Innovatsiyalar vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti



Yüklə 226,5 Kb.
səhifə16/27
tarix22.03.2024
ölçüsü226,5 Kb.
#183272
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Baxriyev Abdulhakim

Mavzuning dolzarbligi. 
Mustaqillik yillarida respublikamizda amalga
oshirilgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatimizni rivojlangan
mamlakatlar qatoriga qo‘shilishi va xalq turmush darajasini yuqori darajaga
ko‘tarishdan iborat. Ushbu maqsadga erishishni sog‘liqni saqlash tizimini
rivojlantirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo bu maqsadga erishish uchun
katta mablag‘ va bu sohadagi davlat siyosati muhim o‘rinni egallaydi.
Hech shubhasiz uzoq va yaqin tariximizni o‘rganib, undan xulosalar
chiqara bilish biz uchun muhimdir. Zero prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda
«Har bir millat, har bir xalq o‘z nasl nasabini, kelajak avlodini asrab avaylab,
uning qadrini bilsa unday millatning, unday davlatning kelajagi buyuk bo‘lishi
muqarrar “Ma’lumki, yurtimiz avval chor mustamlakachiligi zulmidan, so‘ngra


34
sovet mustabid tuzumi zug‘umidan aziyat chekdi. Bu davrlarda xalqimizga


nisbatan olib borilgan mustamlakachilik, zo‘ravonlik siyosati millat sog‘lig‘ini
jar yoqasiga olib keldi. Xususan, boylik ketidan quvish, har qanday
yo‘qotishlarga qaramasdan unga ega bo‘lish harakati bu tuzumlarning o‘ziga xos
jihati bo‘lib xisoblanadi. Yurtimizning tabiiy iqlimini necha asrlar davomida
barqaror va mo‘tadilligini saqlab turuvchi Orol dengiziga nisbatan olib borilgan
kaltabin siyosat oxir oqibatda mana shunday noyob tabiat ne’matining taqdirini
fojiali tarzda yakun topishiga olib keldi. Ikki azim daryo, Amudaryo va Sirdaryo
havzalarida yangi yerlarni o‘zlashtirish sohasida keng miqyosdagi tadbirlar
uchun daryo suvini qo‘shimcha ravishda tortib olish talab qilinardi. Shuning
natijasi o‘laroq, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida paxtachilik bilan bir qatorda
sholichilik ham rivojlandi. Biroq yerlarni o‘zlashtirish ilmiy asosda amalga
oshirilmasdan, dehqonchilikni rivojlantirish ekstensiv usulda olib borilganligi
sababli, suv resurslarining haddan ortiq darajada, asossiz ravishda isrof
qilinishiga olib keldi. Orolga esa keraklicha suv yetib bormadi, bu esa dengizning
qurib borishiga va qurigan joylardan yirik miqdordagi tuzlarning atrofga shamol va
bo‘ronlar orqali tarqalishiga sabab bo‘ldi. Natijada hududlardagi yerlarning
dehqonchilik uchun yaroqsiz holatga kelish jarayoni kuchayib, aholining turli xil
kasallikka chalinishini osonlashtiradigan omillarni yuzaga kelishiga zamin hozirlab
bordi. Orolbo‘yidagi epidemiologik va sanitariya gigiyena sharoiti ham
keskinlashib, kasallik va insonlar o‘limning ortishiga olib keldi.
1991 yilga kelib mamlakatimizda kasalxona muassalari soni 1370 tani
tashkil etdi. Mustabid sovet tuzumi davrida sog‘liqni saqlash tizimi kengaygan
bo‘lsa-da lekin yerga turli xil kuchli kimyoviy moddalarning solinishi, paxta
yakkahokimligi va boshqa ijtimoiy oqibatlar natijasida aholi orasida turli xil
kasalliklar ko‘payib ketgan edi. Mamlakatimizda har yili millionlab kishilar
xastaligi tufayli tibbiy massasalarga murojaat etib, ularning ma’lum qismi
yuqumli kasalliklarga chalingan insonlar hisoblangan. Eng yomon jihati
shundaki, yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarning aksariyat qismini
go‘daklar tashkil etar edi.


35
Bu paytda onalar o‘rtasidagi o‘lim ham ancha yuqori darajaga ko‘tarildi.


Odamlarning o‘rtacha umri dunyoning rivojlangan mamlakatlariga nisbatan
ancha orqada qolmoqda edi. Sovet mustabid tuzumi davrida olib borilgan siyosat
shunga olib keldiki, nafaqat iqtisodiy hayotdagi turg‘unlik, balki ijtimoiy
ma’naviy sohadagi tanzzul ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Iqtisodiy turg‘unlik,
ittifoq iqtisodiyotining rivojlangan mamlaktlar darajasidan ortda qolganligi va
shu asosda davlat byudjetining taqchilligi kuchaygan bir sharoitda sog‘liqni
saqlash tizimini moliyalashtirish ikkinchi darajali masalaga aylandi. Ayniqsa,
buni uning chekka mustamlaka o‘lkasi bo‘lmish O‘zbekiston misolida ham
ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 226,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə