Innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti andijon fakuliteti



Yüklə 402,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü402,99 Kb.
#135140
1   2   3   4
UMIDJON 70 22

2.
 
Xo’jalik sub’ektlari faoliyatida tovar-moddiy zaxiralarning tutgan o’rni va 
ularni turkumlash
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda 
tovar-moddiy zaxiralari moliyaviy resurslarning katta qo’yilmalarini talab qiladigan 
ob’ektlar sirasiga kiradi va shu sababli xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab 
chiqarish siyosatini belgilaydigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Biroq ko’pgina 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar unga etarlicha e’tibor ajratmaydi va doimo o’zlarining 
kelgusidagi naqd zaxiralarga bo’lgan ehtiyojlarini to’g’ri baholamaydilar. Buning 
natijasida ular odatda zaxiralarga o’zlari taxmin qilganlaridan ko’p kapital qo’yishga 
majbur bo’ladilar. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida barcha turdagi 
zaxiralarga (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha) sarflanadigan kapital 
qo’yilmalarning optimal darajasini aniqlash va saqlab turish maqsadida ayrim 
korxonalar tovar-moddiy zaxiralarning optimal darajasini belgilab olishadi. Ushbu 
ko’rsatkich belgilanganda, uning doimo saqlanib turilishini ta’minlash talab etiladi, 
chunki bu ishlab chiqarish ehtiyojlari va iste’molchi talabini qondirishda juda zarur 
hisoblanadi. Boshqa tomondan, zaxiralarning haddan tashqari hajmini saqlab 


11 
turishdan qochish lozim, chunki zaxiralarga boshqa maqsadlarda ishlatib 
qo’shimcha daromad olishi mumkin bo’lgan mablag’lar sarflanishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralari, asosiy vositalardan farqli ravishda, bir ishlab chiqarish 
jarayonida qatnashib, o’z qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga shu 
davrning o’zida to’la o’tkazadi. Materiallar bilan birgalikda, xomashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, yoqilg’i, extiyot qismlar korxona aylanma aktivlarini tashkil 
qiladi. Materiallarning xar bir turi bo’yicha normativlarni korxonaning o’zi mustaqil 
belgilaydi. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining to’xtovsiz 
davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya qilish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi .
1
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik sub’ektlari ixtiyorida etarli 
miqdordagi mablag’larning bo’lishi ularning o’z faoliyatini amalga oshirishning 
muhim shartlaridan biridir.
Korxona mablag’lari turli va joylanishiga ko’ra ishlab chiqarish doirasidagi
sanoatga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish va xo’jalik mablag’lariga bo’linadi. 
Ishlab chiqarish doirasidagi mablag’lar bajaradigan vazifasiga qarab mehnat 
vositalari va mehnat buyumlariga bo’linadi. Mehnat buyumlariga mahsulot 
tayyorlashda foydalaniladigan ishlab chiqarish zaxiralari kiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralari – xo’jalik yurituvchi sub’ektda keyinchalik qayta 
ishlashga yo’naltirilgan sotib olingan yoki mustaqil ravishda tayyorlangan 
buyumlardir.
2
Xom ashyo - xo’jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblangan va keyinchalik 
qayta ishlash uchun mo’ljallangan sotib olingan yoki boshqacha usul bilan olingan 
tovarlardir.
1
Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. . T.: Sharq, 2004. 235-b
2
Ortiqov A. va boshqalar. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar to’plami. 
T.: Norma. 2010. 54-b. 
4
Muallif tomonidan ishlab chiqildi


12 
Korxonalar o’z ishlab chiqarish faoliyatlarini amalga oshirishi uchun ma’lum 
mikdorda ishlab chiqarish zaxiralariga ega bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish zaxiralari
xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishni 
ta’minlaydi.

Yüklə 402,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə