Inson mijozi, xiltlar haqida tushuncha. Quvvatlar va ularning turlari


Moddiy dunyoning shakllanishida unsurlarning vazifasi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə3/7
tarix03.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#104130
1   2   3   4   5   6   7
2.INSON MIJOZI

Moddiy dunyoning shakllanishida unsurlarning vazifasi
Moddiy dunyoning shakllanishi to`g`risidagi Ibn Sinoning fikri quyidagicha: moddiy jismlar: ma`danlar, o`simlik va hayvonlar dunyosi unsurlarning mayda bo`laklarini, u yoki bu nisbatda aralashuvi natijasida, ulardagi qarama-qarshilik ta`sirini kamayishi natijasida yangi jism shakllanib, u hayotni qabul qilishga qodir bo`ladi. Moddiy jismlar shunday jismlarki, ular ta`sir qilish, ta`sirni qabul qilish, o`sish, rivojlanish, ulg`ayish, tarkibiy qismlarga bo`linish, nasl qoldirish va o`lish kabi biologik jarayonlar, ya`ni hayotni qabul qiladigan jismlarga tushuniladi. Bu jismlar yuqorida izohlangan ma`danlar, o`simliklar va hayvonlardirki, biz uni moddiy dunyo deymiz, unsurlar esa shu moddiy dunyoning asosi, ya`ni bazisidir.
Unsurlar boshqa tarkibiy qismlarga bo`linmaydi, ular o`smaydi, rivojlanmaydi, ya`ni hayotiy faol emas. Ammo ular u yoki bu nisbatda aralashib hayot asosini qabul qiladigan jismlarni shakllantiradi.
Unsurlar to`g`risidagi ta`limotning tibdagi a ham iyati shundaki, ulardan moddiy dunyo, shu jumladan inson shakllangan, demak inson va uning a`zolari tarkibiy qismlari ham unsurlardan shakllangan bo`lib, ularda qaysi unsur miqdori ustunlik qilsa u a`zo yoki tarkibiy qismda shu unsur sifati namoyon bo`ladi va uning ichki muhitini hosil qiladi.


Mizoj haqida
Mizoj bu – unsurlarning nixoyat darajada mayda bo`laklaridagi qarama-qarshi kayfiyatlarning bir-biriga ta`siri ma`lum bir chegaraga etganda paydo bo`ladigan kayfiyatdir.


Inson mizojining ko`rinishlari.
Inson mizoji 9 xil bo`lib, shulardan 4 tasi oddiy mizoj , 4 tasi murakkab mizoj va 1 tasi mo``tadil mizojdir.

Oddiy mizojlar: Murakkab mizojlar:


-issiqlik -issiq-quruq
-sovuqlik -sovuq-quruq
- quruqlik -issiq-ho`l
-ho`llik -sovuq-ho`l

Mo``tadil mizoj - bu unsurlar miqdorining eng kyeragicha to`g`ri nisbatda taqsimlanishidir.


Mo``tadillik quyidagilarga xos:
-insonga xos
-yoshga xos
-iqlimga xos
-millatga xos
-shaxsga xos
-kishiga xos
-a`zoga xos
-har bir mo``tadil a`zoga xos

Haqiqiy mo``tadillikka eng yaqin a`zo go`sht, undan ham yaqinroq teridir. Gavda terisining eng mo``tadil joyi qo`l, qo`l terisining eng mo``tadil joyi kaft terisi, bundan mo``tadilrog`i barmoq terisi, buning mo`tadil joyi barmoq uchining terisi. Shuning uchun barmoqlar uchlari tegib bilinadigan narsalarning darajalari xaqida xukm chiqarib beruvchidir.


Gavdadagi eng issiq narsa –rux bo`lib, uning paydo bo`lish urni yurakdir so`ng qon, so`ng jigar, so`ng o`pka, undan keyin go`sht, mushak, taloq, buyrak, harakatli tomirlar, so`ng harakatsiz tomirlar, venalar, teri, kaft terisi.
Gavdadagi eng sovuq narsa balg`am bo`lib, so`ng charvi, yog`, mo`y, suyak, tog`ay, boylam, pay, pardalar, asablar, orqa miya, bosh miya, teri.
Gavdadagi eng xo`l narsa –balg`am, qon, yog`, charvi, bosh miya, orqa miya, ko`krak bezlari, moyaklar go`shti, o`pka, jigar, taloq, buyrak, mushak, teri.
Agar mizojda 1 ta kayfiyat ustunlik qilsa – oddiy mizoj deyiladi: issiq, sovuq, quruq, ho`l
Agar mizojda 2 ta kayfiyat ustunlik qilsa – murakkab mizoj deyiladi: issiq-ho`l, issiq-quruq, sovuq-xo`l, sovuq-quruq
8 turli mo``tadil bo`lmagan mizojlarning har biri moddali yoki moddasiz bo`ladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə