Mizoj yoki temperament



Yüklə 65,52 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix15.06.2023
ölçüsü65,52 Kb.
#117346
Shaxs va yemprament



Mizoj
Mizoj
yoki 
temperament
— shaxs
faoliyatining individual xususiyatlari, yaʼni
alohida psixik jarayon va holatidagi
tempi, ritmi, intensivligi tavsifi, fiziologik
jihatdan nerv sistemasi faoliyatining
tiplariga bogʻliq. Bu kishidagi hissi-
yotning qoʻzgʻalishi va uning umumiy
harakatchanligida namoyon boʻladi. Har
qaysi kishidagi hissiyotning qoʻzgʻalish
tezligi, kuchi va barqarorligi har xil. Bu
organizmning atrof muhit taʼsiriga


javoban koʻrsatadigan ixtiyorsiz
reaksiyalarida ayniqsa yaqqol koʻrinadi.
Bu xususiyatlar tashqi tomondan
kishining imo-ishoralari (mimikasi)da
ifodalanadi. Kishi hissiyotining bunday
qoʻzgʻaluvchanlik xususiyatlari
diqqatyaing kuchi va barqarorligida, iroda
sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan,
nutq tezligida aks etadi. Ixtiyorsiz
faollikning qanday yuz berishiga qarab
kishilar sustkash, lapashang yoki tezkor,
betoqat, sergʻayrat kabi sifatlarga
ajratiladi. Shu xildagi individual
xususiyatlardan kishining mizoji tarkib
topadi. Mizoj tushunchasi Gippokrat
davridayoq maʼlum boʻlgan. Mizoj haqida
2 xil nazariya — gumoral va morfologik


nazariya muvjud. Gumoral nazariya eng
qad. boʻlib, unga koʻra, mizoj
organizmdagi muayyan suyuqlik (xilt)lar
xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Bu
nazariyada Gippokrat taʼlimoti asosiy
oʻrinda turadi. Unga koʻra, odam
mizojining turlicha boʻlishi organizmdagi
4 suyuqlik — qon, safro, balgʻam, qora
oʻtning nisbati bilan bogʻliq.
Organizmdagi qaysi suyuqlikning ustun
boʻlishiga qarab, odam mizoji jihatdan 4
tipga: sangvinik, xolerik, melanxolik va
flegmatik mizojlarga boʻlinadi. Bu
tiplarning psixologik tavsifini I. Kant
sistemalashtirgan. Shunga muvofiq,
sangvinik mizoj chaqqon, ildam, har xil
voqealarga hozirjavob, gʻam-gʻussa va


muvaffaqiyatsizliklarga bardoshli,
taassurotlarni joʻngina oʻzgartira
oladigan xususiyatlarga ega shaxs Mizoj.
Xolerik mizojlilar joʻshqin, qiziqqon,
serjaxl, serzarda, kayfiyati tez
oʻzgaradigan kishilardir. Melanxolik mizoj
egalari jurʼatsiz, hadiksiraydigan,
arzimagan narsadan juda
tashvishlanadigan, yuvvosh, sustkash
boʻladilar. Flegmatik mizoj —sust harakat,
vazmin, sovuqqon, turgʻun kayfiyatli, ruhiy
holati tashqaridan yaxshi sezilmaydigan
xususiyatli shaxs Mizoj Morfologik
nazariya (E. Krechmer va U. Sheldon)
mizojni tana tuzilishiga va tashqi
qiyofasiga qarab belgilaydi. Mizojning
markaziy nerv sistemasi bilan bogʻliq


ilmiy nazariyasini I. P. Pavlov ishlab
chiqqan. U nerv sistemasini 3 asosiy
xususiyatga: qoʻzgʻalish va tormozlanish
kuchi, bu jarayonlarning muvozanati va
ularning ildamlik darajasiga qarab bir-
biridan farq qilishini aniqladi. Fanning
hozirgi taraqqiyot bosqichida psixologlar
mizojning oliy nerv faoliyati xususiyatlari
bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi gʻoyalarni
ishlab chiqishdi.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Mizoj&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Mizoj&oldid=3459201" 
dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 12-Dekabr 2022, 18:50 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Yüklə 65,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə