Inson mijozi, xiltlar haqida tushuncha. Quvvatlar va ularning turlari



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə7/7
tarix03.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#104130
1   2   3   4   5   6   7
2.INSON MIJOZI

Ko`rinishi.

1.

Engil Harakat chan qismi

- bug` qismi-SAFRO

2.

To`liq etilgan musaffo qismi.

- latif qismi-QON

3.

G`aliz qismi.

- quyuq qismi-BALG`AM

4.

Cho`kmasi.

- yerlik qismi-SAVDO


Xiltlarning tarkibiy qismi va sifatlarining o`zaro bog`liqligi.

Xiltlarning tarkibiy qismi.

Xilt.

Xilt sifatlari.

Havo unsuri.

Qon.

Issiq-ho`l.

O`t unsuri.

Safro.

Issiq-quruq.

Suv unsuri.

Balg`am.

Sovuq-ho`l.

Tuproq unsuri.

Savdo.

Sovuq-quruq.

Jadvaldan ko`rinib turibdiki, qon xilti o`zidagi issiq-ho`llik sifatlari bilan havo unsuri sifatini, safro issiq-quruq sifati bilan o`t unsuri sifatini, balg`am xilti sovuq-ho`l sifati bilan suv unsurini sifatini namoyon etsa, savdo xilti sovuq-quruq sifati bilan tuproq unsuri sifatini namoyon etadi, chunki xiltlarni tarkibiy qismini ximusdagi ana shu unsurlardan hosil bo`ladi. Demak, xilt oquvchan ho`l jism bo`lib, ovqat eng avvalo unga aylanadi.

Xiltlarning organizmdagi a ham iyati.

Jigarda yetilgan xiltlar jigardagi ajratish quvvati tufayli ajratilib, haydash quvvati tufayli bu xiltlar zarur bo`lgan tana a`zolariga, jigardan chiqqan vena tomirlari orqali qon tarkibida shu a`zolarga yetkazib byeriladi.

Xiltlar tabiiy va g`ayri tabiiy bo`ladi.

Qon xilti.

Tabiiy qon xilti issiq va ho`l tabiatli bo`lib, qizil rangli, o`ziga xos Hid li. U quyidagi manfaatlar uchun organizmga zarurdir: u bilan bo`tunorganizm oziqlanadi va nafas oladi, yurakdan hosil bo`lgan ruhni jigar bosh miya, moyak kabi rais a`zolarga etkazib buyuradi, tananing bo`shliq joylarini to`ldiradi.

Balg`am xilti. Tabiiy balg`am xilti sovuq ho`l sifatli bo`lib, suvsimon suyuqlik bo`lib suvga nisbatan ancha g`alizdir.

Balg`am xiltining manfaatlari:

1) bo`g`inlar va ko`p Harakat li a`zolarni ho`llab turish va ularni ishqalanish tufayli hosil bo`ladigan quruqlikdan saqlash.

2) bosh va orqa miya suyuqligi tarkibiy jihatidan balg`am xiltiga uxshaydi, u bosh miya qorinchalari va orqa miya kanalidan aylanib miya mizojini bir muhitda saqlaydi va modda almashinishini ta`minlaydi.

3) bo`g`inlardagi sinovial suyuqlik, ko`z yoshi, burunni ho`llovchi suyuqlik, so`lak, oshqozon shirasi normada tabiiy balg`amning u yoki bu ko`rinishdagi bir xili bo`lib hisoblanadi.

4) balg`am xiltining yana bir umumiy manfaati shundan iboratki, organizmdagi namlikni saqlaydi. Namlik bo`lmasa oziqlanish va o`sish bo`lmaydi. Shunday qilib u organizmni hayot kechirishi uchun muximdir.

Safro xilti.

Tabiiy safro xilti – qonning engil qismi bo`lib, toza, o`tkirhid li, rangi sariq qizilga moyil, agar juda qizib ketsa kuchli qizil rangda bo`ladi. Tabiiy safro jigarda hosil bo`ladi va ikki qismga bo`linadi: bir qismi qonga qo`shilib ketadi, ikkinchi qismi esa sof o`t bo`lib, tinib o`t qopchasiga boradi.

Manfaati: qonni latiflashtiradi va suyo`litirib tor ingichka yo`llardan o`t kazadi, organizm namligini ta`minlab, tana tabiiy haroratini hosil bo`lishida ishtirok etadi, organizmni ortiqcha narsa chiqindilardan xolos qiladi.

Savdo xilti. Tabiiy savdo xilti toza qonning tarkibida bo`lib, eng pastki qismidagi cho`kmasidir. Uning rangi qora, tabiati sovuq-quruqdir. Savdo xilti jigarda hosil bo`lgandan so`ng zarurat va manfaat tufayli ikki qismga bo`linib, bir qismi qonga, ikkinchi qismi esa jigar, taloq boylami bag`ridagi vena tomirlari orqali taloqqa boradi.



Foydalangan adabiyotlar
Ad a b i yo t l a r :
1.Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. I-V kitoblar. 1980 y, Toshkent. Medistina nashriyoti.
2.Abu Ali ibn Sino. Tibbiy risolalar. 1987 y. Toshkent. Medistina nashriyoti.
3.Abu Bakr Ar-Roziy. Kasalliklar tarixi. 1994 y. Toshkent. Myeros.
7. Intyernet ma`lumotlari
Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə