta’minlash;
− Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizim loyixalarni avtomatlashtiruvchi
dasturiy ta’minotga bo‘lgan talablarni shakllantirish uchun baza yaratish.
Kelgusi yillarda o‘rnatiladigan va kelgusida yaratilishi kerak bo‘lgan barcha
dasturiy vositalarning bu tizimga to‘laqonli javob berishi shart. Loyiha ishidan
maqsad yuqoridagi qo‘yilgan talablar va kadrlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan
foydalangan holda yurtimizdagi aholi uchun kerakli bo‘lgan avtomatlashgan
tizimni yaratish va shu bilan birgalikda ularga yetarli darajada qulayliklar yaratish.
Bu tizim hozirda havfsizlik va samaradorlilik darajasi bo‘yicha yuqori bo‘lib
turgan MongoDB da yaratilgani ham bu tizimning qanchalik ahmiyatli ekanini
isbotlaydi deb aytsak hech ham adashmagan bo‘lamiz.

Yüklə 226,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə