Investitsiya muhiti



Yüklə 64,19 Kb.
səhifə2/7
tarix16.02.2023
ölçüsü64,19 Kb.
#100947
1   2   3   4   5   6   7
Investitsiya muhiti

Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma’lum bir mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart- sharoitlar majmuasi tushuniladi.
Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiyalash bilan bog’liq munosabatlarni amalga oshirish mumkin bo’lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini o’zida aks ettirgan voqelikdir.
Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishi talab etiladi.
Shu bilan birga investitsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlarini ifodalovchi investitsiya muhiti quyidagilardan iboratdir:

  • investitsion faollik;

  • investitsion jozibadorlik (investitsion salohiyat va investitsion risk darajasi). Investitsion muhitning tarkibiy tuzilishi quyidagi 4.1-rasmda o’z aksini topgan.

Investitsion jozibadorlik mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir.





-rasm. Investitsion muhit tarkibiy tuzilishi


Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta’sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.



Investitsion salohiyat – bu mamlakatda asrlar davomida shakllangan omillar yig’indisi bo’lib, “obyektiv” omillar deb ataladi. Unga tabiiy resurs salohiyati, mehnat, ishlab chiqarish, innovatsion, iste’mol, moliyaviy salohiyatlar kiradi.

Yüklə 64,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə