Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə67/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
MMIBDO’________ ________________________
SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida qoraqalpoqlar madaniyati
tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy- o’quvchilar ongiga mavzuni yoritish orqali mustaqillik oliy ne’mat ekanligini singdirish;
Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga avvalgi darslarda Xorazm tarixi oid olgan bilimlarini takrorlash bilan birga bugungi mavzuni tushuntirish;
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
III.Yangi mavzu: XVI-XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlar
Dunyoda xalqlar juda ko‘p. Ulardan ikki yuzdan ortig’i o‘z milliy davlatiga ega. О zming davlatiga ega xalqlardan biri qoraqalpoq xalqidir. Ularning davlati 0‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasidir. Xo‘sh, uzoq tarixda bu xalqning o‘tmishi qanday kechgan? Qoraqalpoqlarning Amudaryo quyi etagida turkiy bijanaklar negizida xalq sifatida shakllanish jarayoni VIII asrda boshlangan edi. Bu jarayon X-XI asrlarda nihoyasiga yetdi. Shu davrda ularning davlati ham tashkil etilgan. 0‘z hukmdori va davlat boshqaruvi tizimiga ega bo‘lgan Kerder shahri (hozirgi Kegeyli tumani hududida joylashgan shahar edi) poytaxt etib belgilangan. Qoraqalpoq davlati Chingizxon hujumi natijasida ХШ asrning 20-yillarida barham topdi.
Turli ko'chmanchi qabilalarning siquviga bardosh bera olmagan qoraqalpoqlarning bir qismi Volga daryosi ortlariga, janubiy rus dashtlariga ко'chib o‘rnashganligiga tarix guvoh. Shuning uchun ham o‘sha davr rus yilnomlarida ular „чёрные клобуки“ („qora qalpoqlilar“) deb qayd etilgan.

Qoraqalpoqlar tepa tomoni ingichkalashib chiqqan bosh kiyim — qalpoq kiyib yurganlari uchun shunday nom bilan atalganlar.
Chingizxon Xorazmshohlar davlati poytaxti Urganch shahrini egal- lagach, uni suvga bostirish maqsadida Amudaryo to‘g‘onini buzdirib tashlaganligi oqibatida Amudaryoning o'zani ham o‘zgardi. Oqibatda, suvsiz qolgan Orolbo‘yi qoraqalpoqlarining bir qismi Volga va 0‘rol (Yoyiq) daryolari bo‘ylariga, Sirdaryo vohalariga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldilar.
Oltin 0‘rda zaiflashgach, uning tarkibidan qator mustaqil davlat- lar ajralib chiqdi. Bu davlatlaming biri - XIV asr oxirida tashkil topgan No‘g‘ay (Mang‘it) xonligi edi. Uning chegarasi — Volga dar- yosidan Irtish daryosigacha, Kaspiy va Orol dengizi bo‘ylaridan Kama daryosigacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olardi. Binobarin, qoraqalpoqlar ko‘chib borib joylashgan hududlar XIV-XVI asrlarda No‘g‘ay xonligi hududiga kirdi. No‘g‘ay va qoraqalpoq xalqlari o‘za- ro siyosiy hamkorlikda, birlashma bo‘lib yashadilar. Ayni paytda, qo- 110
raqalpoqlar No‘g‘ay xonligi tarkibida o‘zlarinittg boshqaruv tizimiga ega edi. Keyinchalik No‘g‘ay xonligi parchalangach, 1556-yilda qo- raqalpoqlar Sirdaryoning quyi etagiga ко‘chib keldilar va qozoqlaming Kichik Juz xonligi tarkibiga kirdilar. Shunday bo‘lsa-da, ular poytaxti Jankent shahri bo'lgan o‘z davlatlariga ega edi. Qoraqalpoqlarning bir qismi esa Xiva xonligi hududi chegarasida Orolbo‘yi o‘zbeklariga yaqin hududda yashab qolgan qoraqalpoqlarga kelib qo‘shildilar. Bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar“ va „quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga Quvondaryodan suv chiqarib. dehqonchilik bilan shug‘ullandilar.
Qoraqalpoqlarning alohida bir xalq ekanligini 1598-yilda Buxoro xoni Abdullaxon II ning bir yorlig'ida „qoraqalpoqlar" degan so‘z qayd etilganligi ham tasdiqlaydi

  1. yilda qozoqlaming Kichik Juz xoni Abulxayrxon Peterburgga o‘z elchilarini jo‘natdi. Uning tarkibida qoraqalpoqlar vakili ham bor edi. Bunga javoban, 1731-yilda Rossiya o‘z elchisi M.Tevkelevni Abulxayrxon huzuriga jo'natdi. Muzokaralar natijasida Kichik Juz tar- kibidagi qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ayni paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq to‘lashi tan olindi. Qoraqalpoqlarning Rossiya fuqaroligiga qabul qi- linishi - ularni Eron hukmdori Nodirshoh hujumidan saqlab qoldi.

Asta-sekin qoraqalpoqlarning Orolbo‘yi o‘zbeklari bilan yaqinlashu- vi yuz hera boshladi.
Biylar og'asi ilgari urug‘ yig‘inlarida saylangan bo‘lsa, qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo‘ysvmdirilgach, xon tomonidan tayinlanadigan bo‘ldi. Xon tomonidan tayinlangan Biylar og‘asiga urug‘ biylari bo'ysungan. Amudaryoning so‘l sohilidagi Qo‘ng‘irot, o‘ng sohilidagi Chimboy shaharlari qoraqalpoqlarning bosh ma’muriy markaziga ay- landi
Qoraqalpoqlar iqtisodiy hayotida baliqchilik va ovchilik ham mu- bim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə