Inson mijozi, xiltlar haqida tushuncha. Quvvatlar va ularning turlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə4/7
tarix03.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#104130
1   2   3   4   5   6   7
2.INSON MIJOZI

Moddasiz bo`lishi: gavdada hosil bo`lgan mizoj biror bir xiltning ta`sirisiz, o`zgarishsiz yuzaga kyelishi: sovuq urishi, quyosh urishi
Moddali bo`lishi: gavdada hosil bo`lgan mizoj buzilgan, o`zgargan xilt ta`siri natijasida yuzaga kyelishi: asosan xastaliklar.
Mizoj sifatlari: ular 2 ta bo`lib quyidagilardir:
Foila - (ta`sir qilish xususiyatlari bo`lib:) issiq, sovuq
Munfoila (ta`sirni qabul qilish xususiyatlari bo`lib:) ho`l, quruq
Issiqlik – yumshatadi, yeritadi, kaynatadi, bug`latadi, kuydiradi
Sovuqlik – quyo`litiradi, qotiradi, muzlatadi
Ho`llik va quruqlik: shu ta`sirni qabul qilib, yangi modda va kayfiyat suratni hosil qiladi, o`z navbatida hosil bo`lgan yangi navning uz mizoji ham bo`ladi.
Demak, issiqlik va sovuqlik sifatlari bir biriga qarama-qarshi bo`lib bir birini ta`sirini kamaytiradi va shu bilan birga faol bo`lib, ta`sir qilish xususiyatiga ega, shuning uchun issiqlik va sovuqlik sifatlarini ta`sir qilish xosasiga ega sifatlar deymiz.
Ho`llik va quruqlik sifatlari esa bir-biriga zid bo`lib, bir-biriga ta`sir qilib qarama-qarshilik asosini kamaytiradi. Shu bilan birga issiqlik va sovuqlik sifatlarini qabul qilib (munfoila) sifatlarini namoyon qiladi. Demak quruqlik va ho`llik sifatlari ta`sirni qabul qilish xususiyatiga ega.
Yosh va uning mizojlari xaqida qisqacha ma`lumot
Inson umri yoshga qarab 4 qismga bo`linadi:
1-davri: o`sish yoshli – 30 yoshgacha bo`lgan davr, o`smirlik
2-davri: o`sishdan o`uxtash yoshi -35-40 yoshi
3-davri: qisman quvvat bo`la turib, cho`kish yoshi:-60 yoshgacha
4-davri: kuchsizlik bilan cho`kish yoshi, qarilik -60 yoshdan umrining oxirigacha
Ruh haqida
Ruh-arabcha «ruh» so`zi yunoncha «pnevma»ning tarjimasi bo`lib, inson gavdasida tomir va asablar orqali aylanib yuruvchi efirsimon bir jismni ifodalaydi. Tibet tibbiyotida buni hayot enyergiyasi deyiladi. Ya`ni, rux bu samoviy jism bo`lib, jon emas. U xiltlarning nozik, latif, bug` qismidan iborat bo`lib, u enyergiyaga o`xshash 1 kuch bo`lib organizmda birinchi bo`lib u hosil bo`ladi.
Rux asosan-yurakning chap qorinchasida hosil bo`ladi, unga hayvon iy yoki xayotiy rux deyiladi.
Xayotiy rux – xayotiy quvvatni harakatga kyeltiradi
Nafsoniy rux- bosh miyada (gipotalamusda) hosil bo`ladi, nafsoniy quvvatni harakatga kyeltiradi.
Tabiiy rux – jigarda va erkaklarda moyaklarda hosil bo`ladi va u tabiiy quvvatni harakatga kyeltiradi.
Umuman rux, xiltlarning latif va bug` qismidan hosil bo`ladi. Rux – miyada shunday bir mizojga ega bo`ladiki, u mizoj orqali xis va harakat quvvatlarini qabul yetishiga qobiliyatli bo`ladi.
Rux-ikki moyakda shunday bir mizojga ega bo`ladiki, u mizoj orqali tug`dirish quvvatini qabul yetishiga qodir bo`ladi..
Quvvatlarning o`rnashgan a`zolari va bajaradigan vazifalarini uch turga bo`lib o`rganamiz.
Hayotiy quvvatlar yurakda o`rnashgan bo`lib, his va Harakat larni Harakat lantiruvchisi bo`lgan hayotiy ruh ishini tartibga soladi va yurak mushaklarining qisqarishi va bo`shalishini amalga oshiradi. Tabiiy quvvatlar o`rnashgan joyi va bajaradigan ishiga ko`ra o`z navbatida ikki guruhga bo`linadi.
1 – guruh quvvatlar jigarda o`rnashgan bo`lib, shaxsni saqlash va o`stirish vazifasini bajaradi.
2 – guruh moyaklarda o`rnashgan bo`lib, navni saqlash uchun xizmat qiladi. Gavda aralashmasida urug` moddasini ajratadi.
Nafsoniy quvvatlar o`rnashgan joyi bosh miya bo`lsada, lekin yaxshiroq o`rnashgan joyi miya qorinchalarida, bu ham o`rnashgan joyi va vazifasiga qarab uch turga bo`lib o`rganiladi.
1 turi – tashqi sezgi quvvatlari.
2 turi – ichki sezgi quvvatlari.
3 turi - Harakat quvvatlari.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə