Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. T. Adilova


-rasm Sugʻoriladigan yerlarning yer turlari boʻyicha



Yüklə 5,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/79
tarix27.12.2023
ölçüsü5,42 Kb.
#163315
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitet

8.3-rasm Sugʻoriladigan yerlarning yer turlari boʻyicha 
taqsimlanishi 
Soʻngi yillarda m
amlakatimizda yer va suv munosabatlarini 
takomillashtirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini 
maqbullashtirish va ularni ajratishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash, 
yer-suv resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari, 
innovatsion va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, past hosilli paxta 
va gʻalla maydonlarini qisqartirish hisobiga yuqori daromadli, eksportbop 
Qishloq 
xoʻjaligiga 
moʻljallangan 
yerlar;
50%
Pichanzor va 
yaylovlar;
27%
Haydaladigan 
yerlar 10%
Koʻp yillik …
Boshqa yerlar;
12%
Boʻz erlar
0%
SUGʻORILADIGAN YERLARNING YER TURLARI BOʻYICHA 
TAQSIMLANISHI, MING.GA


203 
mahsulotlar yetishtirish boʻyicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda. Shu 
bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori surʼatlar bilan oʻsib borishi, 
qishloq xoʻjaligi yerlarining boshga toifaga oʻtkazilishi va global iqlim 
oʻzgarishi taʼsirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon 
boshiga toʻgʻri keladigan sugʻoriladigan yer maydonlari oʻlchami 24 foizga 
(0,23 gektardan 0,16 gektargacha), oʻrtacha yillik suv taʼminoti darajasi esa 
3048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi

Sugʻoriladigan yerlarning 
meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining tashkil etilgani, 
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan davlat 
dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika boʻyicha 1 
million 
200 ming gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarning meliorativ 
holati yaxshilandi. Suv va yer resurslarini boshqarishdagi iqtisodiy 
mexanizmlar va huquqiy asoslarni takomillashtirish hamda meʼyoriy-
huquqiy hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish kabi masalalar doimiy eʼtibordagi masala sifatida qaralmoqda. 
Statistik maʼlumotlariga koʻra, iqlim oʻzgarishi, eroziya jarayonlari 
natijasida yiliga oʻrtacha 6-7 mln. ga maydondagi yerlar qishloq xoʻjalik 
oborotidan chiqib ketmoqda.
Sanoat va transport infratuzulmasi sohasida amalga oshirilayotgan 
qurilishlar, yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida hosil boʻlayotgan 
karyer va tuproq uyumlari jadal
surʼatlar bilan qishloq xoʻjaligi ekin 
yerlarini siqib chiqarib, haydaladigan yerlar qurilayotgan suv omborlari 
ostida qolib ketmoqda. Hududlarda oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga 
qaraganda sugʻorish suvlarining katta meʼyorda ishlatilishi grunt suvlari 
satxining koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda grunt suvlari kam 
minerallashgan (1-3g/l) maydon 1,5 mln. gektarni, oʻrtacha minerallashgan 
(3-5g/l) 0,7 mln. gektarni va kuchli minerallashgan (5g/l) 0,5 mln. gektarni 
tashkil etmoqda. Tuproklarning unumdorligiga shamol va suv eroziyalari 
katta taʼsir koʻrsatadi. Bugungi kunda 2 mln. gektardan oshiqrok. yer 
deflyatsiyaga, jumladan, 0,7 mln. gektar yer kuchli deflyatsiyaga uchragan, 
0,5 mln. gektar yerda irrigatsiya eroziyasi yuz bermoqda. Bunday yerlar togʻ 
oldida joylashgan viloyatlar, ayniqsa, Fargʻona vodiysi koʻplab uchraydi va 
salmoqli qismini sugʻoriladigan yerlar tashkil etadi. Qishloq va suv xoʻjaligi 
vazirligi maʼlumotlari shuni koʻrsatadiki, eroziya natijasida gektaridan 0,5-
0,8 tonna gumus, 100- 120 kg azot, 75-100 kg fosforni yuvib ketishi 
mumkin. Bu esa sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligining 
pasayib ketishiga zamin yaratadi. 
Keyingi yillarda sugʻorma dehqonchilik zonalarida, ayniqsa 
Orolboʻyi hududlarida tabiiy sharoitlar va inson xoʻjalik faoliyati ta’sirida 


204 
turli degradatsiya-ortiqcha namlanish, ikkilamchi shoʻrlanish, choʻllanish, 
shamol va irrigatsiya eroziyasi, ogʻir metallar va zaharli moddalar bilan 
ifloslanish, degumufikatsiya, haydalma qatlamning zichlashishi jarayonlari 
shakllangan, natijada sugʻoriladigan tuproqlar unumdorligi va ekinlar 
hosildorligi pasaygan. Respublika boʻyicha jami 2 mln. 418,8 ming gektar 
sugʻoriladigan yer maydonlarining 72,1 % turli darajada shoʻrlanganligi, 
shundan 38,4 % kuchsiz darajada, 22,8 % oʻrta darajada, 6,2 % kuchli 
darajada 
va 
4,7 

juda 
kuchli 
darajada 
shoʻrlanganligi 
aniqlangan.Jumladan, shoʻrlangan yerlar maydoni jami sugʻoriladigan 
yerlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasida (15 ta tuman) -91,4%, Buxoro 
viloyatida (12 ta tuman) -85,1%, Jizzax viloyatida (7 ta tuman) -76,4%, 
Navoiy viloyatida (6 ta tuman) -64,5%, Sirdaryo viloyatida (10 ta tuman) -
79,3%; Xorazm viloyatida (10 ta tuman) 68,8% ni tashkil etadi. Kuchli 
shoʻrlangan tuproqlar ulushi esa asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
(15,1%) va Xorazm viloyati (5,9%) hissasiga toʻgʻri kelayotganligi 
aniqlangan.
 
8.4-rasmdagi diagramma maʼlumotlaridan koʻrinib turibdiki, 
viloyatlar kesimida sugʻoriladigan yerlarning holati qoniqarli darajada 
emas. Respublikada mavjud 14 ta maʼmuriy viloyatlar yerlarining deyarli 
barchasi maʼlum bir darajada shoʻrlangan (8.4-rasm).
Yuqoridagi tahlillardan koʻrinadiki, viloyatlar boʻyicha degradatsiya 
holatidagi sugʻoriladigan yerlarni holati bugungi kun yerdan foydalanish 
barqarorligini taʼminlashdagi siklliligiga xizmat qilmayapti. Jumladan, eng 
asosiy muammolardan biri sifatida yerlarni degradatsiya darajasiga tushib 
qolishi, tuproqlarning shoʻrlanish holati yildan yilga oshib bormoqda. 
Hududlarning tabiiy sharoitlarini inobatga olgan holda tizimli tashkil etilgan 
meliorativ tadbirlarni olib borish, sohaga zamonaviy innovatsion 
texnologiyalarni qoʻllash, shuningdek maqsadli tadbirlar olib borish eng 


205 
muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Bundan tashqari respublikamiz 
sugʻoriladigan yerlarida gumusning pasayishi, choʻllanish, botqoqlanish, 
zaharlanish, gipslanish, begona oʻtlar bosishi, bulgʻanish, suv bosishi, 
ifloslanish, tashlab ketish kabi salbiy holatlar davom etmoqda. Ularning 
hisobini yuritish, holatini monitoring qilish, oldini olish va bartaraf etish 
yuzasidan barcha yer resurslarini boshqaruv darajalarida tizimli va doimiy 
tavsifga ega kompleks dasturli ish olib borish lozim.
2019-yil oktyabr oyida respublikada 2030-yilgacha atrof-muhitni 
muhofaza qilish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyada atrof-muhitni 
(atmosfera havosi, suv, yer, tuproq, yer osti boyliklari, biologik xilma-xillik, 
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar) antropogen taʼsirlardan va boshqa 
salbiy omillardan saqlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 
kengaytirish va chiqindilarni boshqarishning ekologik toza tizimini 
takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar mavjud. Konsepsiyani 
amalga oshirish orqali quyidagi oʻzgarishlar kutilmoqda:
- Orol dengizining qurigan tubining Oʻzbekiston hududidagi qismiga 
oʻrmon ekish maydonini 28 % dan (0,9 mln gektar) 60 % ga (2 mln gektar) 
yetkazish;
- ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini 10 % ga kamaytirish 
(2,492 milliondan 2,243 million tonnagacha);
- 80 % (taxminan 6500 ta) jamoat transportini tabiiy gaz yoqilgʻisi va 
elektrda harakatlanishga oʻtkazish;
- oʻrmon bilan qoplangan hududni 3,2 milliondan 4,5 million 
gektargacha yetkazish;
- muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini 3,5 % dan (1,5 mln 
ga) 12 % ga (5,4 mln) koʻpaytirish;
- aholining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish 
xizmatlari bilan qamrab olinishini 48 % dan (16 mln kishi) 100 % yetkazish;
- hosil boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini 18% 
dan (1,3 mln tonna) 65% gacha (4,6 mln tonna) oshirish. 
Orol fojiasi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning 
iqlim sharoitiga kuchli salbiy taʼsir koʻrsatib yozda quruq va issiqni 
kuchaytiradi, qishda esa sovuq kunlar davomiyligini oshiradi. Orolboʻyi 
hududida harorati 40°C dan yuqori boʻlgan kunlar soni 2 baravar, 
Oʻzbekistonning qolgan qismida esa oʻrtacha bir yarim baravar koʻpaydi. 
1950-yillarning boshidan boshlab respublika hududida haroratning oʻrtacha 
oʻsish surʼati oʻn yil ichida 0,29°C ni tashkil etdi, bu global isish 
surʼatlaridan 2 baravar koʻpdir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev BMTda soʻzlagan nutqida Orol dengizining qurishi 


206 
natijasida Orolboʻyi hududi “ekologik halokat epitsentriga” aylanganini 
qayd etib oʻtdi. Ayni shu sessiyada u Orolboʻyi mintaqasini “ekologik 
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb eʼlon qilishni taklif qildi. 2021-
yil may oyida BMT Bosh Assambleyasi Orolboʻyi mintaqasini “ekologik 
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” deb eʼlon qilgan rezolyutsiyani bir 
ovozdan maʼqulladi. 2021-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni 
imzoladi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad - mavjud yer va suv resurslaridan 
samarali foydalanish, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, 
aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish, shuningdek, 
Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy hududlarida qulay agrobiznes 
muhitini yaratish hisoblanadi. 2022-yilning yanvar oyida hukumat 
tomonidan 2022-2026-yillarda Orol dengizi tubi va Orolboʻyi hududini 
qoplash uchun yaratilayotgan himoya oʻrmonlari maydonlari, shuningdek, 
2022-2026-yillarda Orol dengizi tubi va Orolboʻyi hududini qoplash uchun 
himoya oʻrmonlarini yaratish uchun choʻl oʻsimliklari urugʻlarini 
tayyorlash hajmi tasdiqlandi. Ushbu rejaga koʻra, 2026-yil oxiriga qadar 
Qoraqalpogʻiston hududida 500 ming gektar saksovul, qorabaroq va 
cherkez ekilishi moʻljallangan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2022-yil 25-yanvardagi “Orolboʻyi hududini ekologik 
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish boʻyicha qoʻshimcha 
chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi qarori bilan Orolboʻyi hududini ekologik 
innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish konsepsiyasi hamda 
2022-2026-yillarda Orolboʻyi hududiga xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha koʻp tomonlama “yoʻl xaritasi” 
tasdiqlandi.
Jahon bankining “Orol dengizi tubidan qum va chang boʻronlarini 
kamaytirish maqsadida Oʻzbekistonda landshaftlar tiklashning ahamiyati” 
nomli soʻnggi tadqiqotiga koʻra, har yili Orolqumning qum va chang 
boʻronlari Qoraqalpogʻistonga 44 million dollardan ortiq iqtisodiy zarar 
yetkazadi. (Mintaqa yalpi ichki mahsulotining 2%). Keyingi 20 yil ichida 
Jahon Banki maʼlumotlariga koʻra, ushbu vaziyatni hal etishdagi sustkashlik 
mintaqaga 840 million dollardan koʻproq zarar yetkazishi taxmin 
qilinmoqda. 2018-2021-yillarda Orol dengizining qurigan tubida 1,5 million 
gektar maydonda saksovul, cherkez, qandim va qorabaroq kabi choʻl 
oʻsimliklaridan himoya oʻrmonzorlari yaratildi. Ishlarga 4000 dan ortiq 
ishchi va 1600 ta texnika, shu jumladan samolyotlar jalb etildi. 2022-yilda 


207 
107 ming gektar maydonda himoya oʻrmon plantatsiyalari tashkil etildi, 
buning uchun 580 tonna choʻl oʻsimliklarining urugʻlaridan foydalanildi. 
Bundan tashqari, 100 gektar maydonda pitomnik tashkil qilindi. Hozirgi 
vaqtda 26 ming gektar maydonda ish olib borilmoqda, ekish uchun 562 
tonna urugʻ tayyorlangan. Jahon banki hisob-kitoblariga koʻra, 
Orolqumdagi landshaftni tiklash boʻyicha chora-tadbirlar yiliga taxminan 
39 million dollar (Qoraqalpogʻiston YAIMining 1,9 %) qoʻshimcha foyda 
keltirishi mumkin.
Landshaftni tiklash, shuningdek, yalpi ichki mahsulotning 0,3% iga 
teng boʻlgan taxminan 5,5 million dollarlik hosil yoʻqotilishining oldi 
olinadi. Oʻzbekistonda landshaftlarni tiklash boʻyicha loyihalarni amalga 
oshirish natijasida ekotizim xizmatlarining afzalliklari, agar tuproqni 
tiklashning 
tegishli 
usullari 
qoʻllanilsa, ekinlar 
yetishtirishni 
kengaytirishning iqtisodiy va moliyaviy foydalariga qaraganda nisbatan 
muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə