Internet tarixi article · January 021 citations reads 21,761 author


INTERNET VA Internetni rivojlantirish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix13.12.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#149032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
RAXMONOVSHAXOBIDDIN

 
INTERNET VA Internetni rivojlantirish


Internet
— katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro 
bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan 
qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global 
informatsiya 
infratuzilmasini 
tashkil 
etadi. 
Qaydnomalar 
tizimi 
bilan 
boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni 
saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha 
variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. 
koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi. 
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika 
mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana 
boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) 
tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga 
toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy 
kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha 
kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-
yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro 
tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati 
doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, 
akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual 
ulushiga bogʻliq boʻldi. 
Mobil internet 
Zamonamiz kishisi o‘z hayotini mobil internetsiz tasavvur qila olmasa kerak. Bu 
istagan vaqtda kerakli ma'lumot olishning eng oson va tezkor usulidir. 


Ilk mobil internet 1998 yilda CSD-ulanish vositasida paydo bo‘lgan, lekin faqat 
2000-yillardan keyingina tanila boshlagan. Bu CSD-ulanishning foydalanuvchiga 
juda qimmatga tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan. 
Keyinchalik mobil internetning yangi turi – WAP paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, 
foydalanuvchi faqat sarflagan trafigi uchungina pul to‘laydigan bo‘ldi. O‘shandan 
buyon mobil internet odamlar orasida keng tarqalib, ommalasha boshladi.Undan 
keyin GPRS va EDGE-ulanish turlari paydo bo‘ldi. Bular mobil chatlarda muloqot 
qilish imkoni tufayli foydalanuvchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.Bugunga kelib, 
3G va 4G ulanish turlari eng mashhur hisoblanadi. 4G ulanish tezligi bo‘yicha 
yutadi, 3G esa hududiy tarqalish ko‘rsatkichlariga ko‘ra yetakchilik qiladi. 
Kelgusida takomillashtirilgan 5G internetning tatbiq qilinishi rejalashtirilmoqda. 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə