Investitsiya muhiti


Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 64,19 Kb.
səhifə4/7
tarix16.02.2023
ölçüsü64,19 Kb.
#100947
1   2   3   4   5   6   7
Investitsiya muhiti

Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar


Mamlakat, xususan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti ularning investitsion salohiyati va investitsion faolliyat orqali ta’minlanadi. Investitsiya muhitining asosiy unsurlaridan biri bo’lgan investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risklarning o’zaro aloqasi natijasida shakllanadi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotda amalga oshiriladigan investitsiyalar uchun qulay sharoit investitsion jozibadorlik hisoblanadi.


Albatta, bu yerda xorijiy investor u yoki bu mamlakatda o’z kapitalining xavfsizligini ta’minlash masalalariga, birinchi navbatda, e’tiborini qaratadi. Shundan keyin, u o’z kapitalidan foyda olishning qanchalik samaradorligi haqida o’ylab ko’radi. Investor uchun xavf tug’diradigan xatarlar mamlakat investitsiya muhiti jozibadorligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha yoritish bilan ifodalanganlik holatlari kuzatiladi.
Bu esa investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni turlicha talqin etish bilan bevosita bog’liq ekanligiga asoslanadi.
Jumladan, ayrim manbalarda investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillarni ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarga ajratgan holda, boshqalarda ta’sir etish yo’nalishlariga ko’ra yoki manbalariga ko’ra va boshqa maqsadlarga asoslanib farqlanishlarni keltirish holatlari kuzatiladi.
Investitsiya muhiti holatiga quyidagi muhim omillar ta’sir ko’rsatadi:

  1. Eng avvalo, mamlakat investitsiya siyosatining yo’nalishlari va samarasi.

  2. Mamlakat ichkarisidagi siyosiy barqarorlik. Mamlakatda siyosiy barqarorlik hukm sursa, investitsiya muhitining boshqa omillari ham o’z ahamiyatini namoyish eta oladi.

  3. Mintaqadagi yaqin qo’shnichilik munosabatlari. Bu ham mamlakatning siyosiy ahvoliga katta ta’sir ko’rsatadi va tadbikorlik faoliyatida muhim sanaladi.

  4. Huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mavjudligi. Hukumatning investitsion

munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik darajalari.

  1. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion muhit jozibadorligini oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo’lsa, o’sha mamlakatga investitsiyalar ko’proq jalb etiladi.

  2. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya kiritishdan avval, o’sha erning mehnat salohiyatini ham o’rganadi. Mehnat salohiyati deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi, malakasi, tajribasi kabilar nazarda tutiladi.

  3. Investitsion jamg’armalar. Investitsion jamg’armalar – jamg’armalarning maxsus turi hisoblanib, iste’mol zaruriyatlari uchun sarflanmaydi. Bu jamg’armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir. Jamg’armalarning bunday turi iste’mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy jamg’armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg’armalarning hajmi (salmog’i) jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog’liq bo’ladi.

Investitsion jamg’armalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo’lishi mumkin. Uzok muddatli qo’yilmalar yoki uzoq muddatli aktivlar kapital bozorida moliyaviy resurslarning manbaasi hisoblanadi. Qisqa muddatli jamg’armalar pul bozorida yoki qisqa muddatli majburiyatlar bozorida qatnashadi.

  1. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati deganda, asosan, nima ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi nazarda tutiladi. Bunda sanoatning qaysi tarmog’i hududda rivojlanganligiga ham e’tibor beriladi.

  2. Mamlakatning iste’mol salohiyati. Mamlakatning iste’mol salohiyati o’rganilganda aholining xarid qobiliyatiga baho beriladi.

  3. Mamlakatning innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyatni aniqlash orqali hududdagi yaratuvchanlik qobiliyati, yangilikka intiluvchanlik va uni o’zlashtirish salohiyati tahlil qilinadi.

  4. Mamlakatning moliyaviy salohiyati. Mamlakatning moliyaviy salohiyatini o’rganilganda o’sha erdagi moliyaviy institutlar, muassasalar faoliyati tahlil qilinadi.

Lekin, investitsiya muhitiga turli omillar ta’sir ko’rsatishi nuqtai nazaridan kelib chiqib, ushbu omillarga guruhlashtirilgan ko’rinishda o’rganish va baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa investitsiya muhitiga qaysi guhurdagi omillari ta’siri qay darajada ekanligini to’g’ri aniqlash hamda unga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq, investitsiya muhiti holatini belgilovchi omillarning kengaytirilgan tarkibini quyidagi 4.2-jadval orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 64,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə