Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakuliteti


-rasm.Tavar moddiy zaxiralar tasnifi



Yüklə 402,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü402,99 Kb.
#135140
1   2   3   4
UMIDJON 70 22

1-rasm.Tavar moddiy zaxiralar tasnifi
Tugallanmagan ishlab chiqarish – tayyor mahsulotga aylantirilishi ularning 
keyinchalik qayta ishlanishini talab etadigan tovarlardir. Ularning qiymati ma’lum 
vaqtgacha avval amalga oshirilgan xom ashyo, mehnat xarajatlari va ustama 
xarajatlarning summasi sifatida aniqlanadi.
Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklning 150-satriga asosan ishlab chiqarish 
zaxiralariga faqatgina 1000-“Xom ashyo va materiallar”, 1100-“O’stirishdagi va 
boquvdagi hayvonlar”, 1500-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1600-“ 
Materiallar qiymatidagi farqlar” kiritilgan.
Ishlab chiqarish zaxiralari, asosiy vositalardan farkli ravishda, bir ishlab 
chiqarish jarayonida qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga 
shu davrning o’zida to’la o’tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xom-ashyo, asosiy 
va yordamchi materiallar, yoqilg’i, ehtiyot kismlar korxona oborot aktivlarini tashkil 
qiladi. Materiallarning har bir turi bo’yicha normativlarni korxonaning o’zi mustaqil 


13 
belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz 
davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda ishlab chiqarish 
zaxiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona 
sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog’ini 
minimallashtirish masalalariga alohida e’tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni 
to’g’ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat 
iqtisodiyoti gullab-yashnashida, aholi farovonligini oshirishda muhim omil 
hisoblanadi.
Materiallar - ishlab chiqarish jarayonida bir marotaba qatnashadigan va o’z 
qiymatini bir ishlab chiqarish tsikli davomida to’liq ravishda yangidan 
yaratilayotgan mahsulotga o’tkazadigan aktivlardir. 
3
Ishlab chiqarish zaxiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar) ishlab 
chiqarish omili sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga korxonalarning 
ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Xozirgi iqtisodiy sharoitda, ya’ni ehtiyojlar 
cheksizligi va doimo o’sib borishi, hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligi 
sharoitida korxonalar ishlab chiqarish zaxiralaridan samarali foydalanib, mahsulot 
ishlab chiqarish xajmining optimal miqdorini topa olishlari kerak.
Korxonalarda xom-ashyo, materiallar sarfi salmog’ini kamaytirishga o’xshagan 
sifat ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berishlari kerak. Bunga esa ilg’or 
konstruktsion materiallardan, metall upalari (poroshoklari) va plastmassalardan
qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatiga u qadar ta’sir 
ko’rsatmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan o’rinbosar 
materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin bo’ladi.
3
G’ulomova F. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma. 
-
T. “NORMA” 2009 y. 211
-b.


14 
Bularga erishishni osonlashtirish uchun tabiat resurslaridan kompleks 
foydalanish zarur bo’ladi. Turli xil yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham 
berish kerak. Korxonalar oborotiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’lyo’lakay 
mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish
jarayonining to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya etish 
maqsadga muvofiqdir.
Korxonada ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olishni engillashtirish va uning 
samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishda tutgan o’rniga ko’ra korxonalarda ishlatiladigan materiallar 
asosiy va yordamchi materiallarga bo’linadi.
Asosiy materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, 
ob’ektlarni qurish, montaj qilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va 
obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynovchi materiallar 
tushuniladi.
Yordamchi materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar 
ko’rsatish, ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida 
qo’shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi.
Ishlab chiqarishda tutgan o’rniga ko’ra korxonalarda ishlatiladigan materiallar 
asosiy va yordamchi materiallarga bo’linadi.
Asosiy materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, 
ob’ektlarni qurish, montaj qilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va 
obodonlashtirish kabi ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynovchi materiallar 
tushuniladi.


15 
Yordamchi materiallar deganda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar 
ko’rsatish, ishlarni bajarishda bosh rolni o’ynamaydigan, lekin ularning bajarilishida 
qo’shimcha tarzda ishlatiladigan materiallar tushuniladi.

Yüklə 402,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə