Innovatsiyalar vazirligi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


BOB. KASALXONA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISHNING



Yüklə 226,5 Kb.
səhifə15/27
tarix22.03.2024
ölçüsü226,5 Kb.
#183272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Baxriyev Abdulhakim

2 BOB. KASALXONA MA’LUMOTLAR BAZASINI YARATISHNING 
TASHKIL ETILISHI………………...…………………………………….……19 
2.1. “Kasalxona” ma’lumotlari bazasining infologik modelini tashkil etish...19
2.2. MongoDB muhitida Kasalxona ma’lumotlar bazasini yaratish….….....21
2.3. Node.js bilan MongoDB ma’lumotlar bazasini bog‘lash………..….….29
2.4. 2 – Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...…...32

BOB. 
ISHLAB 
CHIQILGAN 
DASTURIY 
TA’MINOTDAN 
FOYDALANISH YO‘RIQNOMASI……………...……………………………33 
3.1. Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizimi ma'lumotlar ombori va
ma’lumotlar jadvali……………………..…………………………………...……33
3.2. Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotning interfeysi……………….…..…..36
3.3. 3 – Bob bo‘yicha xulosa……………………………………….…….…39
UMUMIY XULOSA……………………………………………………………..40 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..…....41 
ILOVA (dastur kodi va dastur)…………………………………………..….…41 



31
Kirish


O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash - aholi sogʻligʻini muhofaza
qilishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi, sogʻliqni
saqlash kasalliklarning oldini olish va davolash, sogʻlom turmush va mehnat
sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr koʻrishni taʼminlashga
qaratilgan umumiy tadbirlarni koʻzda tutadi; uning asosiy vazifasi bemorlarga
zamonaviy, ixtisoslashgan hamda mos tarzda yordam koʻrsatishdan iborat.
Sogʻliqni saqlash Sharqda, xususan Oʻzbekistonda uzoq tarixga ega.
Ayniqsa oʻrta asrda bu hududda tabobat ilmida yuqori bosqichlarga erishildi. Shu
davrda yunon va boshqa tillardan qadimiy tibbiy asarlar arab tiliga tarjima etilib,
ulardagi tavsiyalar amaliyotda qoʻllanila boshlagan. Ayni vaqtda Sharq
mutafakkirlari tabobat ilmidan olamshumul asarlar yaratganlar. Bu borada Abu
Rayhon Beruniyning "Tibbiyotda dorishunoslik" ("Kitob assaydana fittib"), Abu
Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari" ("Al Qonun fittib") asarlari mashhur boʻlib, jahon
tabobatida uzoq davrlar mobaynida asosiy qoʻllanma boʻlib kelgan. Ayniqsa, Abu
Ali ibn Sino davolashning yangi usullarini qoʻllab tabib (hakim) sifatida oʻz
davrida juda mashhur boʻldi. Keyingi davrlarda ham tabiblik Turkistonda sogʻliqni
saqlashning asosiy shakli boʻlib keldi. Tabiblar madrasalarda taʼlim olishgan yoki
ustozshogirdlik yoʻli bilan turli kasalliklarga, singanchiqqanlar, yarachaqalarga
davo qilishni, xastaliklarning oldini olishni oʻrganishgan. Ularning koʻplari nafaqat
bemorlarni davolash, balki doridarmonlar tayyorlash bilan ham shugʻullanganlar.
Sohibqiron Amir Temur boshqa maʼrifiy ishlar qatori aholi salomatligini muhofaza
qilish ishiga ham alohida eʼtibor bergan. Boshqa mamlakatlar mashhur tabiblarini
poytaxt Samarqandga olib kelib, maxsus shifoxonalar ochgan.
Movarounnahr va Xurosonda 8—9-asr dayoq shifoxonalar uchun maxsus
binolar kurila boshlagan. Shifoxonalar 15-asrda Samarqand, Buxoro kabi
shaharlarda ham koʻp boʻlgan. Bunday jamoat shifoxonalari "Dor ushshifo"
("Davolash uyi") nomi bilan yuritilib, ularda zamonasining bilimdon tabiblari
bemorlarni davolashgan. "Dor ushshifo"dagi maxsus dorixonalarda dorishunoslar
bemorlar uchun doridarmonlar tayyorlab berishgan. Aksariyat shifoxonalarda


32
tabiblar bemorlarni davolashdan tashqari, tabobat ilmi bilan ham shugʻullangan.


Shifoxonalar ochishga Alisher Navoiy ham katta ahamiyat bergan.
1941—45 ylardagi urush davrida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash tizimi
zimmasiga ancha masʼuliyatli vazifa tushdi. Jarohatlangan va shikastlangan
jangchilar uchun gospitallar ochish, Sogʻliqni saqlash tizimining moddiytexnik
bazasini yanada mustaqkamlash, oʻlkaning sanitariya holatini barqaror saklab
turish kerak edi. Tez orada 130 dan ortiq harbiy gospitallar ochildi, Leningraddagi
Harbiy tibbiyot akademiyasi, Moskva tibbiyot instituti va boshqa tibbiy i.t.
muassasalari Oʻzbekistonga koʻchirib keltirildi. Respublikada urush nogironlarini
davolash uchun maxsus jarroxlik shifoxonalari ochildi.
Urushdan keyin respublikada bir qancha tibbiy ilmiy tadqiqot intlari
kaytadan ish boshladi va yangilari paydo boʻldi (sanitariya, gigiyena va kasb
kasalliklari, onkologiya va radiologiya, pediatriya ilmiy tadqiqot intlari va
boshqalar). 1955 y. Andijon tibbiyot instituti, 1972 yilda Oʻrta Osiyo, hozirgi
Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, 1990 yilds esa Buxoro tibbiyot instituti
ochildi. Keyinchalik 1-ToshTI ning Urganch filiali, 2-ToshTIning Fargʻona filiali,
Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Nukus filiali tashkil etildi. Kardiologiya,
gastroenterologiya, endokrinologiya, nevrologiya, gematologiya, pulmonologiya,
allergologiya, revmatologiya va boshqa sohalar boʻyicha xizmat koʻrsatadigan
yirik klinikalar ishga tushirildi. Oʻzbekistonda shifoxonalar soni 1010 ta, ulardagi
oʻrinlar soni 140072 ta boʻldi. Sovetlar tuzumi davrida Sogʻliqni saqlash
muassasalari tarmogi ancha kengaygan boʻlsada, lekin ekologik nomutanosibliklar
tufayli tashqi muhitning buzilishi, xususan, yerga turli xil kuchli kimyoviy
moddalar solinishi, paxta yakkahokimligi va boshqa ijtimoiy noxushliklar
natijasida aholi orasida turli ichki kasalliklarning koʻpayishi kuzatildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng aholi salomatligini muhofaza
qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi, Sogʻliqni saqlash tizimining asosiy
tamoili — profilaktik yoʻnalishni tiklash; uning zamonaviy va samarali usullarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; onalar va bolalar salomatligini muhofaza
qilish tadbirlarini kuchaytirish; tibbiy taʼlim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini


33
takomillashtirish; i.t. ishlarini davr va jamiyat hayotining talablaridan kelib


chiqqan holda qayta tashkillashtirish; mamlakatda sifatli va yetarli miqdorda
doridarmon, tibbiy ashyolar hamda shu sohaga taalluqli texnik vositalar ishlab
chiqaradigan sanoat vujudga keltirish; Sogʻliqni saqlash muassasalarining moddiy
texnik bazasini yanada yaxshilash; davolashprofilaktika muassasalarining bir
qismini davlat tasarrufidan chiqarib, mulkchilik shaklini oʻzgartirish asosiy vazifa
qilib qoʻyildi.
Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash ishlarini OʻzR Sogʻliqni saklash vazirligi
boshqaradi. Krraqalpogʻiston Respublikasida Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar,
shaharlar hamda tumanlarda tegishli boshqarma yoki boʻlimlar mavjud.
Respublikada Seni rivojlantirishda OʻzR Kasaba uyushmalari federatsiyasi,
shuningdek, "Sogʻlom avlod uchun" xalqaro xayriya jamgʻarmasi, "Qizil yarim
oy" jamiyati, "Nuroniy" jamgʻarmasi va boshqa oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Bozor munosabatlariga oʻtish sogʻliqni saqlash sohasiga ham yangi talablar
qoʻydi. Xususan, maʼmuriy boshqarish sarfharajatlarini kamaytirish; bemorlarni
davolash jarayonida kunduzgi kamharajat va samarali usullardan foydalanish;
shifoxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga koʻchirish, kam samarali
oʻrinlar sonini qisqartirish; shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun haq olish
va boshqa choralar koʻrilmoqda.

Yüklə 226,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə