43
Televideniyedan berilayotgan reklamalarni tomosha qilasizmi?
Ularning sifati haqida nima deya olasiz? Reklamalar yaqin o‘tgan
kunlarda qaysi tovarni sotib olishingizga sababchi bo‘ldi?
Bu haqda o
‘
ylab ko
‘
ring!
PUSH marketingda tovarni ishlab chiqaruvchidan xaridorga yetkazish
ishi bilan vositachi savdo tashkilotlari ham shug‘ullanadi. Tovarni ishlab
chiqaruvchidan sotib olib, katta-katta
hajmda sotuvchilar
ulgurji savdo
tashkilotlari
deb ataladi. Ular tovarni ulgurji narxda sotishadi. Tovarni
donalab yoki kichik hajmlarda iste‘molchilarga sotuvchilar
chakana savdo
tashkilotlari
deb ataladi. Savdo do‘konlari chakana savdo tashkilotlaridir.
Ishlab chiqaruvchi mahsulotini bevosita iste’molchiga yoki ulgurji
savdogarga sotganida u tovarning tannarxiga o‘z ustamasini qo‘shadi va
ishlab chiqarish narxida
sotadi. Ulgurji savdogar esa bu narxga o‘zining
ustamasini qo‘shadi va uni ulgurji narxda sotadi. Chakana savdogar bu
narxga yana o‘zining ustamasini qo‘shadi va chakana narxda sotadi.
Shunday qilib narx oshib boraveradi. Odatda, tovarning chakana narxi
ulgurji narxidan, ulgurji narxi esa ishlab chiqarish narxidan baland bo‘ladi.
Sotuvni tashkil qilish bo‘yicha ikkinchi xil strategiya (yo‘l) - bu
PULL - marketingdir (PULL - inglizcha tortish ma’nosini anglatadi).
PULL - marketingning asosiy maqsadi iste’molchini
sotuvchi oldiga
kelishga undashdir. Siz televideniye orqali tovarlar maqtalib, ularning
sifatlari tavsiflanganini ko‘p ko‘rgansiz. Masalan, bolalar tagliklari,
parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari. Bunday ma’lumotlarni o‘rgangan
iste’molchida ushbu mahsulotni sotib olish istagi paydo bo‘ladi va u
ushbu tovar sotiladigan joyga borishga oshiqadi. Iste’molchi
bu tovardan
foydalangandan va uning nafini his qilganidan keyin ushbu tovar
markasiga - brendiga bog‘lana boshlaydi. Ya’ni u keyingi safar aynan
shu tovar belgisi ostidagi mahsulotlarni sotib olishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: