Insonning ma'naviy kamolotida falsafiy dunyoqarashning roli



Yüklə 1,88 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#131010
Aliyorov Jo\'rabek

INSONNING MA'NAVIY KAMOLOTIDA FALSAFIY DUNYOQARASHNING ROLI

Fan o’qituvchisi: Nurmatova Umida

Topshirdi: Aliyorov jo’rabek

Falsafa insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismi bolib, ilmiy bilimlar orasida muhim orin tutadi. U borliqning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini organib, kishilarda olam haqida yaxlit ilmiy tasavvur hosil qiladi.

Falsafa dunyoqarash xarakteridagi fan hisoblanadi. Dunyoqarash esa:


1
2
3.
Kishilarning olam va uning o’zgarishi
4.
5.
6
Rivojlanishi haqidagi ilmiy
qarashlari va tasavvurlari
Huquqiy qarashlari va tasavvurlari
Falsafiy qarashlari va tasavvurlari
Diniy qarashlari va tasavvurlari
Siyosiy qarashlari va tasavvurlari

Odatda, falsafani o’rganishga kirishuvchi har bir kishida, qanday bo’lmasin, falsafa to’g’risida o’ziga xos biron bir tasavvur mavjud bo’ladi. Bu tasavvurni u o’z hayoti davomida: oilada, maktabda, kundalik turmushda, o’z atrofidagi kishilar, narsalar, buyumlar bilan bo’lgan munosabatlari asosida, u yoki bu manbani o’qishi, boshqa kishilardan eshitishi, kinofilmlarni ko’rishi orqali hosil qilgan boladi.

Dunyoqarashning 3-ta eng muhim tomoni mavjud. Ular qoyidagilardan iborat:


Dunyoni tushunish
Dunyoni tasavvur qilish
Dunyoni his qilish

Kishilarning aqliy va hissiy tajribalari dunyoqarashning turli shakllarida turli tarzda o’z ifodasini topadi. Uning hissiy ruhiy tomonini dunyoni his etish deb atasak, kishining olam haqidagi tasavvurlarini dunyoni idrok qilish deymiz. Dunyoqarashning intellektual tomonini dunyoni tushunish tashkil etadi.

Dunyoqarashning 2 ta eng muhim qutbi mavjud


Hissiyot (hissiy)
Aqliy (aql)

Turli dunyoqarashlarning «aqliylik koeffitsienti» turlicha bo’ladi. Shuningdek, ularning his-tuyg’ularga asoslanganligi darajasi ham farq qiladi. Biroq bundan qat’iy nazar, har qanday dunyoqarash ikkala qutbni ham o’z ichiga oladi. hatto eng yetuk dunyoqarash ham faqat aqliylik komponentidan iborat emas va aksincha hatto eng rivojlanmagan dunyoqarash ham faqat his-tuyg’ulardan iborat emas, chunki dunyoqarash birgina aql mahsuli emas, u inson his-tuyg’ulariga asoslanadi va aksincha.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə